Qishloq xo‘jalik mahsulotlarini qayta ishlash va saqlash jihozlari



Yüklə 1,82 Mb.
səhifə18/37
tarix03.06.2023
ölçüsü1,82 Mb.
#127725
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   37
amaliy mashg\'lutlarga uslubiy qo‘llanma

20-rasm. «Ritm» kesish mashinasi:
1 – stanina; 2, 3 – pichoqlar; 4 – ta’minotchi; 5 – po‘lat kesma; 6 – parrak; 7 – burchakli pristavka; 8 – disk; 9 – elektrodvigatel; 10 – bunker; 11 - 12 – reduktor.
Sabzavotlarni kesish mashinasi: Sabzavotlvrni mayda bo‘laklarga kesish uchun MSh-10000 markali mashinadan foydalaniladi. Mashinaning korpusi (12) g‘gildiraklarga o‘rnatilgan. Uning yuqori qismida gorizontal pichoqli (9) kesish moslamasi (8) o‘rnatilgan. Korpusning pastki qismida joylashgan maydonchada elektrodvigatel (13) o‘rnatilgan. Ushbu elektrodvigatel orqali pichoq va tasmali transportyor (11) ishlaydi. Transportyor qabul qilish bunkeri va lotok (10) tagidan o‘tadi. Transportyorning baraban (1) va tortuvchi moslamasi (2) ikkita yo‘naltiruvchi kronshteynlarda (3) joylashgan. Pichoqning diski vertikal (6) va gorizontal val (7) bilan bog‘langan.
Xom ashyo yechiladigan yuklash bunkeri (5) orqali mashinaga yuklanadi. Pichoqli disk aylanganda mahsulot mashinaning ichiga tortiladi va quvur ichida to‘xtab qoladi. Pichoqlar mahsulot ustidan o‘tib qavat-qavat qilib uni kesadi. Mevaning o‘lchamlari kichrayadi va oldinga harakatlanadi. Qalinligi 4 mm bo‘lgan bo‘lakchalar olib chiquvchi transportyorga tushadi, uning eni 0,6 m ni tashkil etadi. Mashinada pichoqli disk bilan yana (11) boshqa pichoqlar o‘rnatilgan. Mashinaning ishlab chiqarish quvvati 10000 kg/soat gacha (18-rasm).
Olma uchun maydalagich. Maydalagichlar sharbatlar tayyorlashda qo‘llaniladi. Olmalarni maydalash uchun 361 (NRB) turdagi maydalagichlar ishlatiladi. Mashina quyidagi qismlardan iborat: stanina, korpus, val qopqog‘i, parrakli val, rotor, pichoq ushlagich, elektrodvigatel, mufta. Val ichiga parrakli rotor o‘rnatiladi. Pichoq ushlagichda esa 15 ta pichoq o‘rnatiladi.
Olmalar yuklash bunkeri orqali korpus ichiga tushadi va parraklar yordamida pichoqlar o‘rnatilgan tomonga harakatlanadi. Rotor katta tezlik bilan aylanganda olmalarni pichoqlarga tashlaydi va mevalar maydalanadi. Meva bo‘laklari korpusdagi teshiklardan o‘tib mashinadan chiqadi.
Mashinaning ishlab chiqarish quvvati 5000-7000 kg/coat.
Meva-sabzavotlarni maydalash uchun A-9-KIS maydalagich uskunasi ham ilatiladi. Uskunada xom ashyo shnek yordamida rotor tomonga harakatlanadi. Rotor aylanaganda xom ashyoni pichoqlarga tashlaydi. Maydalangan meva va sabzavotlar maxsus teshiklardan mashinadan chiqariladi (21-rasm).


Yüklə 1,82 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   37




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin