28- Rasm. Vertikal avtoklavlar. Rotorli sterilizatorlar bir xil o‘lchamli tunuka idishlarni 1000С haroratda sterilizatsiya qilishga mo‘ljallanadi. Sterilizator harakatlanmaydigan gorizontal silindirdan iborat bo‘lib, uning ichida qirrali baraban aylanadi. Qirralar orasida bankalar joylashtiriladi. Baraban aylanganda bankalar o‘z o‘qi va baraban bilan aylanadi. Shu bilan birga, barabanning bir uchidan ikkinchi uchigacha harakatlanadi. Buning uchun silindirning ichki sirtida spiral shaklidagi yo‘naltiruvchi joylashtiriladi. Texnik tizimning ishlab chiqarish quvvatiga ko‘ra rotorli sterilizatorlar ikki korpusdan: sterilizator va sovitgich; uch korpusdan: qizdirgich, sterilizator va sovitgich; yoki to‘rt korpusdan iborat bo‘ladi. To‘rt korpusli qurilma qizdirgich, sterilizator va ikkita sovitgichdan tashkil topadi.
Qurilmalar atmosfera bosimida yoki undan yuqori bo‘lgan bosim ostida ishlashi mumkin. Bankalar zanjirli elevator yordamida qizdirgichga yuklanadi. Agar bosim atmosfera bosimidan yuqori bo‘lsa, bankalar germetik klapanlar orqali yuklanadi va tushiriladi (t=95-980С). Qizdirgichdan bankalar klapan orqali sterilizatorga tushadi va bug‘ bilan sterilizatsiya qilinadi. Sterilazatordan bankalar sovitgichga tushib, 30-400C gacha sovuq suv bilan sovitiladi. Bankalar ezilmasligi uchun qizdirgich va sovitgichda siqilgan havo yordamida ortiqcha bosim hosil qilinadi.
Qurilmaning kamchiligi quyidagilardan iborat: sterilizatorda faqat bir xil o‘lchamli tunuka bankalarni sterilizatsiya qilish mumkin.
Meva va sabzavotlardan tayyorlangan sharbatlarni qadoqlashgacha psterizatsiyalash uchun plastinkali pasterizatorlar keng qo‘llaniladi. Ular bir biridan ishchi plastinkalar o‘lchamlari, kurilmaning shakli, isitish agentining xarakatlari bilan farq qiladi. Plastinkali pasterizatorlarda sharbatni xarakati buyicha quyidagi jarayonlar bo‘lib o‘tadi:
a) Keltirilayotgan sharbatni chiqib ketayotgan issik shatbat bilan kisman isitilishi (regeneratsiya seksiyasi) ;
b) sharbatni issik suv yoki suv bug bilan belgilangan xaroratgacha kizdirilishi (sharbatni pasterizatsiyalash seksiyasi);
v) isitilgan sharbatni belgilangan xaroratda ushlab turishi (ushlab turish seksiyasi);
g) chiqib ketayotgan sharbatni kirib kelayotgan sharbatga o‘z issiqligini uzatish (issiqlikni regeneratsiya qilish seksiyasi);
d) sharbatni sovuq suv bilan sovutish (sovutish seksiyasi);
e) sharbatni rassol bilan sovutish (rassol bilan sovutish).