Mazmuni: Sening jamoling shu’lasi tufayli sham’ olovi gul kabi tovlanmasa, nima uchun parvona Xalildek o’zini olivga otadi. Bayt tahlili jarayonida Xalil kim? Nima uchun u o’zini olovga otar ekan, degan savollar tug’ilishi tabiiy. Shu kabi savollarning javobi esa Rabg’uziy qissasida o’zining mukammal ifodasini topgan. Binobarin, mazkur asar nafaqat madaniyat va adabiyot tarixining qimmatli manbai, balki barcha davrlar adabiyotini o’rganishda ham muhim yordamchi vosita vazifasini ham bajaradi.
1 Bu haqda kengroq ma’lumotga ega bo’lish uchun Qarang: Тоҳиров С. Алишер Навоий Паҳлавон Маҳмуд ҳақида. «Зиёкор» . 2004 й. 9-сон; Алишер Навоий. МАТ. 20 томлик. 17 том. – Т.: Фан, 2001; Паҳлавон Маҳмуд. Рубоийлар. – Т.: Адабиёт ва санъат, 1979.