Qizil kitobi



Yüklə 0,74 Mb.
səhifə2/11
tarix15.10.2023
ölçüsü0,74 Mb.
#130211
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Qizil-kitobi-fayllar.org

Ishning vazifalari: Qizil kitobdagi osimliklarni o’rganish ularni asrab avaylash va shu qatorda ularni ko’paytirib kelasi avlodga yetkazish. Adabiyotlar sharhi.
  • Har qanday tabiiy fanlar qatori botanika fani ham jamiyatning talablari bilan bog'liq holda rivojlangan. Shuning uchun o'simliklarni o'rganish tarixi uzoq o'tmishga borib taqaladi. Dastlab o'simliklar faqat oziq-ovqat mahsuloti sifatida ishlatilgan. Arxeologik ma'lumotlarga ko'ra, Misrda dorivor, oziq-ovqat va boshqa foydali o'simliklardan eramizdan awalgi 2000-3000- yillarda foydalanilgan. Botanika fanining rivojlanishida dorishunoslarning roli benihoya katta bo'lgan. Dorivor o'simliklarni ilmiy asosda o'rganishga Gippokrat, kcyinroq Aristotel, Dioskorid, Pliniylar katta hissa qo'shishgan.
    • xvii.
    • asrning o'rtalarida R.Guk (1635—1703) tomonidan hujayraning kashf ctilishi o'simliklarning ichki tuzilishi (anatomiyasi)ni o'rganishga qo'shilgan katta hissa bo'ldi.
    • xviii.
    • asrda botaniklarning e'tibori o'simlik turlarini o'rganishga va ularning tizimini ishlab chiqishga qaratiladi. Bu borada shvcd tabiatshunosi Karl Linney olib borgan ishlar diqqatga sazovordir. U ko'plab yangi tur va turkumlar kashf etish bilan bir qatorda, shu davr uchun ma'lum bo'lgan barcha o'simlik turlarini 24 ta sinfga birlashtirdi. Shuningdek, u o'simliklarni qo'sh nom (binar) bilan, ya'ni turni turkumga qo'shib nomlashni taklif qildi.
    • XX asrga kclib botanika sohasida katta kashfiyotlar qilindi. Botanika fan sifatida shakllanib, uning juda ko'p bo'limlari ajralib chiqdi. Bularga morfologiya, sistematika, anatomiya, sitologiya, gistologiya, embriologiya, fiziologiya, gcobotanika, paleobotanika, ekologiya, o'simliklar geografiyasi va boshqalar kiradi.
    • O'rta Osiyo hududida ham tabiiy o'simliklarni o'rganish qadim zamonlardan boshlangan. O'rta Osiyo, shu jumladan hozirgi O'zbekiston o'simliklariga oid ma'lumotlarni bundan bir necha yuz yillar ilgari yashagan mashhur allomalarimizning asarlarida uchratamiz. Masalan, Abu Rayhon Beruniy (973—1048) tabobatga bag'ishlangan „Kitob as-Saydana fit-tibb" nomli asarida diyorimizda o'sadigan juda ko'p dorivor o'simliklar haqida ma'lumotlar bergan. Abu Ali ibn Sino (980—1037) „Tib qonunlari" va „Kitob ush-shifo" nomli asarlarida O'rta Osiyoda o'sadigan ko'pgina dorivor o'simliklarni aniq tavsiflab, ularning shifobaxsh xususiyatlarini to'liq ko'rsatgan. IX asrda yashagan Mahmud Qoshg'ariyning „Devonu lug'atit turk" nomli kitobida ham qadimgi Turkiston hududida uchraydigan 200 ga yaqin o'simlik turlari haqida qimmatli ma'lumotlar berilgan.
    • Ilmiy faoliyatining asosiy qismini Turkiston florasini o'rganishga bag'ishlagan rus olimi B.A. Fcdchenko (1872—1947) onasi O.A.Fedchenko bilan birgalikda 1906-1916- yillar mobaynida „Turkiston florasining ro'yxati" deb nomlangan ko'p qismli kitobini chop etgan va unda Turkiston hududida 4111 tur o'simlik borligini ko'rsatgan.
    • O'rta Osiyoda, jumladan O'zbekistonda tarqalgan o'simliklarni ilmiy asosda har tomonlama o'rganish o'tgan asrning 20-yillaridan boshlangan.
    • 1920-yillarda O'rta Osiyo Davlat univcrsitcti (hozirgi O'zbckiston Milliy universitcti) va 1940-yillarda O'zbckiston Fanlar akademiyasi va uning tarkibida Botanika institutining tashkil etilishi O'zbekistonda botanika fanining har tomonlama rivojlanishiga asos bo'ldi. O'zbckiston botaniklarining O'rta Osiyo bo'ylab uyushtirilgan ckspeditsiyalari mobaynida ko'plab gerbariylar (o'simliklar kolleksiyasi) to'plandi. Bu bebaho kolleksiya asosida Botanika institutida (hozirgi „Botanika" ilmiy ishlab chiqarish markazi—O'zR FA „Botanika IIChM) „O'zbckiston markaziy gerbariysi" tashkil etildi. Ayni vaqtda bu gerbariyda 1 million 400 mingdan ko'proq 10000 dan ortiq turlarga mansub o'simlik nusxalari saqlanadi. Mana shu o'simlik nusxalarini o'rganish va tabiatda olib borilgan kuzatishlar asosida 1941 — 1962- yillarda 6 tomli „O'zbckiston florasi" kitobi nashr etildi. Natijada respublikamizda 4500 ga yaqin o'simlik turlari borligi aniqlandi. 1963—1993- yillarda O'zbckiston botaniklari tomonidan 10 tomli „O'rta Osiyo o'simliklari aniqlagichi" yozib tugallandi. Bu yirik ilmiy ish orqali O'rta Osiyo hududida 8097 nomdagi yuksak o'simlik turlari borligi aniqlandi.
    • Mashhur olimlarimizdan akad. Q.Z.Zokirov (1903—1992) „Zarafshon daryosi havzasining o'simliklari" (2 tomli), akad. Y.P.Korovin „O'rta Osiyo va Janubiy Qozog'iston o'simliklari qoplami" (2 tomli), prof. I.I.Granitov „G'arbiy-Janubiy Qizilqum o'simliklari qoplami" (2 tomli), prof. M.M.Arifxonova „Farg'ona vodiysi o'simliklari" (2 tomli) nomli asarlari bilan O'rta Osiyoda botanika fanining taraqqiyotiga ulkan hissa qo'shdilar.
    • Mashhur botanik olim P.A.Baranov (1882—1962) O'zbekistonda o'simliklar anatomiyasi va cmbriologiyasi ilmini, akad. J.K.Saidov (1909— 1999) csa o'simliklar anatomiyasi, morfologiyasi va fiziologiyasi ilmini rivojlantirishga salmoqli hissa qo'shdilar.
    • Akad. A.M.Muzaffarov (1909—1997) O'zbckiston tuban o'simliklarini o'rganish va ulardan xalq xo'jaligida foydalanishni ilmiy jihatdan asoslab berdi.
    • Akad. F.N.Rusanov rahbarligida Botanika bog'ida chct cllardan olib kclingan o'simliklarni o'rganish bo'yicha juda kalta ishlar qilinmoqda.
    • „Botanika" IIChM xodimlari tomonidan botanika ianining turli sohalari bo'yicha ko'plab monografiya va to'plamlar yaratildi. Bular orasida 4 tomli „O'zbckiston o'simliklari qoplami va ulardan oqilona foydalanish", „O'zbckiston paleobotanikasi", O'zbckiston Rcspub- likasining „Qizil kitob"i kabi yirik asarlar bor.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




    Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
    rəhbərliyinə müraciət

    gir | qeydiyyatdan keç
        Ana səhifə


    yükləyin