Qizil kitobi


”QIZIL KITOB’GA KIRITILGAN O’SIMLIKLAR



Yüklə 0,74 Mb.
səhifə4/11
tarix15.10.2023
ölçüsü0,74 Mb.
#130211
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Qizil-kitobi-fayllar.org

2.”QIZIL KITOB’GA KIRITILGAN O’SIMLIKLAR.
  • Tabiat — bitmas-tuganmas xazina. Uning sirlaridan voqif bo‘lishga intilayotgan odamzot uchun tabiat boyliklari azal-azaldan xizmat qilib keladi. Tabiiy resurslardan oqilona va ehtiyotkorona foydalanmaslik oqibatida o‘simlik va hayvonot dunyosidagi ayrim turlar yo‘qolib ketayotganligidan ko‘z yumolmaymiz.
  • Sanoat tarmoqlari va qishloq xo‘jaligining jadal sur’atlar bilan rivojlanib borishi hamda tabiiy maydonlarning keng miqyosda o‘zlashtirilishi ekologik muvozanatning buzilishiga olib kelmoqdaki, buning asosiy salbiy oqibati o‘simlik va hayvon turlarining kamayishida ko‘rinadi. Ana shu xavfdan keng jamoatchilikni ogoh etish, mumkin qadar kamayib ketayotgan turlarni saqlab qolish, ularni ko paytirish maqsadida mutaxassis olimlar O‘zbekiston Respublikasining «Qizil kitob»ini uch marta nashr ettirishdi.
  • «Qizil kitob» yo‘qolib borayotgan yoki yo‘qolish xavfi ostida turgan noyob o‘simlik va hayvon turlarini qayd etuvchi davlat miqyosidagi hujjat hisoblanadi. Unda kamyob o‘simlik va hayvonla tarqalish hudud (areal)lari, kamayish sabablari ko rsatilib, ularni tezlikda muhofaza qilish uchun tavsiyalar beriladi. Ushbu kitobga kirgan flora va fauna turlari o‘zining tabiatda saqlanish darajasiga qarab uchta guruhga bo linadi: mutlaqo yo‘qolish arafasidagi turlar, yo‘qolish xavfi ostidagi turlar, bevosita yo‘qolish xavfi bo‘lmasa-da, kichik maydonlarda kamdan kam saqlanib qolgan nodir turlar.
  • «Qizil kitob»ning birinchi nashri 1983 yili bosilgan bo'lib, unda kamayib ketgan umurtqali hayvonlar
  • (1 -jild) jamlangan. Noyob o'simliklarga bag'ishlangan (2-jild) nashri esa 1984 yili chop etilgan. Birinchi jildga yurtimizda hayot kechirayotgan 650dan ortiq umurtqali hayvon turlaridan 63tasi kiritilgan. O'zbekiston florasida 4500ga yaqin turning 163tasi birinchi nashrdan o‘rin olgan. O'simlik turlarining ko'plab yo'qolib ketishi flora olamidagi genofondning kamayishiga sabab bo'ladi. Har qanday turning yo qolishi tiklab bo'lmaydigan oqibatlarga olib keladi, binobarin, yovvoyi o'simliklar qishloq xo'jaligida ekiladigan madaniy navlardan hosil olishda juda katta rol o'ynaydi. Ular orasida jiddiy muhofazaga muhtoj ko'pgina kamyob, endem va relikt turlar ham bor. Bunday turlar 400dan ortiq bo'lib, ular O'zbekiston florasining 10—12 foizini tashkil etadi. Tabiatga, o'simliklar dunyosiga nisbatan noto‘g‘ri munosabatda bo'lishga chek qo'yish, tabiat boyliklarini muhofaza qilish va ko paytirish barchamizning asosiy burchimizdir. Keyingi yillarda olib borilgan izlanishlar o'lkamiz florasidan yana 138ta o'simlik turini «Qizil kitob»ga kiritish lozimligini ko'rsatmoqda. Xususan, dunyoga dong'i ketgan lola, sallagullilar, qimmatbaho o'simlik — yetmak, shirach turlari, dorivor o'simlik — bozulbog, oziq-ovqat sanoatida ishlatiladigan anzur va piskom piyozlari butunlay kamayib ketdi. Bir qancha turlar yo'qolib ketish holatiga kelib qoldi. «Qizil kitob»ning so'nggi nashri 2006 yili chop etilgan bo'lib, baliqlarning 17 turi (kenja turlari bilan 18ta), sudralib yuruvchilarning 16 turi, qushlarning 48 turi (kenja turlari bilan 51ta), sutemizuvchilarning 23 turi (kenja turlari bilan 24ta) undan o'rin olgan. Solishtirilganda, 2003 yildagi
    • nashrda umurtqali va umurtqasiz hayvon turlari 177ta tur va 7ta kenja turni tashkil qilgan. Demak, o‘tgan uch yil mobaynida kamayib ketayotgan turlar soni ko‘paygan.
    • Kitobning oldingi avlodlaridan farqi shundaki, har bir turning qaysi toifaga mansubligi izohi bilan berilgan. Masalan, yo‘q bo‘lib ketganlari — EX, mamlakatda yo‘qolib ketganlari — EW, yo‘qolish xavfi ostida turganlari — EN belgilari bilan ko‘rsatilgan. Kitobda har bir tur uchun alohida sahifalar mavjud bo‘lib, unda hayvon turlarining respublikamizda tarqalishi, yashash muhiti, tabiatdagi umumiy soni, ko‘payishi, tarqalish chegaralaridagi o‘zgarish sabablari, muhofaza qilish yo‘llari batafsil bayon etilgan.
    • O‘zbekistonda so‘nggi yillarda biologik xilma-xillikni saqlab qolish borasida bir qancha jiddiy tadbirlar amalga oshirilmoqda. Ularni yanada jadallashtirish, bu kamyob va yo‘q bo‘lib ketayotgan hayvonlar, o‘simliklar muhofazasini kuchaytirishga hamda sonini tiklashga xizmat qilishi kerak. Respublikamizda tashkil etilgan oltita tog‘ (Hisor, Zomin, Kitob, Nurota, Surxon, Chotqol), uchta cho‘l-to‘qay (Qizilqum, Baday-To‘qay, Zarafshon) qo‘riqxonasi, ikkita milliy bog‘ (Zomin, Ugom-Chotqol), to‘qqizta buyurtmaxona (Arnasoy, Dengizko‘l, Qoraqir, Qorako‘l, Qarnabcho‘l, Qo‘shrabot, Sayg‘oqli, Sarmish, Sudoche) va ikkita tabiiy yodgorlikdan (Vardonze, Yozyovon) iborat ekologik tarmoq hayvonot olamining kompleks muhofazasiga va uning resurs-laridan oqilona foydalanishga xizmat qilmoqda. Nafaqat respublikamizda, balki butun mintaqada yagona, kamyob hayvonlarni ko‘paytirish, ularni saqlash va reintroduktsiya qilish bilan shug‘ullanuvchi «Jayron» ekomarkazi ham alohida muhofaza qilinadigan hudud maqomiga ega.
    • Atrof-muhitni ekologik jihatdan sog‘lomlashtirish jarayonlarini uyg‘unlashtirish va biologik resurslarni muhofaza qilish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi tabiatni muhofaza kilish davlat qo‘mitasi va O‘zbekiston Fanlar akademiyasi boshqa tashkilotlar bilan hamkorlikda «Biologik xilma-xillikni saqlashning milliy strategiya-si va harakat rejasi»ni ishlab chiqish tashabbusini o‘z zimmasiga olgan. Ushbu hujjat Vazirlar Mahkamasi tomonidan ham ma’qullanib, o‘zbek, rus va ingliz tillarida chop etildi.
    • O‘zbekiston tabiatining rang-barangligi, uning hududida uchraydigan o‘simlik turlaridagi o‘ziga xoslik har qanday kishini hayratga soladi. O‘zbekiston «Qizil kitob»i esa kamayib borayotgan flora va fauna turlariga munosabatni o‘zgartirishda muhim ahamiyatga ega bo‘lmoqda. Zoologlar, o‘simlikshunos olimlar ushbu kitobning yangi nashrini tayyorlashga kirishganlar. Ushbu kitob materiallarini maktab, litsey, kollej o‘quvchilariga va oliy o‘quv yurtlari talabalariga tegishli fanlar orqali yetkazish pedagog-murabbiylarning asosiy vazifasi bo‘lsa, ayni muddaodir.
    • Biz tabiatdan o‘rganamiz va undan olgan saboq-larimizni boshqalarga o‘rgatamiz.Dard borki, o’simlik - giyohlarsiz yengib o’tish mushkul.
    • Shunday
    • noyob va shifobaxsh o‘simliklardan biri bu jenshendir.
    • Jenshen, ya’ni mehrigiyo bizga eramizdan oldingi I asrlardan beri ma’lum.
    • Rivoyat qilishlaricha, Chin Mochin (Xitoyda) Jen Shen ismli buyuk sarkarda o‘tgan.U Lyao ismli go‘zal singlisi bilan yashagan ekan. O‘sha davrda Xitoyga qarshi Son Shixo degan shaxs bosqinchilik urushla-rini olib boradi. Jen Shen va Lyao toq-qa ravona bo’lishadi va yo‘lda Son Shixoga duch kelishadi. Lyao butalar orasiga berkinadi.Jen Shen esa Son Shixo bilan jangga kirishadi. Jen Shen Son Shixoni yengishiga ozgina qolganda, Lyao oyoqlari ostida o‘rmalashib turgan ilon-ni ko‘rib qoladi va baqirib yuboradi. U-ning ovozini eshit-gan Jen Shen singlisi tomon qaraganda, orqasidan Son Shixo xanjar uradi. Yerga yiqilgan Jen Shen jon beradi. Uning tepasida turgan singlisi Lyao-ning achchiq ko‘z yoshlari Jen Shenning sovib borayotgan vujudi uzra to‘kiladi va u g‘aroyib, sehrli mehrigiyo - Jenshenga aylanib qoladi. Shuning uchun ham Jenshen ildizi odam tanasiga o‘xshaydi deyishadi. Xitoyliklar jenshenni «pantsey» ham deb atashadi. Forishlik tabiblarning e’tiroficha, mehrigiyo faqat ko‘ngli pok insonlargagina uchrarkan. Jenshen tunda nur sochib turarkan. Agar ana shu payt uni kov-lab olish-sa, bedavo dardlarga ham shifo bo‘lar ekan.
    • Bu kabi afsonalar odamlarni vasvasaga solib qo’ygan.Jenshenni topgan tabib tizzasi bilan cho‘kkalab sehrli duoni o‘qiydi.Uning atrofini yaxshilab o‘rganib, suyakdan yasalgan maxsus belkurakda juda ehtiyotkorlik bilan kovlab olib, tuzi-lishiga, ildiziga e’tibor beradi. Ildiz shakli odam qiyofasiga o‘xshash bo‘lsa, bu o‘simlikni g‘oyibdan kelgan kuchlar yaratgan deb hisoblab, juda qadrlashgan. Hozirgi vaqtda ham ayrim Xitoy tabiblari aynan shunday deb hisoblaydilar.
    • Aytishlaricha, o‘zimizning forishlik tabiblar mehrigiyo o‘simligini maxsus o‘rgatilgan kuchuklar yordamida kovlab olishar ekan.Forishda yashovchi mahalliy aholi ham mehrigiyoning sehrli kuchiga isho-nadi. Mehrigiyo ruhiy va jismoniy toliqishda, zaiflikni oldini olishda, balg‘am yig‘ilishi va ko‘chishiga, ovqat hazmini yaxshilashga, yurak va o‘pka faoliyatini yo’lga solishga, tan va ruhni baquvvat qilishga, ko‘rish qobiliyatidagi kamchiliklarni bartaraf etishga yordam beradi.
    • Zamonaviy tibbiyot jenshenga nospetsifik dori - ya’ni butun organizmni davolovchi o‘simlik sifatida qaraydi. Uni damlama, qaynatma shaklida organizm o‘ta charchaganda, kamqonlikda, mehnat qobiliyati pasayganda, diabet, sil kabi kasalliklarda, organizm zaiflashganda, tez charchash, toliqish kabi holatlarda, yurak-qon tomir kasalliklarida keng qollashadi.
    • Mehrigiyo ko‘p yillik afsonaviy o simlik hisoblanadi. Million yillar ilgari neogen va paleogen davrlarida ham bu o simlik o‘sgan degan taxminlar mavjud. Hozir mehrigiyoni Tyonshon, Pomir, Nurota tog‘larida uchratish mumkin.Farmatsevtika sanoati rivojlangan ayrim davlatlarda mehrigiyo madaniy holda o’stiriladi.Bundan ming yillar ilgari Koreyada ilk jenshen plantatsiyasi barpo etilgan. Xitoyda XVII asrdan, Yaponiyada XIX asrdan, AQSHda esa XIX asrning o‘rtalaridan boshlab mehrigiyo o‘stirila boshlandi. Koreya hozirgacha jahon bozorini jenshen bilan ta’minlovchi asosiy davlat bolib qolmoqda.
    • Tabiatning o‘zi sehrgar. Uning qudrati esa biz uni asrashimizdadir!
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




    Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
    rəhbərliyinə müraciət

    gir | qeydiyyatdan keç
        Ana səhifə


    yükləyin