Qishloq xo‘jalik mahsulotlarini qayta ishlash va saqlash jihozlari



Yüklə 1,82 Mb.
səhifə16/37
tarix03.06.2023
ölçüsü1,82 Mb.
#127725
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   37
amaliy mashg\'lutlarga uslubiy qo‘llanma

USM urug‘ tozalagichi. Mazkur qurilma ikkita tozalash mashinalari: burat va pnevmatik tozalagichning o‘rnini bosadi. O‘zaro uchta asosiy qismdan iborat: oziqlantirgich, cho‘ktirish kamerasi va inersion separator. Bu barcha qismlar ketma-ket havo uzatgich bilan birikadi.
Havo o‘tkazichda urug‘lar va yengil aralashmalarni havo oqimi olib ketadi, og‘ir aralashmalar – tosh, metall zarrachalari va boshqalar pastga tushadi. Urug‘lar yengil aralashmalar bilan havo uzatgichdan cho‘ktirish kamerasiga o‘tadi va bu yerda tozalangan urug‘lar cho‘ktiriladi. Urug‘lar cho‘ktirish kamerasining pastki vakuum klapani orqali qayta ishlashga beriladi. Momiq, iflos aralashmalar va puch urug‘lar havo oqimi bilan kameradagi boshqariladigan to‘siq yonidan o‘tadi va inersion separatorga kelib tushadi, urug‘lar cho‘ktirilib klapan orqali chiqarib yuboriladi. Momiq va yengil aralashmalar ventilator bilan so‘rib olinadi va cho‘ktiruvchi siklonga beriladi.
Ish bo‘yicha hisobot:
Topshiriq. Jadvalni to‘ldiring.

Qurilma nomi

Ishlatilish sohasi

Separator ZSM-50




Elektromagnit separator




Pnevmatik tozalagich






Nazorat savollari:
1. Separator qanday qurilma?
2. Separatorning ishlash prinsipini tushuntiring.
3. Yog‘li urug‘larni (paxta chigitidan tashqari) mineral va organik qo‘shimchalar va ferromagnit aralashmalardan tozalash uchun qanday turdagi separatorlar qo‘llaniladi?

6 – AMALIY MASHG‘ULOT
XOM ASHYONI PO‘STIDAN TOZALASH, KESISH VA MAYDALASH MASHINALARI O‘RGANISH.

Yüklə 1,82 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   37




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin