Profil (a) –da quduq qiyshayishini hisobga olgan holda reys soni minimumga keltiriladi. Bunda quduqning uncha katta bo‘lmagan qiyshayish burchagida vertikalga nisbatan katta qiyshayish sodir bo‘ladi. Bunday profilning oddiyligi hech qanday asoratsiz quduqdan foydalanishni (ekspluatatsiya) ta’minlaydi.
Profil (b) - yuqorida qayd etilagan profildan to‘g‘ri chiziqli ya’ni, qiya maydon o‘rniga zenit burchagi kamayadigan maydonga (4) ega ekanligi bilan farqlanadi. Shuning uchun bu profil bo‘yicha burig‘lashda vertikalga nisbatan quduq tubiga kerak bo‘lgan qiyshayishni olish uchun (2) maydon qudug‘iga kattaroq qiyalik burchagini to‘plash talab qilinadi.
Bunday profillar ko‘p foydalanilsa ham, u ratsional deb xisoblanmaydi. Chunki, 2 maydonda zenit burchagining kattalashishi ishlab chiqarish quvurlar birikmasining vaqtidan oldin yoyilishiga va quduqlarni ishlab chiqarishda chuqurlik nasoslarining shikastlanishiga olib keladi.
Profil (d) - vertikal maydon quduqlari 5 yordamida bir necha mahsuldor qatlamlarini kesib o‘tishini ta’minlaydi.
Profil (e) - zenit burchagi oshib boruvchi katta maydondan 2 tashkil topgan. Bu profil quduqlarining tabiiy qiyshayishi yoki qiyshaytirgichni oriyentir qilmasdan burg‘ilash mumkin bo‘lgan jarayonlarda qo‘llaniladi. Shuningdek, yuqorida qayd etilgan profillar yordamida yuqori maydonlarning uzunligi bo‘yicha vertikal quduq burg‘ilash nazarda tutiladi. Bu intervalning uzunligi konduktorning quduqga tushiriladigan chuqurligi bilan aniqlanidi.