Qirqquloqsimonlilar


Qarag`aynamolar (Pinales) qabilasi



Yüklə 0,53 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə13/16
tarix13.02.2023
ölçüsü0,53 Mb.
#123336
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16
Qirqquloqsimonlilar

 
Qarag`aynamolar (Pinales) qabilasi 
Qabila bitta qarag`aydoshlar (Pinaseae) oilasiga ega bo‟lib, 10 ta turkum va 250 
taga yaqin turni o‟z ichiga oladi. 
Shimoliy Evrosiyo va Shimoliy Amerikada «Tayga» deb ataladigan o‟rmonlarni 
hosil qiladi. Qarag`aydoshlar asosan doim yashil, qisman bargini to‟kuvchi daraxt, 
hamda ayrim yotib o‟suvchi butalardan tashkil topgan. Barglari ignasimon, 
tangachasimon, ingichka nashtarsimon, turlicha kattalikda. Qarag`aydoshlarning 
barglari asosan ko‟p yillik 2-7 yilgacha to‟qilmaydi. Qubbalari ayrim jinsli. Erkaklik 
(changchi) qubbasidagi mikrosporofillarda 2 tadan mikrosporangiy (changdon) 
joylashgan. Changlar shamol yordamida tarqalishga moslashgan. Urg`ochi (urug`chi) 
qubbasining qoplag`ich tangacha barglari qo‟ltig`ida urug` tangachalar o‟rnashgan 
bo‟lib, ularning yuzasida urug` kurtak joylashgan. Urug`lari qanotchali. 


30 
Qarag`aydoshlarning tabiatdagi va xalq xo‟jaligidagi ahamiyati beqiyos katta. Ulardan 
qurilishlar uchun yog`och, mebellar tayorlashda, qog`oz sanoati uchun xom ashyo
smola, kanifol, kipidar, glyukozidlar va b. olinadi. Kendrlarning urug`i tarkibida 59 % 
moy bor. Undan oziq-ovqat sanoatida va texnik maqsadlarda foydalaniladi. Barglari S 
vitaminga boy. Qarag`aydoshlar vakillari manzarali daraxtlar sifatida ham muhim 
ahamiyat kasb etadi. 
Qarag`ay turkumi (Pinus)-100 ga yaqin turga ega. Tabiiy sharoitda Azarbayjon 
bilan Gruziyada o‟suvchi (eldar qarag`ayi) qurg`oqchilikka chidamliligi uchun 
O‟zbekistonning ko‟pchilik shaharlarida manzarali daraxt sifatida o‟stirilmoqda. 
Qarag`ay bir uyli doim yashil daraxt bo‟lib, ba‟zan butalari ham uchraydi. Qarag`ayning 
ko‟p turi qimmatbaho hisoblanadi. U ayrim jinsli o‟simlik hisoblanadi. Uning ko‟payish 
organlari qubba shaklida, erkak qubbalar bilan urg`ochi qubbalar har xil tuzilgan. Erkak 
qubbalar juda mayda bo‟lib, bahorgi novdalar asosida boshoqqa o‟xshash cho‟ziq, sariq 
rangli to‟pgulga yig`ilgan. To‟pgulda erkak qubbalar bir biriga taqalib, zich joylashadi, 
har qaysi qubbaning bittadan o‟qi bo‟lib, mikrosporafillar (changchilar) unda baliq 
tangachasiga o‟xshab joylashadi. Tangachalarning pastki tomonida ikkita chang 
xaltachasi, ya‟ni mikrosporangiy bo‟lib ularda chang hosil bo‟ladi.
Tinim holatida har bir chang donachasi stitoplazma va yadrodan iborat. chang 
xaltachalik vaqtidayoq o‟lchami ikki xil mayda va yirik hujayraga bo‟linadi. Yirigi 
vegetativ hujayra deyiladi. Maydasi keyin yana bir necha hujayraga bo‟linadi va bu 
hujayralar ustma ust taxlanib ustun hosil qiladi. Ularning yuqoridagisi anteridiy 
hujayrasidir. Changning tashqi qobig`ida ikki tomonda ichiga havo to‟lgan ikkita 
pufakcha bor. Shuning uchun chang juda engil bo‟lib, uni shamol tez uchirib ketadi.
Qarag`ayning urg`ochi qubbalari yakka va erkak qubbalarga qaraganda yirik 
bo‟ladi. Ular bahorgi yosh novdalarning uchida – shamol uchirib kelgan changlarni 
tutib qolish qulay bo‟lgan erda joylashadi va birinchi yili qizg`ish rangda bo‟ladi. 
Urg`ochi qubba tashqi va ichki tangachalar bilan qoplangan kalta o‟qdan iborat. sirtqi 
tangacha yupqa bo‟lib, pardaga o‟xshaydi. Bu tangachalar qo‟ltig`ida yirik va seret 
tangalar rivojlanib, ular urug` tangachasi (makrosporafill) deyiladi. Qarag`ay gullaganda 
qizil rangli urg`ochi qubbalarning tangachalari bir biriga zich taqalib turmaydi, ular 


31 
orasida tirqish hosil bo‟lib, chang tirqish orqali qubba ichiga kiradi. Urug` tangachasi
asosida oval tanacha shaklida ikkita urug`kurtak hosil bo‟ladi. Urug`kurtakka tushgan 
chang keyingi yilgacha saqlanadi va bahorda o‟sib naycha hosil qiladi. Bu vaqtda 
naychaning uchida ikkita sperma rivojlanadi. Naycha chang yo‟li orqali urug`kurtak 
ichiga o‟sib kiradi va uchi erib ketib, ularning biri hujayraning yadrosi bilan qo‟shiladi, 
ikkinchisi nobud bo‟ladi. Tuxum hujayra urug`langandan keyin undan urug` murtagi 
rivojlanadi. Urug`kurtak esa butunligicha urug`ga aylanadi. Qarag`ay urug`i ikki yil 
davomida etiladi. Bu paytda qubba juda o‟sib ketadi, urug` etiladigan vaqtda qubbaning 
tangachalari qurib, jigarrang tusga kiradi, tangachalar orais biroz ochiladi va urug` 
osongina to‟kilishi mumkin bo‟lib qoladi. Shunday qilib, qarag`ayning gullashdan to 
urug`i etulguncha bo‟lgan to‟liq jinsiy ko‟payish stikli ikki yilga cho‟ziladi. Bu vaqt 
ichida qubbalarning morfologik tuzilishi va rangi anchagina o‟zgaradi. Qarag`ayda har 
yili qubbalarning uch xilini 1)changlanish jarayonida hosil bo‟ladigan qizil rangli
mayda qubbalar, 2) urug`lanish jarayoni boradigan yashil rangli, birmuncha yirik 
qubbalar 3) urug` etiladigan jigarrang qubbalarni uchratish mumkin. qarag`ay urug`lari 
qanotsimon bo‟lib, yupqa o‟simtalari bor, ular shu o‟simtalar yordamida shamolda uzoq 
joylarga tarqaladi.
Oddiy qarag`aydan tashqari pista qarag`ay (Pinus sibirica) ham uchraydi. Pista 
qarag`ayning urg`ochi g`uddalari yirik, qattiq po‟stli, seryog` urug`li bo‟ladi. Ular “kedr 
yong`og`i” deb ataladi va ovqatga ishlatiladi. O‟zbekistonda va O‟rta Osiyoda boshqa 
respublikalarida qarag`ay yovvoyi holda o‟smaydi. Lekin ba‟zi turlari ekib o‟stiriladi.
El (qizil daraxt) turkumi (Picea) ga 30-50 ga yaqin tur kiradi, ular soyasevar 
o‟simliklar bo‟lib, Shimoliy, Sharqiy Evropada, g`arbiy va Sharqiy Sibirda, Kavkazda, 
O‟rta Osiyo tog`larida, Shimoliy Amerikada tarqalgan. 
El turlarining ayrimlari 50-60 m dan to 80 m gacha balandlikka ega. Ular 500-600 
yil yashaydi. O‟rta Osiyoning Tiyanshan va Jung`or Olatog`ida hamda Xitoy 
chegarasigacha bo‟lgan xududlarda Shrenk eli o‟sadi. El daraxti shoxlari yanvar oyida 
o‟tkaziladigan yangi yil archa bayramida bezatish uchun ishlatiladi. 
Qora qarag`ay (Picea excelsa) Evropa o‟rmonlarida keng tarqalgan. U O‟rta Osiyo 
tog`larida (Jung`oriya Olatovi, Tyan - Shanda) tyan – shan qoraqarag`ayi o‟sadi. Bu 


32 
daraxtning bo‟yi 40 m, diametri 2 m keladi. Shox shabbasi ingichka konussimon bo‟lib, 
pastga egilib turadi va tog`larni yuvilishdan saqlaydi.

Yüklə 0,53 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin