Qishloq xo`jaligi iqtisodiyoti va menejmenti fanining qishloq xo`jaligida tutgan o`rni, maqsadi va vazifalari. Reja



Yüklə 32,22 Kb.
səhifə4/7
tarix22.06.2022
ölçüsü32,22 Kb.
#117148
1   2   3   4   5   6   7
Qishloq xo`jaligi iqtisodiyoti va menejmenti fanining qishloq xo`jaligida tutgan o`rni, maqsadi va vazifalari.

3. Fanning maqsadi va vazifalari
Bozor iqtisodiyoti sharoitida shakllangan xalq xo`jaligida - sanoat, qishloq xo`jaligi, qurilish, transport, aloqa, savdo va boshqa bir qancha tarmoqlar bir-birlari bilan uzviy bog`Iangan holatda faoliyat ko`rsatadi. Qishloq xo`jaligida 3 ta tarmoq bo`lib: asosiy, yordamchi va qo`shimcha tarmoqlardir. Xo`jalikning asosiy faoliyat olib boruvchi yo`nalishi paxtachilik va g`allachilik bo`lib, uni - asosiy tarmoq, asosiy tarmoqni rivojlantirish uchun chorvachilik tarmog`ini - yordamchi tarmoq, ularga ta'minot va servis xizmat ko`rsatuvchilar qo`shimcha tarmoq deb yuritiladi. Agrar tarmoqni rivojlantirish uchun iqtisodiy qonunlar va hukumal tomonidan olib borilayotgan islohotlar qishloq xo`jaligini rivojlant irishda asosiy manba bo`lib xizmat qiladi.
Fanning vazifasi - bozor iqtisidiyoti talablari bo`yicha hukumat tomonidan agrar tarmoqni rivojlantirish to`g`risida belgilangan vazifalarni qishloq xo`jaligiga tatbiq etishga o`z hissasini qo`shishdan iborat.
«Qishloq xo`jaligi iqtisodiyoti va menejmenti fani agrar tarmoqni rivojlantirishda samarali xizmat qiladi. Bu iqtisodiy fan bo`lib, qishloq xo`jaligi korxonalari ishlab chiqarishida qatnashuvchi barcha tarmoqlarning ishlab chiqarish munosabatlarini ishlab chiqaruvchi kuchlar bilan uzviy bogianishini o`rganish, bozor sharoitida qishloq xo`jaligida obyektiv iqtisodiy qonunlarning qabul qilinishi va amaliyotga tatbiq qilish, ishlab chiqarishni biznes reja asosida tuzish, qishloq xo`jaligi va uning tarmoqlariga rahbarlik qilish, menejment, ishlab chiqarishdagi fan yangiliklari, texnika va ilg`or tajribalarni joriy etish yo`llari, baho, pul-kredit, bozor munosabatlari asosida arzon va sifatli mahsulot ishlab chiqarish yo`llarini ko`rsatadi. «Qishloq xo`jaligi iqtisodiyoti va menejmenti» fani keng ma'noda quyidagi iqtisodiy fanlarbilan: iqtisodiyot nazariyasi, iqtisodiygeografiya, biznes reja, iqtisodiy kibernetika, mikroiqtisod, tadbirkorlik, statistika, femier xo`jaligi iqtisodi, ishlab chiqarishni tashkil etish, servis xizmatlari iqtisodi, menejment, marketing va boshqa fanlarbilan uzviy aloqadadir. «Qishloq xo`jaligi iqtisodiyoti va menejmenti fanining maqsadi qishloq xo`jalik mahsulotlarini yetishtiruvchi subyektlarda va unga xizmat ko`rsatuvchi tarmoqlarda iqtisodiy qonunlarni ishlab chiqarish jarayonlariga tatbiq qilishdan iborat.

Yüklə 32,22 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin