Qishloq xo’jaligi va sanoat sohasidagi o’zgarishlar.
1. Xalq xo’jaligi, uning umumiy ta'rifi.
Tarixiy taraqqiyotning turli osqichlarida O’zbekiston xalq xo’jaligi, uning iqtisodiy
rivojlanish darajasi zigzaksimon yo’lni bosib o’tgan. Tarixiy
manbalarda keltirilishicha,
O’zbekiston o’tmishda Yer kurrasidagi aholi xo’jalik faoliyatig`oyat qizІin kechgan eng
qadimiy o’lkalardan biri bo’lgan. Mamlakatimizning ўarb bilan Sharq o’rtasidagi iqtisodiy
taraqqiyoti uchun qulay bo’lgan jo’Іrofiy o’rni, saxiy tabiati, boy va rang-barang tabiiy
resurslari, mehnatkash va dono xalqi umumbashariy taraqqiyotga asrlar osha o’z
ulushini
qo’shimcha ob'yektiv sharoit yaratgan. Bundan ming yil burun Sharqning buyuk allomasi
Abu Rayhon Beruniy tomonidan Ma'mun akademiyasining ochilishi, hamda o’sha davrda
tibbiyot ilmining dahosi bo’lgan Abu Ali ibn Sinoning jahonshumul kashfiyotlari va
boshqalar xalqimizning boy madaniy merosidan guvohlik beradi. Binobarin, O’zbekistonda
uzoq o’tmishda ilm-fan rivojlangan emas, uning zamirida qudratli davlat va iqtisod
bo’lmasligi
shubhasiz, mamlakatimiz xalq xo’jaligi XX asrda rivojlanishning yangi
bosqichiga qadam qo’ydi. Biroq mamlakat xalq xo’jaligi va uning tarmoqlar taraqqiyoti
yo’nalishlarini belgilash o’zgalar qo’lida edi. Negaki, 1860 yillarning o’rtalarida ruslar
tomonidan mamlakatimizning birinchi marta va 1917-1920
yillarda esa ikkinchi marta
bosib olinishini va yurtimizda o’ziga xos mustamlakachilikning qaror topishi xalq
xo’jaligining o’zgalar ehtiyojiga muvofiqlashtirib rivojlantirishga olib keldi.
Mustamlakachilik yillarida O’zbekistonning xalq xo’jaligi bir tomonlama
rivojlantirildi. Ya'ni qishloq xo’jaligida paxta yetishtirishga,
sanoatda esa paxta yalpi
hosilini birlamchi qayta ishlash (ya'ni Rossiya to’qimachlik sanoati uchun xomashyo -
paxta tolasi ishlab chiqarish)ga asosiy e'tibor qaratildi. Respublika sanoatining qolgan
muhim tarmoqlari ham paxta majmuini rivojlantirishga muvofiq ravishda taraqqiy
qildirildi. 1913 yilda mamlakatimiz hududida 425 ta sanoat korxonasi mavjud edi.
Mamlakatimiz xalq xo’jaligi mustaqillik yillarida yangi bosqichga qadam qo’ydi.
Bozor
iqtisodiyotining birinchi bosqichidayoq (1991-1994) iqtisodiy islohotlarga oid qonunlar
qabul qilindi, uning huquqiy negizi yaratildi. Islohotlar hayotning barcha jabhalarini
qamrab oldi. 1995 yildan boshlab O’zbekiston jamiyatni isloh qilishning ikkinchi
bosqichiga qadam qo’ydi. Ushbu bosqich bozor munosabatlariga o’tish
tuzilmalarini
shakllantirishni yakunlashni, mamlakat xalq xo’jaligini har tomonlama rivojlantirishni,
milliy valyutani barqarorlashtirishni va uning ichki konvertasiyasini ta'minlash bilan boІliq
davlat mulkini xususiylashtirishni yakunlash hamda iqtisodiyotni xomashyo yetishtirib
berishdan tayyor mahsulot chiqarishga yo’naltirishni ko’zda tutilgan. Shuningdek, iqtisodiy
islohotlarning yuqorida zikr qilingan ikkinchi bosqichida iqtisodiyotni barqarorlashtirish va
xalq xo’jaligi uzoq tarmoqlari o’sishini ta'minlash, ishlab chiqarishda aholi keng iste'mol
mollariga ko’ra ularning ehtiyojini nazarda tutib o’zgarishlar
qilish va boshqa hayotiy
masalalar xalq xo’jaligida qator tarkibiy o’zgarishlar yuz berdi. Jumladan, mamlakat xalq
xo’jaligining yetakchi sohasi - sanoatda importning o’rnini bosa oladigan tovarlar ishlab
chiqarish: neft mahsulotlari,g`alla ishlab chiqarishni ko’paytirish bilan neft mahsulotlari
vag`alla mustaqilligini ta'minlash; eksportbop tovarlar
ishlab chiqarish miqdorini
ko’paytirishga qaratilgan yo’nalishlarga iqtisodiy siyosatda ustuvorlik beradi.