Qishloq xo‘jalik mahsulotlarini qayta ishlash va saqlash jihozlari



Yüklə 1,82 Mb.
səhifə23/37
tarix03.06.2023
ölçüsü1,82 Mb.
#127725
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   37
amaliy mashg\'lutlarga uslubiy qo‘llanma

Valikli maydalagichlar. Valikli maydalagich – sinchalar ajratgich (VD2 tipidagi) 42-rasmda ko‘rsatilgan bo‘lib, u asosan ikki ishchi qismdan, ya’ni maydalash uchun rezina qoplangan valiklardan va sinchalar ajratgichdan iborat. Valiklar 2, 3, 4, 6 qatorli o‘rnatilishi mumkin, ular o‘zaro bir-biriga qarab aylanadi. Valiklar orasidagi masofa uzum naviga, olinadigan vinomaterial tipiga va mashinaning kerakli ish unumdorligiga muvofiq o‘zgartirilishi mumkin.
Uzum boshlari valiklar yuzasidagi bo‘shlikka tushadi, valiklarni bir-biriga qarab aylanishi natijasida valiklar orasida uzum siqilib maydalanadi va sinchalari ajraladi.
Maydalangan uzum sinchalar ajratish kamerasiga (bo‘shlig‘iga) tushadi. Sinchalarni ajratish kamerasi gorizontal holatdagi turli barabandan iborat bo‘lib, uning o‘rtasida darrali o‘q o‘tgan. Turli xil baraban turlariga mezga tiqilib qolmasligi uchun baraban 10 ayl./daq. tezlikda aylanib turadi. Darralar zarbi ta’sirida uzum donalari sinchalardan ajraladi va turlardan o‘tib shnekli mezga yig‘gichga tushadi va shnek yordamida mezga yig‘gichga o‘tkaziladi. Donalardan ajralgan sinchalar darralar yordamida barabandan chiqariladi. Darralar o‘rnatilgan o‘q 180 ayl./daq. tezlikda aylanadi. Valikli maydalagich uzumni yumshoq tartibda maydalanishni ta’minlaydi, buning natijasida sharbat tarkibidagi zarrachalar miqdori 60g/dm3 dan oshmaydi.
Markazdan qochma kuch ta’sirida ishlaydigan maydalagichlar. Markazdan qochma kuch ta’sirida ishlovchi xom ashyoni urib maydalagich va sinchalar ajratgich keltirilgan (SDG tipidagi). Bu moslama o‘zaro bir-biriga kiritilgan 4-ta vertikal silindirdan iborat bo‘lib, bunda tashqi silindr korpus vazifasini bajaradi. Bu uskunada uzumning maydalanishi va sinchalardan ajralishi o‘zaro qo‘shib bajariladi. Moslamada xom ashyoni maydalanish jarayoni va sinchalarning ajralishi qurilmaning parraklari va darralarini uzumga markazdan qochma kuchi ta’sirida urishi va mag‘izning turli yuzadan harakatlanishi natijasida amalga oshadi. Bu uskunada uzum boshlariga ko‘rsatiladigan mexaniq ta’sir kuchini o‘qning aylanishlar sonini kamaytirish yoki ko‘paytirish orqali boshqarish mumkin. Uzumning naviga, uzum donasining chidamligiga va tayyorlanadigan vinomaterial turiga ko‘ra maydalagich o‘qining aylanish tezligi 270-500 ayl/daq. oralig‘ida bo‘ladi.
Maydalangan uzum donalari o‘rta silindrdan o‘tib, maxsus mezga yig‘gichga yig‘iladi, so‘ngra uzum sinchalarini tashiydigan transportyorga yuboriladi.
Markazdan qochma kuch ta’sirida urib maydalovchi va sinchalarni ajratuvchi uskunasida maydalangan uzum sinchalari o‘zi bilan kam miqdorda sharbatni olib chiqadi, bunda maydalangan mezga tarkibida erkin holdagi sharbatning miqdori valikli maydalagichda maydalangandan ko‘p bo‘ladi. Biroq bu uskunada uzum donalariga mexaniq kuchning ko‘p ta’sir etishi natijasida sharbat tarkibidagi zarrachalarning miqdori ko‘p bo‘lib, bunday sharbatni tindirilishiga ko‘p vaqt sarflanadi. Bunday tipdagi uskunalar kogor, tokay, mader va portveyn tipidagi vinolar tayyorlashda ishlatiladi.

Yüklə 1,82 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   37




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin