Qoidalari I. Asosiy qoidalar



Yüklə 63,38 Kb.
səhifə1/8
tarix02.12.2023
ölçüsü63,38 Kb.
#137530
  1   2   3   4   5   6   7   8
Ichki mehnat tartib qoidalari


ICHKI MEHNAT TARTIBI
QOIDALARI
I. Asosiy qoidalar

  1. «Navoiy kon-metallurgiya kombinati» Davlat korxonasi (keyinchalik matnda NKMK, kombinat, Navoiy kon-metallurgiya kombinati deb yuritiladi) xodimlarining mehnatga oid munosabatlari mehnat haqidagi qonunchilik, jamoa shartnomasi, buyruqlar, yuriqnomalar va boshqa muayyan me’yoriy hujjatlar bilan tartibga solinadi.

  2. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 37-moddasiga muvofiq, har bir shaxs mehnat qilish, erkin kasb (ish) tanlash, adolatli mehnat sharoitlarida ishlash va qonunda ko‘rsatilgan tartibda ishsizlikdan himoyalanish huquqiga egadir.

Har bir xodim:

  • o‘z mehnati uchun qonun hujjatlarida belgilangan eng kam oylik ish haqidan oz bo‘lmagan miqdorda haq olish;

  • muddatlari chegarasi belgilangan ish vaqtini o‘rnatish, bir qa­tor kasblar va ishlar uchun ish kunini qisqartirish, xar haftalik dam olish kunlari, bayram kunlari, shuningdek, haq to‘lanadigan yillik ta’tillar berish orqali ta’minlanadigan dam olish;

  • xavfsizlik va gigiena talablariga javob beradigan sharoitlarda mehnat qilish;

  • kasbga tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish;

  • ish bilan bog‘liq holda sog‘ligiga yoki mol-mulkiga etkazilgan zararning o‘rnini qoplash;

  • kasaba uyushmalariga hamda xodimlar va mehnat jamoalarining manfaatlarini ifoda etuvchi boshqa tashkilotlarga birlashish;

  • qariganda, mehnat qobiliyatini yo‘qotganda, boquvchisidan mahrum bo‘lganda va qonunda nazarda tutilgan boshqa hollarda ijtimoiy ta’minot olish;

  • o‘zining mehnat huquqlarini himoya qilish, shu jumladan sud orqali himoya qilish va malakali yuridik yordam olish;

  • jamoalarga doir va yakka mehnat nizolarida o‘z manfaatlarini quvvatlash;

  • jamoa shartnomasida nazarda tutilgan boshqa ijtimoiy sharoitlarga ega bo‘lish huquqiga egadir.

  1. Ushbu ichki mehnat tartibi Qoidalari NKMKning barcha xodimlariga taalluqli bo‘lib, mehnat intizomini mustahkamlash, ish vaqtidan oqilona foydalanish, ishning yuqori sifatiga erishish, shuningdek, xodimlarning qonuniy huquqlari va manfaatlarini himoya qilish va ta’minlashga ko‘maklashish maqsadini nazarda tutadi.

  2. Ichki mehnat tartibi Qoidalarini tatbiq qilish bilan bog‘liq masalalarni o‘z huquqlari doirasida ish beruvchi hal qiladi, amaldagi qonunchilikda nazarda tutilgan hollarda esa kasaba uyushmalari bilan birgalikda yoki uning roziligi bilan hal qiladi.


Yüklə 63,38 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin