Qishloq xo’jaligi va sanot sohasidagi o’zgarishlar reja


Fermer xo`jaliklari va ularning tashkiliy-iqtisodiy asoslari



Yüklə 32,1 Kb.
səhifə5/5
tarix21.11.2023
ölçüsü32,1 Kb.
#133497
1   2   3   4   5
QISHLOQ XO’JALIGI VA SANOT SOHASIDAGI O’ZGARISHLAR

Fermer xo`jaliklari va ularning tashkiliy-iqtisodiy asoslari

O`zbekiston Respublikasi qishloq xo`jaligi korxonalari orasida fermer xo`jaliklari ham salmoqli o`rinni egallaydi. Mustaqillikning birinchi kunlaridanoq fermer xo`jaliklariga istiqbolli yo`nalish sivatida e`tibor berildi. Rahbarlar, mutaxassislar va olimlar bu xo`jaliklarning rivojlanishga tabiiy sharoit yaratib berdilar. Natijada fermer xo`jaliklari tarixan qisqa davrda qishloq xo`jaligida o`z faoliyatini olib boishga haqli ishlab chiqarish shakllaridan biri ekanligini isbot qildi. 2001 yilning 1 yanvariga 52228 ta fermer xo`jaligi mavjud bo`lib, ularga 1038,1 ming gektar yer biriktirilgandi. Fermer xo`jaliklarida 366,7 ming kishi mehnat qildi. 2003 yilning 1 yanvariga kelib ularning soni 72406 tani tashkil etdi. Shundan 63497 tasi dehqonchilik, 6150 tasi chorvachilik, 2759 tasi bog`dorchilik va boshqa sohalarda tashkil etilgan. Ularning umumiy yer maydoni 1591,7 ming gektar, o`rtacha bir fermer xo`jaligining yer maydoni 22 gektar. Fermer xo`jaliklarida 1477,2 ming tonna don, 937 ming tonna paxta, 28,4 ming tonna kartoshka, 213,1 ming tonna sabzavot, 76,3 ming tonna poliz, 56,1 ming tonna meva, 31,5 ming tonna uzum, 81,7 ming tonna sut, 272,4 ming tonna go`sht (tirik vaznda), 265,6 ming dona tuxum va 9,0 tonna jun mahsulotlari yetishtirildi. 2002 yilda fermer xo`jaliklarining qishloq xo`jaligi yalpi mahsulotidagi ulushi 9,9 foizni tashkil etdi.


Fermer xo`jaliklari o`z faoliyatini O`zbekiston Respublikasining “Fermer xo`jaliklari to`g`risida”gi qonuni va o`z nizomi asosida yuritadi. Fermer xo`jaliklari ustun darajada ularni tashkil etish imkoni katta zonalarda ko`proq rivojlantiriladi. YA`ni yer maydonlari yetarli, mehnat resurslari juda ko`p bo`lmagan yerlarda, zahira yerlarda ko`proq tashkil etiladi. Ular davlat yerlarida faoliyat ko`rsatadilar. Fermer xo`jaliklariga yer 50 yilgacha, ammo 30 yildan kam bo`lmagan muddatga beriladi.


Dehqon xo`jaliklari va ularning tashkiliy-iqtisodiy asoslari
O`zbekiston Respublikasi qishloq xo`jaligi korxonalarining yana bir shakli dehqon xo`jaliklaridir. Dehqon xo`jaliklari aholining mustaqillikka qadar mavjud bo`lgan shaxsiy tomarqa xo`jaliklari rivojlanishi natijasida ularning o`rniga vujudga keldi. Ular 1990 – 2000 yillar davomida 2,3 mln.tadan 3,3 mln.taga yetdi. Yangi vujudga kelgan dehqonxo`jaliklari ixtiyoridagi sug`oriladigan yer 0,35 gektarni tashkil etdi. Oldin aholining shaxsiy tomorqa uchastkalari aksariyat holda 0,08 gektardan oshmas edi. 2001 yilning 1 yanvariga bo`lgan ma`lumotga qaraganda, mamlakatda 3322606 ta dehqon xo`jaligi bo`lib, ular 522592 gektar yerga ega. Shulardan, 1798401 tasi dehqon xo`jaligi sifatida qayta ro`yxatdan o`tdi, 800 mingdan ziyodi yuridik shaxs sifatida shakllandi.

oydalanilgan adabiyotlar





  1. O`zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi: -T.: O`zbekiston 1999

  2. Karimov I. A. O`zbekiston buyuk kelajak sari.-T.: O`zbekiston, 1999.

  3. Karimov I. A. Qishloq xo`jaligi taraqiyoti – to`kin hayot manbai. – T.: O`zbekiston, 1998.

  4. Qayumov F. Q. Effektivnost APK v usloviyax perexoda k rinku: Obshiye i regionalniye problemi. – M.: IPO «Poligran», 1992.

  5. Serova YE. V. Agrarnaya ekonomika: Uchebnik dlya studentov ekonomicheskix vuzov, fakultetov i spetsialnostey. – M.: GU VSHE, 1999.

  6. Uzbekistan: desyat let po puti formirovaniya rinochnoy ekonomiki Koll. Avt.: R. A. Alimov, A. K. Bedrinsev, A. F. Rasulov i dr.// Pod red. A.X. Xikmatova. – T.: O`zbekiston, 2001.- 352 b.

  7. Xakimov R., Otaqulov M., Yusupov E., Yusupov M.S. Agrosanoat majmuasi iqtisodiyoti. – (O`quv qo`llanma) T., TDIU, 2004.-160 b.

  8. Salimov B.T., Hamdamov Q.S., Berkinov B.B., Xakimov R., Yusupov M.S., Oripov M.A., O`roqov N.I. - Dehqon va fermer xo`jaliklari iqtisodi – (O`quv qo`llanma) –T.: TDIU, 2004. – 176 b.

  9. Salimov B.T., Hamdamov Q.S., Tursunxo`jayev T.L., To`raxo`jayev T.I., Hakimov R.X., O`roqov N.I, Aripov I.M. -Jahon qishloq xo`jaligi. – (O`quv qo`llanma) – T.: TDIU, 2004. – 128 b.

  10. Abdug`aniyev A., Abdug`aniyev A.A. – Qishloq xo`jaligi iqtisodiyoti – (darslik). – T.: TDIU, 2004. – 304 b.

www.ziyonet.uz
Yüklə 32,1 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin