VI. Mehnat uchun rag‘batlantirishlar 31. Ishlab chiqarishning yuqori ko‘rsatkichlarini ta’minlash borasidagi xodimlarning mehnatdagi alohida xizmatlari, ijodkorligi va ishdagi boshqa yutuqlari uchun ularning manfaatdorligini oshirish maqsadida, qo‘yidagi rag‘batlantirish choralari qo‘llaniladi:
Faxriy yorliq bilan taqdirlanadi va O‘zbekiston Respublikasida belgilangan eng kam ish haqining bir barobari miqdoridagi pul mukofoti beriladi;
sohaviy «Konchilik shuhrati» ko‘krak nishonining uch darajasi bilan taqdirlanadi va O‘zbekiston Respublikasida belgilangan eng kam ish haqining 2, 3, 5 barobari miqdorida pul mukofoti beriladi (nizomga muvofiq);
«NKMK faxriysi» unvoni bilan taqdirlanadi va O‘zbekiston Respublikasida belgilangan eng kam ish haqining uch barobari miqdorida pul mukofoti beriladi (Nizomga muvofiq).
Rag‘batlantirishlar ish beruvchining buyrug‘i bilan yoki ish beruvchi bilan kasaba uyushmasi organlarining qo‘shma qarori asosida e’lon qilinadi, jamoa e’tiboriga etkaziladi.
Xodimlar mexnat sohasida davlat va jamiyat oldidagi alohida xizmatlari uchun davlat mukofotlariga taqdim etilishi mumkin.
VII. Mehnat intizomini buzganlik uchun javobgarlik 32. Xodimning aybi bilan mehnat vazifalarini bajarmaslik yoki yetarli darajada bajarmaslik lokal me’yoriy hujjatlarda belgilangan intizomiy jazo va boshqa choralarni qo‘llashga olib keladi.
Xodimga Mehnat intizomini buzganligi uchun ish beruvchi quyidagi intizomiy jazo choralarini qo‘llashga haqli:
a) hayfsan;
b) o‘rtacha oylik ish haqining 30 foizidan ortiq bo‘lmagan miqdorda jarima;
v) o‘rtacha oylik ish haqining 50 foizidan ortiq bo‘lmagan miqdorda jarima.
Ish haqining 50 foizidan ortiq bo‘lmagan miqdordagi jarima mehnat intizomini muntazam buzganligi; xodimning aybi bilan muhr, to‘rtburchak muhr, ruxsatnomani yo‘qotganligi; xodimning aybi bilan reja topshiriqlarining bajarilishi barbod bo‘lganligi; maxfiylik tartibi (rejim) va konfidensiallik, mehnat muhofazasi va xavfsizlik texnikasi talablarini buzganlik uchun, xodim tanishtirilgan mehnat muhofazasi yo‘riqnomalari bilan ko‘zda tutilgan individual himoya vositalaridan (maxsus kiyim, maxsus poyafzal va boshqa IHV) mehnat vazifalarini bajarayotgan vaqtda foydalanmaslik, 2- kichik bandda ko‘rsatilgan mehnat vazifalarini bir marta qo‘pol ravishda buzganlik uchun qo‘llaniladi;
g) mehnat shartnomasining bekor qilinishi (O‘zR MK 100-m., 3, 4-bandlari).
Ish beruvchining tashabbusi bilan mehnat shartnomasini bekor qilishga quyidagi sabablardan biri mavjud bo‘lgan hollarda yo‘l quyiladi:
1. Xodimning o‘z mehnat vazifalarini muntazam ravishda buzganligi.
1.1. Avval mehnat vazifalarini buzganligi uchun xodim intizomiy yoki moddiy javobgarlikka tortilgan yoxud unga nisbatan mehnat to‘g‘risidagi qonunlar va boshqa me’yoriy hujjatlarda nazarda tutilgan ta’sir choralari qo‘llanilgan kundan e’tiboran bir yil mobaynida xodim tomonidan takroran intizomga xilof nojo‘ya harakat sodir kilinishi mehnat vazifalarini muntazam ravishda buzish hisoblanadi.
2. Xodimning o‘z mehnat vazifalarini bir marta qo‘pol ravishda buzganligi. Mehnat shartnomasini bekor qilishga olib kelishi mumkin bo‘lgan mehnat vazifalarining bir marta qo‘pol ravishda buzilganligi deb quyidagi holatlar sanaladi:
Ish kuni (smena) davomida uzrli sabablarsiz, uzluksiz yoki qo‘shib hisoblaganda uch soatdan ortiq vaqt mobaynida ishda bo‘lmaslik.
Alkogol, narkotik va toksik moddalar ta’sirida, guvohlar ko‘rsatmalari yoki tibbiy xulosa va boshqa dalillar bilan tasdiqlangan mastlik darajasida ishga kelish.
Ish vaqtida ruxsat etilmagan ommaviy yig‘ilish, majlis, ko‘cha yurishlari va namoyishlarda qatnashganlik.