Qo’qon neftgaz parmalash ishlari


Quduq tubi dvigatellari bilan burg‘ilashda quduqning qiyalik burchagini va azimutini



Yüklə 0,64 Mb.
səhifə6/10
tarix29.06.2022
ölçüsü0,64 Mb.
#117306
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
XISOBOT 6

Quduq tubi dvigatellari bilan burg‘ilashda quduqning qiyalik burchagini va azimutini
barqarorlashtirish uchun burg‘ilash quduqlar birikmasi tagini komponovkalash

Barqarorlashtirgich – burg‘i (quduq tubi dvigateli) sistemasining o‘rta qismiga o‘rnatilgan metalli yoki quduq tubi dvigatelidagi rezinali plankadan tashkil topgan. Bunda planka balandligini Shunday tanlash kerakki, quduq tubi dvigatelini qiya quduqga joylashtirishda, uning pastki devoriga burg‘i bosimi ta’sir qilmasligi kerak. Bu shartlarni bajarish uchun halqasimon plankaning diametri Shunday bo‘lish kerakki, quduqda qisilish sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan paytlarda burg‘ilash quvurlar birikmasi rotor yordamida sistematik ravishda aylantiriladi.


Rotorli burg‘ilash usulining barqarorlashtiruvchi komponovkalariga burg‘i, yarim o‘lchamli kengaytirgichlar, uzunligi 12 metr bo‘lgan og‘irlashtirilgan quvurlar, barqarorlashtiruvchi kengaytirgichlar kiradi.


Quduq tubi dvigatellari bilan burg‘ialshda quduning qiyalik
burchagini kamaytirish uchun burg‘ilash quvurlar birikmasi tagini komponovkalash

Quduqning qiyalik burchagini kamaytirishda oddiy (vertikal quduqlarni burg‘ilashda) va maxsus (qiya quduqlarni burg‘ilashda) quvurlar birikmasi tagi komponovkalarini qo‘llash mumkin.


Quduq tubi dvigatellari bilan burg‘ilashda quyidagi quvurlar birikmasi tagi komponovkalari qo‘llaniladi:
- qiyalik burchagining sekin kamayishi uchun burg‘i, turbobur va burg‘ilash quvurlari;
- qiyalik burchagining keskin kamayishini ta’minlovchi qiyshaytiruvchi moslamalar.


Rotorli burg‘ilashda quduqlarning qiyalik burchagini kamaytirish
uchun burg‘ilash quvurlar birikmasi tagini komponovkalash


Rotor usuli bilan burg‘ilashda quyidagi burg‘ilash quvurlar birikmasi tagi komponovkalari qo‘llaniladi: burg‘i, uzunligi 9-12 metr bo‘lgan og‘irlashtirilgan quvurlar va asboblarning tayanch nuqtasi bo‘lgan yarim o‘lchamli kengaytirgichlar. Bunday komponovkalash quduq qiyalik burchagining har 100 metrda 10401-20 ga kamayish sur’atini ta’minlaydi. Kengaytirgichsiz quvurlar birikmasi komponovkalarini qo‘llashda (stvolning egilish joyi tayanch nuqta hisoblanadi) asosiy ishlar rotorning katta aylanish tezligida va burg‘iga kam yuk berish yo‘li bilan amalga oshiriladi.

Yüklə 0,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin