Amaliy mashgʻulotlarni bajarishga tayyorgarlik Har bir amaliy mashgʻulotning bajarilishi bir-biri bilan chambarchas bog‘liq bo‘lgan to‘rtta mustaqil bosqichdan iborat.
1. Talabalarni amaliy mashgʻulotlariga mustaqil tayyorlash. Buning uchun ushbu ishni bajarish tartibini o‘rganish, materialning nazariy ma’lumotlarini takrorlash va amalga oshirilgan ishlar bo‘yicha adabiy manbalar bilan tanishish kerak.
2. Kirish nazorati. Bir nechta talabalardan amaliy mashgʻulot mavzusi bo‘yicha savol-javob o‘tkazish orqali guruhning ushbu ishni bajarish uchun tayyorgarligi tekshiriladi hamda ishning maqsadi va bajarish tartibi belgilanadi.
3. Amaliy mashgʻulotni bajarish va hisobotni rasmiylashtirish.
4. Hisobotni himoya qilish.
Talabalar tomonidan ma’lum darajada mustaqil tayyorgarlikni bajarmaganligi yoki berilgan topshiriqni sifatsiz bajarganligi va xavfsizlik qoidalariga rioya qilmaganligi ushbu amaliy mashgʻulotni qo‘shimcha dars sifatida qayta o‘tkazish uchun sabab bo‘lishi mumkin.
1 – AMALIY MASHG‘ULOT QISHLOQ XO‘JALIGI MAXSULOTLARINI QAYTA ISHLASH SANOATINING ASOSIY TEXNOLOGIK JARAYONLARINI O‘RGANISH. Ishning maqsadi: qishloq xo‘jaligi maxsulotlarini qayta ishlash sanoatining asosiy texnologik jarayonlarini o‘rganish ushbu ishning asosiy maqsadi hisoblanadi.
Kerakli asbob va jihozlar:Plakatlar, stendlar, videoproyektor.
Nazariy ma’lumotlar: Texnologik jarayonlarning asosiy guruhlari. Zamonaviy qayta ishlash korxonalari murakkab texnologik jarayonlarni bajaruvchi turli xil uskuna va jihozlar bilan ta’minlanadi. Ushbu bobda qayta ishlash sanoatining uskunalari va jihozlari hamda ushbu jarayonlarni bajarish uchun mo‘ljallangan uskunalarni hisoblash usullari ko‘rib chiqiladi. Texnologik jarayonlarni ikkita asosiy guruhlarga ajratish mumkin:
1. Asosiy – ko‘pgina ishlab chiqarish korxonalarida uchraydigan
2. Spetsefik – aynan shu ishlab chiqarish korxonasi uchun xos.
Jarayonlarni o‘tishini tavsiflovchi asosiy qonuniyatlariga bog‘liq holda bu jarayonlar quyidagi asosiy guruhlarga bo‘linadi: