Cho‘michli blanshirlash uskunalari. Cho‘michli blanshirlash uskunalari ham amalda keng qo‘llanilmoqda. Bu uskunalarda (BK) ko‘k no‘xat, karam, kartoshka, sabzi va boshqa mahsulotlar suv va bug‘da blanshirlanadi. Uning asosiy qismlari quyidagilardan iborat: vanna (1), mahsulotni tashuvchi chumichlar (2) va (3) bug‘ uzatish barbatyori. Uskunaning ish quvvati xom ashyo turiga bog‘liq, masalan no‘xat uchun 0,56 kg/soniya, sabzi 0,32 kg/soniya, suv sarfi 0,05 l/soniya.
BK uskunasining ish quvvati (kg/soniya) quyidagi formuladan topiladi:
G=
Bu yerda: – kovsh markazlari orasidagi masofa, m;
g – bir kovshdagi mahsulot massasi, kg;
24-rasm. BK blanshirlash uskunasi. 1-vanna, 2-cho‘michlar, 3-barbater,
Blanshirlash uskunalarining issiqlik hisobi. Issiqlikni hisoblashda bug‘, sovutadigan suv sarflari va isitish sirti aniqlanadi. Uskunalarda suv barbotyorlar orqali qizdirilganda mahsulotni isitish uchun issiqlik sarfi quyidagi tenglamadan aniqlanadi:
Q1=Gc (t2-t1)
Bu yerda:G – mahsulotning og‘irligi, kg/soniya;
s – mahsulotning issiqlik sig‘imi, Dj/kg K.
t1 va t2 – mahsulotning o‘rtacha boshlang‘ich va oxirgi harorati, 0S.
t2 isitish muhiti haroratidan 2-30S past qabul qilinadi.
Suv sirtidan namlikni bug‘latish uchun issiqlik sarfi quyidagicha topiladi:
Q2=Fbug‘·Kbug‘·(p1-p2)·r
Bu yerda:Fbug‘ – bug‘latish sirt maydoni, m2;
p1 – bug‘ning mo‘rtligi (bug‘lanish haroratida), N/m2;
p2 – bug‘ning mo‘rtligi (havo haroratida), N/m2;
– havoning nisbiy namligi, = 0,7.
r – bug‘latish issiqligi, Dj/kg;
Kbug‘ – bug‘latish koeffitsenti, kg/(sek· m· N/m2)
Suvni issitish uchun issiqlik sarfi quyidagicha topiladi:
Q3=Wc(t4-t3)s
Bu yerda:Wc – qo‘shiladigan suv miqdori, kg/sek.
t3 va t4 - qo‘shiladigan suvning dastlabki va oxirgi harorati, 0C.
Transportyor tasmasini isitish uchun issiqlik sarfi quyidagicha topiladi:
Q4=Gt·St(t5-t6)
Bu yerda:Gt – tasmaning og‘irligi, kg
St – tasmaning issiqlik sig‘imi, Dj/(kg·grad).
t5 va t6 – tasmaning dastlabki va oxirgi temperaturalari, 0C.
Gt= Gl
Bu yerda:Gl – 1 m tasmaning og‘irligi, kg;
– tasmaning harakatlanish tezligi, m/soniya.
Tashqi muhitga ajraladigan issiqlikni kompensatsiya qilish uchun issiqlik sarfi quyidagicha topiladi:
Q5=F0(tv-tx)
Bu yerda:F – vannaning sirt maydoni, m2;
0 – issiqlikni berish koeffitsenti, Vm/m2;
tb – vanna sirtining o‘rtacha harorati, 0C;
tx – havo harorati, 0C.
Umumiy issiqlik sarfi quyidagi ifodada topiladi:
Qum=Q1+Q2+Q3+Q4+Q5 Blanshirlash bug‘ muhitida o‘tkazilganda:
Q1um=Q11+Q12+Q13+Q14 Bu yerda:Q11 – mahsulotni isitish uchun issiqlik sarfi,
Q12 – transportyor tasmasini isitish uchun issiqlik sarfi,
Q13 – tashqi muhitga ajraladigan issiqlikni kompensatsiya qilish uchun issiqlik sarfi,
Q14 – bug‘ni yo‘qotilishi,
bunda Q4=
Bu yerda:quvurli blanshirlash uskunalari uchun =50-100%,
quvursiz blanshirlash uskunalari uchun =10-20%.