Qishloq xo’jaligida investitsiyalar va ulardan foydalanish samaradorligi Reja



Yüklə 81,25 Kb.
səhifə4/6
tarix02.12.2023
ölçüsü81,25 Kb.
#136990
1   2   3   4   5   6
Qishloq xo’jaligida investitsiyalar va ulardan foydalanish samar











Moliyalashtirish manbalari bo„yicha qishloq, o„rmon va baliq xo’jaligiga kiritilgan investitsiyalar (mlrd. so„m)





2016

2017

2018

2019

Jami

4795,3

6110,6

7991,9

12199,1

Shu jumladan:













respublika budjeti mablag‗lari

565,7

553,4

911,1

1935,6

korxona va tashkilotlar
mablag‗lari

510,0

905,5

1768,8

1132,9

tijorat banklari kreditlari va
boshqa qarz mablag‗lari

371,2

715,6

2328,1

2034,1

xorijiy investitsiya va kreditlar

171,8

189,8

1064,4

5050,6

boshqa moliyalashtirish
manbalari

3176,6

3746,3

1919,5

2045,9

Shuni ham aytib o’tish kerakki, investitsiya qilishda korxona imkoni boricha o’z mablag’laridan foydalanishi ikkita ustunlikka olib keladi: korxonada tashqi qarzlar mavjud bo’lmaydi (olingan kreditlar
bo’yicha foiz, ijara haqi va hokazo), shuningdek, korxonani boshqarishda mustahkam pozitsiyani shakllantiradi.
Ayni paytda xo’jaliklarga chetdan jalb qilinadigan mablag’larning manbalaridan biri xo’jalik a‘zolarining vaqtincha bo’sh turgan mablag‗larini jalb etish hisoblanadi. Bunday investitsiyani amalga oshirish uchun korxona o’z ichida qisqa muddatli obligatsiyalarni chiqarib, ularni a‘zolariga ishonchli tarzda tarqatishi (sotishi) yoki huquqiy kuchga ega bo’lgan ishonchli dalolatnomalarni ham berishi mumkin. Xo’jalik a‘zolari esa muomalaga berilgan mablag’larini ma‘lum muddat o’tgandan so’ng belgilangan foizi bilan qaytarib olish imkoniyatiga ega bo’ladilar. Bu turdagi investitsiya imkoniyatlaridan qishloq xo’jaligi korxonalarida unumli foydalanish kerak.
Xorijiy investitsiyalar chet mamlakatlardagi yuridik va jismoniy shaxslarning mablag‗laridan tashkil topadi. Chet ellik investorlar tomonidan foyda olish maqsadida tadbirkorlik faoliyati va qonun hujjatlarida ta‘qiqlanmagan boshqa turdagi faoliyat obyektlariga qo’shadigan barcha turdagi moddiy va nomoddiy boyliklar va ularga doir huquqlar, shu jumladan, intellektual mulkka doir huquqlar respublika hududida chet el investitsiyalari hisoblanadi. Ular O’zbekiston

Respublikasi hududida quyidagi yo’llar bilan amalga oshiriladi:



    • respublika qishloq xo’jaligidagi yuridik hamda jismoniy shaxslarning Nizom jamg’armalarida va boshqa mol-mulkida ulush qo’shib qatnashish;

    • tarmoqda chet ellik investorgarga to’liq qarashli bo‗lgan xo’jalik jamiyatlari va shirkatlari, bank, sug’urta va boshqa korxonalarni barpo etish va rivojlantirish;

    • mol-mulk, aksiyalar va boshqa qimmatli qog’ozlarni, shu jumladan, O‗zbekiston Respublikasi rezidentlari tomonidan emissiya qilingan qarz mablag’larini sotib olish;

    • intellektual mullka, shu jumladan, mualliflik huquqlari, patentlar, firma nomlari va nou-xaularga, shuningdek, ishchanlik nufuziga (gudvillga) huquqlar kiritish va boshqalar.

Ularni chet davlatlar yoki bu davlatlarning quyidagi hududiy organlari amalga oshiradilar:

    • davlatlararo bitimlar yoki boshqa shartnomalarga muvofiq tashkil topgan yoki xalqaro ommaviy huquq subyektlari bo’lgan xalqaro tashkilotlar;

    • chet davlatlarning qonun hujjatlariga muvofiq tashkil topgan va faoliyat ko‗rsatib kelayotgan yuridik shaxslar, shirkatlar, uyushma va tashkilotlar;

    • chet el fuqarolari bo‗lmish jismoniy shaxslar va boshqalar.

Hozirgi davrda mamlakat qishloq xo’jaligini boshqarishni takomillashtirishga va ishlab chiqarishini rivojlantirishga Jahon banki, Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki, Osiyo taraqqiyot bankining respublikamizdagi bo’limlari hamda AQSh, Germaniya, Isroil, Gollandiya, Fransiya va boshqa davlatlarning vakolatxonalari investitsiyalarni joylashtirish, sarflash orqali muayyan darajada hissa qo’shish ishlari bilan shug‗ullanmoqda. Lekin ularning investitsiyalari mavjud imkoniyatlar darajasidan ancha pastdir. Shuning uchun bu masalaga, ya‘ni chet el investitsiyalarini jalb etish muammosiga kelajakda alohida e‘tibor berish maqsadga muvofiqdir.
Qishloq xo‗jaligi tarmog‗iga jalb etilgan xorijiy investitsiyaga misol tariqasida 2020-yil 11-avgustda O’zbekiston Respublikasi Prezidentining ―Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki hamda Xalqaro taraqqiyot uyushmasi ishtirokida ―O’zbekiston Respublikasi qishloq xo‗jaligini modernizatsiya qilish‖ loyihasini amalga oshirish chora- tadbirlari to’g’risida‖gi PQ-4803-sonli qarori asosida jalb etilgan invstitsiyani keltirishimiz mumkin. Umumiy qiymati 659,3 mln. AQSh dollariga teng bo’lgan ushbu loyiha 6 yilga (2020-2026-yillar) mo’ljallangan. Loyiha doirasida Jahon banki tomonidan 30 yil muddatga quyidagi shartlar asosida 500 mln. AQSh dollar ajratilmoqda:

  • 10 yillik imtiyozli davr bilan Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki tomonidan 181 mln. AQSh dollari miqdoridagi qarz;

  • 10 yillik imtiyozli davr bilan Xalqaro taraqqiyot uyushmasining 100 mln. AQSh dollari miqdoridagi kredit;

  • 5 yillik imtiyozli davr bilan Xalqaro taraqqiyot uyushmasining 219 mln. AQSh dollari miqdoridagi imtiyozli kredit.

Loyihada O‗zbekistonning ulushi 159,3 mln. AQSh dollarini tashkil etadi, shu jumladan:

  • soliq va bojxona to’lovlari bo‗yicha imtiyozlar berish, investitsiya davrida moliyaviy xarajatlarni to‗lash shaklidagi ulush – 124,3 mln. AQSh dollarini;

  • loyiha ishtirokchilarining ulushi esa 35 mln. AQSh dollari ekvivalentini tashkil etadi.

Qarorda Jahon banki tomonidan moliyalashtirilayotgan loyihaning ustuvor yo’nalishlari, etib quyidagilar belgilangan:
-qishloq xo’jaligida ilmiy-tadqiqot, ta‘lim va maslahat xizmatlarining ishlab chiqarish bilan integratsiyalashgan samarali tizimini yaratish;

  • qishloq xo’jaligini raqamlashtirish, statistik ma‘lumotlarni to’plash, tahlil qilish va tarqatishning ishonchli va shaffof usullarini joriy etish;

  • oziq-ovqat xavfsizligini ta‘minlash va qishloq xo’jalik mahsulotlarini yetishtirishda ―daladan iste‘molgacha‖ tamoyili asosida sifat nazoratini kuchaytirish, agrologistika, yo‗l va boshqa zarur infratuzilmani yaratish;

  • eksportni rag‗batlantirish, xalqaro bozorlarda raqobatbardosh, eksportbop yuqori qo’shilgan qiymatli qishloq xo’jaligi mahsulotlari ishlab chiqarish borasida qulay agrobiznes muhitini va qo’shilgan qiymat zanjirini yaratish

  • qishloq xo’jaligi va oziq-ovqat tarmog’ini diversifikatsiyalash, sohada davlat ishtirokini kamaytirish, kooperatsiya tizimini rivojlantirish, hamda sohaning investitsiyaviy jozibadorligini oshirish;

  • yer va suv resurslari, o’rmon fondidan oqilona foydalanish;

-sohaga boshqaruvning zamonaviy tizimlarini joriy etish, xizmat ko‗rsatish tizimini takomillashtirish.
Qishloq xo’jaligiga jalb etilayotgan investitsiyalarni boshqa tarmoqlar bilan taqqoslaganda ularning salmog‗i past darajani tashkil etadi. Shuni inobatga olgan mamlakatimiz hukumati tomonidan mazkur tarmoqqa jalb etiladigan investitsiyalar hajmini oshirishga alohida e‘tibor berilmoqda. Bunda qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishi bilan shug’ullanuvchilarning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, yerlarning meliorativ holatini yaxshilash, issiqxonalar tashkil etish, sug’orishning zamonaviy tejamkor usullarini joriy etish, qishloqlarning qiyofasini zamonaviylashtirish, qishloq infratuzilmasini rivojlantirish va boshqa shu kabi maqsadlarga katta miqdordagi mablag’lar sarflanmoqda va kelgusida ham bu jarayon davom etadi.



Yüklə 81,25 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin