Qishloq xo‘jalik mahsulotlarini qayta ishlash va saqlash jihozlari


a – turli xil deametrli burchak ostidagi kalibrlagich ; b



Yüklə 1,82 Mb.
səhifə13/37
tarix03.06.2023
ölçüsü1,82 Mb.
#127725
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   37
amaliy mashg\'lutlarga uslubiy qo‘llanma

a – turli xil deametrli burchak ostidagi kalibrlagich ; b –kartoshka va boshqa qattiq mahsulotlarni kaliblagich, v,g-turli xil shaklli teshiklarga ega bo‘lgan barabanli kalibrlagich, bunda 1-yig‘uvchi latok, 2-kalibrlagichni qiya ko‘rinishdagi sirti, 3-barabanlar, d-diskli kalibrlash uskunasi, bunda 1-meva, 2-aylanuvchan disk, 3,4-cho‘zinchoq qovurg‘a, ye-valik-tasmali kalibrlagich, 1-aylanuvchan pog‘onali valik, 2-tasmali transportyor, j-trosli kalibrlagich, bunda 1-meva, i – shnekli kalibrlagich, k- konusli kalibrlagich.
Barabanli kolibrlovchi mashinalar Barabanli kalibrlovchi mashinalar ko‘k no‘xat, olcha, gilos, qulupnay, kartoshka kabi mahsulotlarni saralash uchun ishlatiladi. No‘xat uchun 5 seksiyali to‘rli baraban o‘rnatiladi, uskuna to‘rining o‘lchamlari 1212 mm, ishlab chiqarish quvvati 0,417 kg/soniya.
Kartoshka uchun baraban uchta seksiyaga bo‘linadi; ularning o‘lchamlari 4040; 5050; 6060; ishlab chiqarish quvvati 0,555 kg/soniya.
Shnekli kolibrlovchi mashinalar Shnekli kolibrlovchi mashinalar ikkita qarama-qarshi aylanuvchi shneklardan iborat bo‘ladi. Shnek o‘ramalari orasidagi masofa bir xil bo‘ladi, val diametri esa kichrayib boradi. Shnekli kolibrlovchi mashinalarda qattiq mevalarni saralash mumkin. Mashinaning ichida shneklar ostida tasmali transportyor joylashadi. Transportyor 10 ta oqimga to‘siqlar bilan bo‘lingan. Saralanadigan mahsulot o‘lchamiga ko‘ra oqimlardan bittasiga tushadi va transportyor orqali olib ketiladi. Val diametri har bir qadamda 5 mm ga kichrayadi, shuning uchun har bir oqimdagi mevalarning o‘lchamlari 5 mm ga farq qiladi (15-rasm).

16-rasm. Shnekli kolibrlovchi mashina:
1 – shnek; 2 – korpus; 3 – tasmali transportyor; 4 – to‘siqlar.
Universal kolibrlovchi mashinalar: Universal kolibrlovchi mashinalar (A9-KKB) dumaloq shakldagi meva va sabzavotlarni (olma, pomidor, shaftoli va boshqalar) saralash uchun ishlatiladi. Saralanadigan mevalarning o‘lchamlari 20-40, 40-80 mm, mashinaning ishlab chiqarish quvvati 0,833 kg/soniyagacha bo‘ladi. Xom ashyo o‘lchamiga ko‘ra ariqchalarga tushadi va transportyor orqali chiqariladi.
Kolibrlovchi mashinalar yordamida xom ashyoni uzunligi bo‘yicha ham saralash mumkin, masalan bodring. Ko‘k no‘xat konservasini ishlab chiqarish tizimida esa no‘xatni zichligi bo‘yicha saralash agregati o‘rnatiladi. Yosh, texnik yetilgan no‘xatlar yengil bo‘lib, suvning sirtida yig‘iladi va uskunadan chiqariladi.


Yüklə 1,82 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   37




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin