Qishloq xo‘jaligiga oid islohotlar amalda



Yüklə 53,5 Kb.
səhifə1/4
tarix21.10.2022
ölçüsü53,5 Kb.
#118473
  1   2   3   4
Qishloq xo\'jaligiga oid islohotlat


Qishloq xo‘jaligiga oid islohotlar amalda
O‘zbekistonda qishloq xo‘jaligiga oid modernizatsiya jarayonlari davlatimiz tomonidan ilgari surilayotgan strategik rejalarda iqtisodiyotning muhim vositalaridan biri bo‘lib xizmat qilmoqda.
Ushbu strategik rejalar aholining turmush farovonligini ta’minlovchi yangi bosqichdir. Qishloq xo‘jaligi sohasini rivojlantirishda yangi texnologiyalarning ham o‘z o‘rni bor. Mamlakatda qishloq xo‘jaligini zamonaviy texnologiyalar bilan ta’minlash borasidagi sa’y-harakatlar shiddat bilan ilgarilamoqda. Umuman, davlat tomonidan so‘nggi yillarda agrar sohani tubdan isloh qilish va uni bozor talablariga moslashtirish ishlariga katta e’tibor qaratilmoqda. 
Ta’kidlash joizki, 2021 yilda qishloq xo‘jaligini rivojlantirishga oid bir qancha normativ hujjatlar qabul qilindi. Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar tizimi hamda zamonaviy xizmatlar ko‘rsatishni yanada rivojlantirish to‘g‘risida»gi farmoni hamda «O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida»gi qarori qabul qilindi. Yuqoridagi farmon bilan «2021-2025 yillarda qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar tizimini ustuvor rivojlantirish konsepsiyasi» tasdiqlandi.
O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligini rivojlantirishning 2020-2030 yillarga mo‘ljallangan strategiyasi doirasida oziq-ovqat xavfsizligi bo‘yicha davlat siyosatini ishlab chiqish va joriy etish hamda shakllangan dehqonchilik ko‘nikmalari, tuproq-iqlim sharoiti, suv ta’minotidan kelib chiqib, respublikaning barcha tumanlari hududlari muayyan turdagi mahsulotlar yetishtirishga bosqichma-bosqich ixtisoslashtirilishi belgilandi. 
Bundan tashqari, qishloq xo‘jaligi ekinlarini joylashtirishda asosiy e’tibor uning hosildorligi, eksportbopligi, yaxlit maydonlarda yetishtirilishiga hamda kooperatsiya va klaster tizimi asosida mahsulot yetishtirish, uni qayta ishlash, saqlash va ichki va tashqi bozorlarga sotish tizimi yo‘lga qo‘yilishini o‘z ichiga oladi. Jumladan, meva-sabzavot mahsulotlari eksportini oshirish uchun har bir viloyatda kamida bitta tuman hududini organik qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirishga ixtisoslashtirish belgilandi.

Yüklə 53,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin