Qo’qon neftgaz parmalash ishlari


Turbinali usullar bilan quduq burg‘ilashda qo‘llaniladigan qiyshaytirgich moslamalar



Yüklə 0,64 Mb.
səhifə4/10
tarix29.06.2022
ölçüsü0,64 Mb.
#117306
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
XISOBOT 6

Turbinali usullar bilan quduq burg‘ilashda qo‘llaniladigan qiyshaytirgich moslamalar

Turboburli burg‘ilashda ham quduq stvolining vertikalga nisbatan qiyshayishi har xil konstruktsiyadagi qiyshaytirgichlar Yordamida aniqalanadi.


Odatda, qo‘llaniladigan komponovkalarning turlaridan qatiy nazar qiyshaytiruvchi moslamaning egilgan joyida elastik kuch sodir bo‘ladi.
Quduq qiyshayishining sur’ati qiyshaytiruvchi moslamaning konstruktsiyasiga, uning o‘rnatilgan joyiga, tog‘ jinslarining fizik-mexanik xossalariga va ularning yotish sharoitlariga, burg‘i, turbobur turlari bilan bog‘liq bo‘lgan burg‘ilash tartibiga (rejimi), elastik kuchlarning miqdoriga bog‘liq bo‘ladi.
Bundan tashqari quduq qiyshayishining sur’ati quduqning zenit burchagiga ham bog‘liq. Chunki, elastik kuch qancha kichik bo‘lsa quduqning qiyshayish burchagi vertikalga nisbatan Shuncha katta bo‘ladi.
Odatda, qiyshaytirgichlar turbobur bilan og‘irlashtiruvchi burg‘ilash quvurlar oralig‘iga o‘rnatiladi. Qiyshaytirgichlar burg‘ilash quduq stvolini 900 gacha qiyshaytirishi mumkin.
Ehtiyot qismlari (detallari) turbobur va egri o‘tkazgichdan tashkil topgan qiyshaytirgich – egri o‘tkazgich tagiga burg‘ilash quvurlari o‘rnatilgandan keyin qo‘llaniladi.
Egri quvur - bu ohiri (kamida 1,5 m) egilgan burg‘ilash quvuri yoki patrubka. Ular to‘g‘ridan-to‘g‘ri elektroburga ulanishga mo‘ljallangan.
Egri quvurning asosiy ishchi o‘lchami egri quvurning egiklik burchagi deb ataluvchi burchak hisoblanadi. Odatda, bu burchak egri quvurning A va B nuqtasi oralig‘ida Yotgan to‘g‘ri chiziq bo‘yicha uzunligi 1,5-3,0 metr bo‘lgan kanop ipni tortib o‘chashga asoslangan. Diametri 168 mm bo‘lgan egri quvurning ratsional egiklik buchagi 2,0-5,00 ni tashkil qiladi. Egri quvur Yordamida qiya quduqlarning 20-250 gacha bo‘lgan burchaklari aniqlanishi mumkin. Egri quvurlarning egiklik burchagining miqdori kern tekisligida namoyon bo‘ladi.
Egri o‘tkazgich - ulovchi kertik o‘qini kesib o‘tuvchi qalin devorli patrubok. Egri o‘tkazgich bilan ulash kertigi orasidagi burchak egiklik burchagi hisoblanadi. Bu burchak 0,5 dan 70 gacha bo‘lishi mumkin. Egri o‘tkazgich qisqa turbobur bilan birga qo‘llaniladi.
Metall plankali qiyshaytirgich - metall planka korpusidagi egri o‘tkazgich va turboburning bir-biri bilan birikuvi. Odatda metal planka balandligi burg‘i gabariti o‘lchamiga teng bo‘ladi.
Bir seksiyali turboburlardan foydalishda metal plankali qiyshaytirgichlar qiya quduqlarning katta burchak olishini ta’minlaydi.
Bu qiyshaytirgichlar egri o‘tkazgich ustiga kam mustahkam quvurlarni o‘rnatish talab qilinganda qo‘llaniladi.
Qiyshaytiruvchi moslamalar - asosan seksiyali turboburlardan foydalanishda qo‘llaniladi.
Seksiyali turboburlar bilan quduq burg‘ilashda turbobur seksiyalarining pastki va yuqorgi vallari va korpuslari 1,5-20 bo‘lgan burchaklarda ulanadi. Turboburning korpusi egri o‘tkazgich, vallari esa ulovchi mufta yordamida mustahkamlanadi.
OT va OTS qiyshaytirgichlar - turbobur nippeli va korpusi oralig‘iga o‘rnatiladigan qiyshaygan o‘tkazgichlardan tashkil topgan. Uning To-240, To-195, To-172, To-2sh-172, To-2sh-127, TR2SH-195To kabi turlari mavjud.
Yuqorida qayd etilgan konstruktsiyalardan faqat reduktorli qiyshaytirgich TR2SH-195To turi hozirgi kun talabiga javob beradi. U quvurli va shpindelli seksiyadan tashkil topgan. Bu seksiyalarning korpusi egri o‘tkazgich, vali esa mufta bilan ulangan. Quvurli seksiyada ko‘p qatorli planetar-fraktsion reduktor joylashgan. Har qaysi qator stator, rotor, uch shar va valdan tashkil topgan. Quvur seksiyasi vali mustaqil ilmoqga ega. Shpindel seksiyasi o‘q tayanchiga joylashgan. U asosan ko‘p qatorli radial-tayanch podshipnikdan va ko‘p qatorli rezinka-metalli salnikdan tashkil topgan.
Ekstsentrik nippel turdagi qiyshaytirgich metallik tayanch ko‘rinishda yasalgan bo‘lib turbobur nippeliga payvandlangan. U burg‘ilash quvurlar birikmasining tutilish havfi bo‘lmagan tog‘ jinslarini burg‘ilashda qo‘llaniladi. Quduq tubi dvigatellri bilan qiya quduqlarini burg‘ilashda dvigatel ustiga o‘rnatiladigan qiyshaytirgichlardan ham foydalaniladi.
Egiluvchan qiyshaytirgich – rezina ressorli metall plankadan tashkil topgan. Metall planka turbobur nippeliga payvandlangan. Bu qiyshaytirgichlar ekstsentrik nippeli qiyshaytirgichlardan foydalanish mumkin bo‘lmaganda qo‘llaniladi.



Yüklə 0,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin