Qishloq xo‘jalik mahsulotlarini qayta ishlash va saqlash jihozlari



Yüklə 1,82 Mb.
səhifə15/37
tarix03.06.2023
ölçüsü1,82 Mb.
#127725
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   37
amaliy mashg\'lutlarga uslubiy qo‘llanma

18-rasm. Separator ZSM-50.
1-qabul qilish kamerasi, 2-shnek, 3,10-birinchi va ikkinchi shamollatish kanallari, 4,11-cho‘ktirish kamerasi, 5-elak, 6,8-aralashmalar uchun lotok, 7,9-elaklar, 12-podsev uchun kanal.
Elektromagnit separator: Separator tasmali konveyerlarda 2 m/soniya tezlikda o‘tayotgan urug‘lardagi ferromagnit zarrachalarini yo‘qotish uchun qo‘llaniladi. Separator to‘siqga yaqin ikkita trosda osiladi va tasmali konveyerning yuqorigi ishchi shoxlangan joyida 160 mm masofada joylashtiriladi. Konveyer uzatmasi separator magnitlarini doimiy oziqlantiruvchi manbai bilan bloklangan bo‘lishi kerak (doimiy tok uzatish tugatilganda konveyerning to‘xtashini ta’minlash uchun).
Jadval 1
Elektromagnit separator texnik tavsifi

Unumdorligi (kungaboqar urug‘lari bo‘yicha), t/soat

10,5

Konveyer tasmasining kengligi, mm

650-1000

Ishlash quvvati, kVt

3,5

Magnit maydon kuchlanishi, A/m

3300

Og‘irligi, kg

1500

Pnevmatik tozalagich: Paxta urug‘larini momiq, chang va puch urug‘lardan butunlay tozalash uchun qo‘llaniladi. Tozalagich 10 ayl./daq. chastota bilan aylanadigan shiber bilan boshqariluvchi oziqlantirgich, bir daqiqada 270 chastota tebranish bilan tebranadigan elakli rama, ventilator, pastki kamera va aylanish chastotasi 35 ayl./daq. bo‘lgan uzatkichdan iborat. Elakli rama 120 burchak ostida gorizontal joylashadi, u korpusga tyagalar bilan osiladi. Elak ramaning teshiklari oval bo‘lib, eni 3-4 mm uzunligi 12-15 mm ni tashkil etadi.
Og‘irligi katta bo‘lgan chiqindilar havo oqimi bilan o‘tmaydi, shuning uchun tozalagich tagidagi chiqindilar uchun shnek biriktiriladi. Chang va yengil aralashmalar havo oqimi vositasida ventilator orqali o‘tib, siklonda cho‘kadi. Mashinaning unumdorligi 120 t urug‘/kun.

Yüklə 1,82 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   37




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin