Qishloq xo‘jalik mahsulotlarini qayta ishlash va saqlash jihozlari



Yüklə 1,82 Mb.
səhifə5/37
tarix03.06.2023
ölçüsü1,82 Mb.
#127725
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   37
amaliy mashg\'lutlarga uslubiy qo‘llanma

Elektrokara EK-2 sexlarda va omborxonalarda og‘irligi 2000 kg gacha bo‘lgan yuklarni tashish uchun keng qo‘llaniladi. Uning tezligi 1,94 m/soniya.
Elektroyuklagichlar. Vagonlarda yuklarni tashish, omborxonalarda yuklarni shtabellarga taxlash uchun elektroyuklagichlar ishlatiladi. Ochiq maydonchalarda esa avtoyuklagichlar shu maqsadda ishlatiladi. Elektroyuklagichlarning yuk ko‘tara olish imkoniyati 1000-2000 kg gacha, yukni ko‘tarish balandligi 3,2-4,5 m, aviayuklagichlar uchun 1500-5000 kg gacha va 4-9 m bo‘ladi. Avto va elektroyuklagichlarning harakatlanish tezligi ochiq maydonchalarda 5 km/soat (1,388 m/soniya), binolar ichida 3 km/soat (0,833 m/soniya).
Omborxonalarda yuklarni tashish uchun nazorat yo‘laklarining eni transport vositasining eni + 0,8 m ni, ikki baravar ko‘paytirilgan eni +1,5 m tashkil etishi lozim.
Elektrotelfer. Yuklarni ko‘tarish, tushirish va balandlikda ko‘chirish uchun elektrotelferlar ishlatiladi. Konserva sanoatida elektrotelferlar sterilizatsiya bo‘limlarida o‘rnatiladi. Elektrotelferlarning yuk ko‘tarish imkoniyati 1000 kg gacha, balandligi 6 m, harakatlanish tezligi 0,333 m/soniyani tashkil etadi.
Transportyorlar. Tasmali transportyorlar: Xom ashyo, asosiy va qo‘shimcha materiallar, idishlar, tayyor mahsulotlarni ko‘chirish inspeksiya qilish, saralash, tozalash, joylashtirish kabi texnologik jarayonlarni bajarish uchun qo‘llaniladi. Ular statsionar (doimiy), ya’ni aniq bir joyda joylashgan va ko‘chma bo‘lishi mumkin.
Tasmalar turi ko‘chiriladigan yuk, atrof muhitning namligi va harakatiga ko‘ra tanlanadi. Ip-gazlamali tasmalar havo harorati 45 0S gacha bo‘lgan quruq xonalarda yuklarni ko‘chirish uchun ishlatiladi. Muhit harorati va namligi yuqori bo‘lganda, rezinali tasmalar, issiq muhitlarda (t-300 0S gacha) 0,6-1,4 mm qalinlikdagi po‘lat tasmalar va to‘rli tasmalar ishlatiladi. Tasmaning eni 300; 400; 500; 650; 800 va 1000 mm bo‘ladi, harakatlanish tezligi 0,1-1,5 m/soniyadan oshmaydi. Tasmali transportyorlarning ishlab chiqarish quvvati quyidagi formula asosida topiladi:
P=·
Bu yerda: f – tasmaning ko‘ndalang kesimi maydoni, m2;
 - material zichligi, kg/m3;
 - harakatlanish tezligi, m/soniya.


Yüklə 1,82 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   37




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin