Qishloq xo‘jalik mahsulotlarini qayta ishlash va saqlash jihozlari



Yüklə 1,82 Mb.
səhifə31/37
tarix03.06.2023
ölçüsü1,82 Mb.
#127725
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   37
amaliy mashg\'lutlarga uslubiy qo‘llanma

Ish bo‘yicha hisobot:
Topshiriq. Pasterizatorga
Nazorat savollari:
1. Pasterizatsiya qanday jarayon?
2. Sterizatsiya qanday jarayon?
3. AV-2 rusumli vertikal avtoklavda nechta termometr joylashgan?

12 – AMALIY MASHG‘ULOT
SUTNING O‘RTACHA NAMUNASINI TANLASH VA UNING ORGANOLEPTIK BAHOSI.
Ishning maqsadi: Tahlil uchun sutning o‘rtacha namunasini tanlashning amaliy ko‘nikmalariga ega bo‘lishdan iborat. Bundan tashqari mashg‘ulotda sutning organoleptik hususiyatlari bilan tanishiladi.
Kerakli asbob va jihozlar: Aralashtirgich (mutovka) ichki diametri 9 mm bo‘lgan namuna oluvchi trubka, mahsus o‘lchagichlar, cho‘mich yoki namuna tanlovchi o‘lchagich silindr; namuna uchun probkali 200-250 ml sig‘imli butilkalar; 10% li kaliy dixromat eritmasi; 37-40% li formalin ( formaldegid) eritmasi; tomizg‘ich(kapelnitsa); 1 ml uchun pipetka.
Nazariy ma’lumotlar: Har bir hayvon suti tarkibini alohida o‘rganishda, namunalar chorva qo‘rg‘onida yoki yozgi yaylovda olinadi. Xo‘jalik bo‘yicha yig‘ilgan sutga tavsiya berishda esa namunalar sigirlar sog‘ib olingandan keyin chorva qo‘rg‘onida yoki sut sehida olinadi.
Sutning zichligi, tozalik darajasi, undagi oqsil va shakar miqdorini aniqlash uchun olinadigan namuna miqdori 200-250 ml bo‘lishi kerak. Sutning kislotalilik va undagi yog‘ miqdori ko‘rsatkichlarini aniqlash uchun 50 ml sut etarli. Bir necha sut idishlari partiyasidan namuna olganda, har bir idishdan proporsional miqdorda sut olinadi. Odatda sutdagi yog‘, idish chayqalganda tezda sut ustiga chiqib qoladi. Shuning uchun namuna olishdan oldin sut aralashtirgich (mutovka) yordamida 8-10 marta aralashtirgichni idish tubiga tushirgan holda, yaxshilab aralashtiriladi. Namuna diametri 9mm bo‘lgan trubka yordamida olinadi.
Masalan: ikki kun ichida sog‘ib olingan sutdan namuna olish kerak. Namuna 200 ml atrofida bo‘lishi kerak. Sigirdan 1 sutkada sog‘ib olinadigan sutning o‘rtacha miqdori 12 l. Ikki mahal sog‘iladi. 2 sutka ichida 4-sog‘ishdan 24 l sut sog‘ib olinadi. Har litr sutdan 8ml dan namuna olinadi (200:24). Aytaylik 1-kun ertalab 5l, kechqurun 7l , 2-kun ertalab va kechqurun 6 l dan sut sog‘ib olindi. Bunda birinchi kungi eratalabki sutdan 5*8=40 ml; kechqurungi sog‘ib olingan sutdan 7*8=56 ml; ikkinchi kungi ertalabki sutdan 6*8=48 ml; kechqurungi sutdan 6*8=48 ml; jami ikki kungi sutdan 192 (200) ml namuna olinadi.
Agar namunalar ikkinchi kun tekshirilsa, ular sovutib, 3-50C haroratda saqlanadi. 8-10 kun saqlaganda esa sut 30-33% li vodorod peroksidida konservatsiya qilinadi. Bunda 100ml sutga 1-2ml 10% li eritma qo‘shiladi.
Konservatsiya uchun formalinning 37-40% li eritmasi ishlatiladi. Sut namunasi 15 sutka saqlanadi. Buning uchun 100 ml sutga 2-3 tomchi eritma qo‘shiladi. Formalin sut oqsilining bakteriya kislotasi bilan ta’sirga kirishib, ularni halok bo‘lishiga olib keladi. Sutning organoleptik xususiyatlariga ko‘ra, ya’ni uning rangi, hidi, ta’mi, konsistensiyasi, u yoki bu poroklariga ko‘ra baholanadi.
Sog‘lom sigirdan sog‘ib olingan sut rangi oq yoki sarg‘ishroq bo‘ladi. Sarg‘ish rang karotin borligi va sutli yog‘ lipoxromlariga bog‘liq bo‘ladi. Sut rangi rangsiz shisha silindrda kunduz yorug‘ligida aniqlanadi. Sut hidi maxsus yoqimli bo‘ladi. Hid sutni chelakdan, sut o‘lchagichga quyish vaqtida yoki sut keltirilgan idish qopqog‘i ochilgan vaqtda aniqlanadi.
Sut ta’mi engil shirinturush bo‘ladi. Sut ta’mini aniqlash uchun bir xo‘plam sut bilan burun og‘iz bo‘shlig‘i ho‘llanadi va ko‘proq havo olib, asta-sekin burun orqali chiqariladi. Sutni analiz qilishda xona harorati bo‘lishi kerak.
Sovuq sut taxminan 300C atrofida isitiladi.
Normal sut konsistensiyasi shilimshiq bo‘lmaydi. Sut konsistensiyasi bir idishdan ikkinchi bir idishga asta-sekinlik bilan quyish orqali aniqlanadi.
Sutning organoleptik hususiyatlari uning tarkibidagi moddalar bilan belgilanadi. Masalan, yog‘ sutga mayinlik beradi, sutli shakar shirin ta’m, oqsil va mineral tuzlar-sut ta’mini to‘liqligini ta’minlaydi. Sutning organoleptik xususiyatlarini me’yoridan chiqishi turli omillarga bog‘liq bo‘ladi. (Noto‘g‘ri oziqlantirish, kasallikka cqalinganlik, sutni qayta ishlash va saqlashdagi texnologik qoidalarning buzilishi va h.k).

Yüklə 1,82 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   37




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin