Qishloq xo‘jalik mahsulotlarini qayta ishlash va saqlash jihozlari



Yüklə 1,82 Mb.
səhifə1/37
tarix03.06.2023
ölçüsü1,82 Mb.
#127725
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   37
amaliy mashg\'lutlarga uslubiy qo‘llanma


Ergasheva Z.I., Samandarov D.I. “Qishloq xo‘jalik mahsulotlarini qayta ishlash va saqlash jihozlari”. Amaliy mashg‘ulotlarga uslubiy ko‘rsatmalar. – Toshkent, ToshDTU, 2023. – 00 b.
Uslubiy koʻrsatmalarda «Qishloq xo‘jalik mahsulotlarini qayta ishlash va saqlash jihozlari» kursi boʻyicha amaliy mashg‘ulotlarning nazariy asoslari, bajarilish tartibi hamda hisobotning mazmuni toʻg‘risida ma’lumotlar bayon etilgan.
Ushbu uslubiy ko‘rsatmalar 60720700 – “Texnologik mashinalar va jihozlar (oziq-ovqat sanoati mashina va jihozlari)” yoʻnalishi talabalari uchun moʻljallangan.
Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti ilmiy-uslubiy kengashining qarori bilan nashr etilgan (23.02.2022 yil, 6-sonli bayonnoma)

Taqrizchilar:

Jumayev B.M. - (TKTI) PhD.;
Dadayev G‘.T. - (TDTU) PhD.

KIRISH
Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini saqlash va qayta ishlash korxonalarida olib borilayotgan ishlardan asosiy maqsad respublikamizda yetishtirilayotgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini o‘z vaqtida yig‘ib-terib, nes-nobud qilmasdan saqlash, ularni qayta ishlab, aholi jon boshiga oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmini rivojlangan davlatlar darajasiga olib chiqishga qaratilgan.
“Qishloq xo‘jalik mahsulotlarini qayta ishlash va saqlash jihozlari” fanining asosiy maqsadi mavjud muammolarni o‘rganish va eng optimal texnologiyani taqdim qilishdan iboratdir. Bu kursda talabalar qishloq xo‘jalik mahsulotlarini qayta ishlashning sohalari bilan yaqindan tanishib, yangi bilim va ko‘nikmaga ega bo‘ladilar.
Hozirgi davrning muhandislari oziq-ovqat sanoati texnologiyalari bilan yaqindan tanishib, sanoatda qo‘llaniladigan mashina jihozlarini loyihalashtirmoqdalar. Fanning yana muhim vazifalaridan biri shundaki, jarayonga va texnologiyaga qarab jihoz tanlay olishni va loyihalashni o‘rganishdan iborat.

AMALIY MASHGʻULOTLARNI TASHKIL ETISH VA BAJARISH BO‘YICHA UMUMIY KO‘RSATMALAR


Har bir amaliy mashg‘ulotning maqsadi, kerakli asbob va jihozlar, nazariy ma’lumotlar, ishni bajarish tartibi va ish bo‘yicha hisobotlar belgilangan hamda ma’ruza mazmunidan kelib chiqqan holda talabalar amaliy mashgʻulotini bajarganlaridan so‘ng javob berishlari lozim bo‘lgan nazorat savollari berilgan.

Yüklə 1,82 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   37




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin