Qo’qon neftgaz parmalash ishlari


Quduqlarni qiyalash usullari



Yüklə 0,64 Mb.
səhifə3/10
tarix29.06.2022
ölçüsü0,64 Mb.
#117306
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
XISOBOT 6

Quduqlarni qiyalash usullari

Quduq tubi dvigatellari bilan quduqni qiyalatganda burg‘ini vertikal o‘qdan chetga chiqarish uchun maxsus og‘diruvchi asbob qo‘llaniladi. Og‘diruvchi asbob sifatida egilgan quvur, qiyshiq tayyorlangan perevodnik, ekstsentrik nippel ishlatiladi. Bu asboblar turbobur Yoki vint dvigatellari ustiga o‘rnatiladi. Shuning uchun bu yig‘indini quduq ichiga tushirilganda taranglik kuchi paydo bo‘ladi. Tarangilik kuchi burg‘ini vertikal o‘qdan chetga itaradi. Burg‘i quduqni egri profilda burg‘ilaydi. Hisobdagi egrilikka erishilgandan so‘ng quduq to‘g‘ri qiya yo‘nalishda burg‘ilanadi.




Qiya quduqni burg‘ilashning maqsadi

Qiya quduqlarni burg‘ilashning asosiy maqsadi quyidagilardan iborat:


1. Yer yuzidan vertikal quduqlarni burg‘ilash imkoni bo‘lmaganda;
2. Burg‘ilash quduq stvollari uzilma zonasidan mahsuldor gorizontlarga qarab og‘ganda;
3. Okean, dengiz, ko‘l, daryo, botqoqliklar tagida joylashgan mahsuldor qatlamlarni ochishda.
4. Quduq stvolllarini tuz gumbazi tagida joylashgan neft qatlamlariga yo‘naltirishda;
5. O‘pirilish zonasini chetlab o‘tish zaruriyati tug‘ilganda, hamda burg‘ilash eritmalarining fojiali yo‘qolishi sodir bo‘lganda;
6. Monoklinal turdagi tikkasiga yotgan qatlamlarni, shuningdek uzilma tagida yoki ikki parallel uzilma orasiga joylashgan neft va gaz qatlamlarini ochishda.
7. Quduq stvollarini o‘nqir-cho‘nqir relefli (jar, tepalik, tog‘li) joylar tagidagi mahsuldor qatlamlarga yo‘naltirishda;
8. Neft va gaz konlarining burg‘ilash vaqtini kamaytirish maqsadida to‘pli burg‘ilashda;
9. Halokatlarni tugatish imkoni bo‘lmaganda yangi stvollar o‘tish zaruriyati tug‘ilganda.
10. Yonayotgan favvoralarni o‘chirishda va ochiq otilishlari bartaraflashda.


Qiya quduqlarni burg‘ilash usullari va ularda qo‘llaniladigan qiyshaytirgich moslamalar

Qiya quduq burg‘ilashning ikki usuli mavjud:


1) Rotorli – rotorli burg‘ilashda quduqlarning qiyshayish jarayoni uzuk-uzuk holatda sodir bo‘ladi;
2) Turbinli – turbinli burg‘ilashda quduqlarning qiyshayish jarayoni uzluksiz ravishda namoyon bo‘ladi.
Burg‘ilash usullarining qanday bo‘lishidan qatiy nazar (rotorli va quduq tubi dvigateli) qiya quduq burg‘ilashning texnologiyasi quduq qiyshayishiga ta’sir qiluvchi geologik sharoitlardan hamda maxsus qiyshaytirigich moslamalaridan foydalanishga asoslangan.



Yüklə 0,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin