Ish bo‘yicha hisobot: Topshiriq. Mustaqil ravishda gidravlik transportyorlarning ishlab chiqarish quvvati quyidagi formula asosida toping.
Nazorat savollari: Omboxonalar uchun qanday transport uskunalari zarur?
3 – AMALIY MASHG‘ULOT MEVA-SABZAVOTLARNI YUVISH MASHINLARINI O‘RGANISH. Ishning maqsadi: Meva-sabzavotlarni yuvish jarayoni va mashinlarinining konstruksiyasi, ishlash prinsipini o‘rganish.
Kerakli asbob va jihozlar: Plakatlar, stendlar, videoproyektor, qurilma maketlari.
Nazariy ma’lumotlar: Yuvish mashinalarining tasnifi. Yuvish mashinalar xam ashyo va idishlarni yuvadiganlarga bo‘linadi:
1. Xom ashyoni yuvadigan mashinalar shprislab yuvadigan; ivitib yuvadigan; ivitib va shprislab yuvadigan bo‘ladi. Bunday yuvish mashinalari bir necha turlarga bo‘linadi: tasmali, barabanli, silkitadigan, ventilatorli, cho‘tkali, elevatorli, kurakli, flotatsion; mukammallashtirilgan: gravitatsion-barabanli, bir qatorli va ko‘p qatorli va boshqalar.
2. Idishlarni yuvish uchun shprislab yuvadigan va ivitib yuvadigan mashinalar ishlab chiqariladi. Ular idishlarni yuvadi, bug‘ bilan qizdiradi, ularning tuzilishi bir qatorli va ko‘p qatorli, aylanma va vannali bo‘ladi.
Yuvish mashinalariga quyidagi texnologik talablar qo‘yiladi: ishning universalligi, yuviladigan ob’ektlarning tozaligi, suv va energiyani kam miqdorda sarflashi, xom ashyo va idishlarni buzmasligi va sindirmasligi, yuklash va tushirishning mexanizatsiyalashganligi, oddiyligi, xavfsizligi va hokazo.
Silkitib yuvadigan mashinalar.Silkitib yuvadigan mashinalarda (F9-KM2S) meva-sabzavotlar, rezavor mevalar, dukkakli mevalar yuviladi. Mashina quyidagicha ishlaydi. Xom ashyo dastlab bunkerga (5), keyin silkinadigan elakga (4) tushadi. Xom ashyo miqdori zadvijka (3) yordamida boshqariladi. Elak nishablik bilan joylashganligi sababli, xom ashyo jadal aralashadi va nishablik tomonga harkatlanadi. Elak ustida joylashgan kollektordan (7) suv oqib turadi, ifloslangan suvlar tog‘oraga (12) yig‘iladi va oqavaga yuboriladi (7-rasm).