Ishning maqsadi: xom ashyoni po‘stidan tozalash, kesish va maydalash jarayonlarini va mashinalarining ishlashini o‘rganish.
Kerakli asbob va jihozlar: Plakatlar, stendlar, videoproyektor, qurilma maketlari.
Nazariy ma’lumotlar:Meva va sabzavotlarni po‘stidan tozalash qurilmalari. Meva va sabzavotlarning po‘sti tozalanganda tayyor mahsulotning ozuqa qimmati oshadi. Konservalarni tayyorlashda tuz va shakarning po‘stidan tozalangan meva va sabzavotlarga diffuziyasi ancha osonlashadi.
Meva va sabzavotlarni po‘stidan tozalash mashinalarining tuzilishi xom ashyo turiga bog‘liq. Masalan, piyoz va sarimsoq kabi mevalar asosan mexaniq usulda tozalanadi: mevalar aylanadi, maxsus pichoqlar po‘stlarni kesadi. Sabzavotlarni parotermik, ishqorli va kuydirish usuli bilan ham tozalash mumkin.
Pnevmatik mashinalarda siqilgan havo yuqori tezlik bilan ish kamerasiga yuboriladi. Piyoz va bo‘laklarga bo‘lingan sarimsoq ham bu kameraga tushadi, tozalangan xom ashyo inspeksion transportyor orqali chiqariladi.
Parometrik mashinalarda xom ashyo (sabzi, kartoshka, lavlagi va xak) germetik kameraga yuklanadi va o‘tkir bug‘ bilan qizdiriladi, mahsulot 1 mm qalinligida yumshoqlanadi. Bunda avtoklav kamerasi aylanib turadi. Qizdirilgan xom ashyo yuvish mashinalarda po‘stidan tozalanadi.
Xom ashyoni kesish mashinalari.Kesish mashinalari yordamida xom ashyo to‘g‘ri shaklli (kub, doira) va muayyan o‘lchamli bo‘laklarga kesiladi. Kesadigan pichoqlar po‘latdan tayyorlanadi va disk, o‘roq, to‘g‘ri chiziq, uchburchak, quvurli shaklda bo‘lishi mumkin, pichoqning qalinligi 3-7 mm ni tashkil etadi.
Kesish mashinalari universal va ixtisoslashgan bo‘ladi. Ixtisoslashgan mashinalarga go‘sht kesish mashinaliri, mayda bo‘laklarga kesadigan mashinalari kiradi (17-rasm).
19-Rasm. Xom ashyoni kesish mashinalari 1-pichoq, 2-tasmali pichoq, 3-diskali pichoq, 4-harakatlanayotgan mahsulot, 5-skrepkalar, 6-transportyor.
Universal «Ritm» mashinasi. Universal «Ritm» mashinasida sabzi, lavlagi, kartoshka, piyoz kabi mahsulotlar har xil shaklli (kub, doira) bo‘laklarga kesiladi. Mashinaning asosiy qismlari quyidagilardan iborat: elektrodvigatel (9), reduktor (12), ta’minotchi (4), burchakli pristavka (7), staninada (1).
Ta’minotchchi ichi bo‘sh bo‘lgan silindirli korpusdan iborat, uning ichida zanglamaydigan po‘lat kesma (5) qistirilgan. Yon tomondan unga yuklash bunkeri (10), pastdan pichoqlar (2 va 3) va tushirish lotogi mahkamlangan. Korpusning ichida baraban aylanadi. Baraban ikkita disk va ular orasidagi uchta parrakdan (6) iborat bo‘lib, unga reduktor vali ulangan.
Burchakli pristavka xom ashyoni kubik shaklida kesish uchun o‘rnatiladi. Uning ichida gorizontal disk (8) va vertikal pichoqlar o‘rnatilgan (17-rasm).
Xom ashyo yuklash bunkeri orqali baraban ichiga tushadi va markazdan qochma kuch ta’sirida va parraklar yordamida pichoqlarga yuboriladi. Bunda aylanayotgan disklardagi pichoqlar mevani ko‘ndalang qirqadi. Burchakli pristavkadagi pichoqlar bo‘laklarni bo‘ylama qirqadi. Xom ashyoni doira shaklda kesish uchun burchakli pristavka yechiladi.
Mashinaning ishlab chiqarish quvvati 2000 kg/soat. Bo‘laklarning o‘lchamlari: kubiklar qalinligi 7 yoki 10 mm, doiralar – 5 yoki 7 mm. Kesmalarning bir tomoni 5 yoki 10 mm bo‘ladi.