1-Rasm. Lentali transportyor.
1-rama; 2- rostlagich; 3-taranglovchi baraban; 4-lenta; 5-ishchi va salt roliklar; 6- yetaklovchi baraban; 7-uzatma.
Plastinkali transportyorlar. Plastinkali transportyorlar bo‘sh va to‘ldirilgan idishlarni, og‘ir yuklarni, issiq materiallarni ko‘chirish uchun va qadoqlash transportyori sifatida ishlatiladi. Bunday transportyorlarni yuvish va sterilizatsiya qilish mumkin. Plastinkali transportyorlarda issiq va sovuq, yuqori namlikdagi materiallar, og‘ir yuklarni ko‘chirish, vagonlardan tushirish va yuklash uchun foydalanish mumkin. Ularning ishlab chiqarish quvvati tasmali transportyorlarniki singari aniqlanadi.
Shnekli transportyorlar. Bunday transportyorlar to‘kiluvchan yuklarni ko‘chirish, chiqindilarni olib chiqish, shnekli shparitellarda ishlatiladi. Shnekli transportyorning asosiy qismlari quyidagilardan iborat: qopqoqli tarnov va val (3-rasm). Tarnov bir necha seksiyalardan iborat bo‘ladi, seksiyalar uzunligi 2-4 m. Mahsulotlarni yuklash va tushirish uchun tarnov ikkita partrubkalar bilan jihozlanadi.
2-rasm. Shnekli transportyor:
1 – uzatma; 2 – qopqoq; 3 – vint; 4 – tarnov; 5 – val; 6 – podshipniklar; 7 – patrubkalar.
Gidravlik transportyorlar. Bunday turdagi transportyorlar xom ashyoni suv oqimida ko‘chirish uchun ishlatiladi. Ular taxtasimon, po‘lat, aluminiy, g‘isht, beton, yog‘ochdan tayyorlanadi va to‘g‘ri turtburchak, yarim doira, trapesiya, ba’zan uchburchak va doira shaklida ishlab chiqariladi:
3-rasm. Gidravlik transportyorlar
Gidravlik transportyorlarning ishlab chiqarish quvvati quyidagi formula asosida topiladi:
P=f·
Bu yerda:f – tarnovning ko‘ndalang kesimi maydoni, m2;
– aralashmaning harakatlanish tezligi, m/soniya;
– mahsulot va suv aralashmasining zichligi, kg/m3;
– tarnovni to‘ldirish koeffitsienti(=0,4-0,6);
m – suvni sarflash karraligi (m=4-6);
n – mahsulotni transportyorga uzatish notekislik koeffitsienti (n-0,75-1,5).
Gidravlik transportyor nishablik bilan quriladi, burilishda yumaloqlanish radiusi 3 m dan kam bo‘lmasligi kerak. Gidrotransportyor tubi va yuvish mashinasida suv sathining orasidagi masofa 0,2 m dan kam bo‘lmasligi kerak.
Gidrotransportyorlarda suv ko‘p miqdorda sarflanadi. Suv sarfini kamaytirish maqsadida yuvish mashinalaridan chiqadigan suvlarni takroriy ishlatish mumkin.
Dostları ilə paylaş: |