Qo’qon shahar 7-umumiy o’rta ta’lim maktabi 4-‘B’sinf o’quvchilarining 2020-2021-o’quv yilida



Yüklə 19,73 Kb.
tarix02.06.2022
ölçüsü19,73 Kb.
#116525
4-b hisobot


Qo’qon shahar 7-umumiy o’rta ta’lim maktabi 4-‘B’sinf o’quvchilarining 2020-2021-o’quv yilida
bajargan ishlari yuzasidan yillik
HISOBOTI
2020-2021-o’quv yili boshida 4-“B” sinfda 32 nafar o’quvchi bo’lib ulardan 18 nafari qizlarni 14 nafari o’g’il bolalari tashkil etadi.31 nafar o’quvchilarning barchalari davlatimiz tomonidan bir necha turdagi darsliklar bilan ijara tizimi asosida ta’minlandilar.Butun dunyoda bo’lgani kabi bizning yurtimuzda ham
COVID-19 kasalligi sababli o’quvchilarning maktabga kelib o’qishlari ixtiyoriy yani ota-onalarning so’rovnomasi asosida aniqlandi. Bunga ko’ra 16-sentabrdan maktabimizda karantin qoidalariga roiya qilib, masofa saqlagan holatda an’anaviy tarzda yoki uyda onlayn tarzda talim olishlariga to’g’ri keldi .
2-B sinfi o’quvchilaridan 20 nafari maktabda ta’lim olish uchun keldilar,12 nafar esa onlayn ta’lim oldilar.O’quvchilarning maktabga kelib ketishlari qattiq nazoratga olindi , o’quvchilarning haroratlari
o’lchanib, partada bittadan o’tirib gigeyena qoidalariga roiya qilinib maxsus dizenfeksiya vositalaridan
foydalanib, o’quvchilarning salomatligiga alohida e’tibor berilib, sinf xonlarida qo’l yuvish joylari tashkil qilindi.Karantin qoidalariga maktabda katta e’tibor qaratildi. Barcha o’qituvchi va o’quvchilar maxsus niqoblarda yurishdi. O’quvchilar maktabda uzoq qolib ketmasliklari uchun asosiy darslar o’tildi, 17 soat qilib dars jadvali tuzildi.
1-oktabr “Ustoz va murabbiylar kuni”ga bag’ishlab sinfda davra suhbati o’tkazilib, ustozlarga bag’ishlab she’r va qo’shiqlar aytildi. 5-oktabrdan boshlab sinf to’liq an’anaviy o’qish holatigao’tildi.
21-oktabr o’zbek tiliga Davlat tili maqomi berilganligiga 30 yil bo’lganligi uchun “Til-dil ko’zgusi”mavzusida tadbirbo’lib o’tdi. Ona tili fanidan “Shakldosh so’zlar” mavzusida ochiq dars o’tildi . I-chorak oxirida hamma o’quvchilar baholandi “5”7ta “4”17 ta “3” 7ta ni tashkil etdi.Bilim sifati 77 % ni samaradorlik 80 ,6% ni tashkil etdi.
18-noyabr O’zbekiston Respublikasi Davlat bayrog’i qabul qilinganligi 19 yilligi munosabati bilan sinfimizda “Bayrog’imiz-faxrimiz”mavzusida tadbir bo’ldi.Bunda o’quvchilar bayrog’imiz rasmini chizdilar va unga ta’rif berdilar. 8-dekabr O’zbekiston Respublikasi Davlat Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 28 yiligi munosabati bilan “Konstitutsiya-baxtimiz qomusi” mavzusida bir soatlik ochiq dars va davra suhbati o’tkazildi. Konstitutsiyamizda belgilangan moddalardan o’quvchilar yoddan aytib berdilar. 10-dekabr kuni O’zbekiston Respublikasi Davlat Madhiyasi qabul qilingan kun munosabati bilan
Darsning birinchi soatida madhiyamiz kuylandi va mualliflar haqida malumot berildi.
2-chorak davomida o’quvchilarning barchalari baholandi. “5”7ta “4”18ta “3” 6 tani tashkil etdi.
Bilim sifati 82,5 % ni samaradorlik 80,6% ni tashkil etdi.
Yangi yil bayramini betalofat kutib olish maqsadida o’quvchilardan va ularning ota-onalaridan pirotexnika vositalaridan foydamasliklari uchun kafolat xatlari yozdirib olindi.
3-chorakni 2021-yil 11-yanvardan boshladik. 14-yanvar Vatan himoyachilari kuni munsabati bilan sinfimizda tadbiro’tkazdik.Tadbirda vatan himoyachilari ham ishtirok etdilar. Ona tili fanidan “Kishilarning ismi familyasida bosh harf imlosi ” mavzusida ochiq dars o’tildi . Ochiq darsda barcha o’quvchilar faol ishtirok etdilar.Matematika fanidan “ Hayvonot bomavzusida ochiq dars o’tildi.Ikki buyuk shaxs Alisher Navoiy va Zahirddin Muhammad Bobur tavalludiga bag’ishlanib adabiy kechalar o’tkazildi.O’quvchilarga buyuk ajdodlarimiz haqida ko’plab ma’ lumotlar berildi.Mart oyida ham sinfimiz o’quvchilari ma’naviy-marifiy tadbirlarda faol ishtirok etdilar’’Sizni qutlaymiz aziz onajon’’mavzusida namunaviy bir soatlik ochiq dars tashkilladik bunda shahar ma’naviyatchilari ham ishtirok etdilar va ular ochiq darsimizni namunali deb baholadilar. Bundan tashqari o’qish darsidan ‘’Navro’z-bahor bayrami’’ mavzusida ham ochiq dars tashkilladik. 3-chorakni ham hamma o’quvchilar faollikda yakunladilar ‘’5’’10ta, ‘’4’’15ta,’’3’’7tani tashkil etdi.
Bilim sifati 78,8 % ni samaradorlik 81,2% ni tashkil etdi.
4-chorakni ham boshladik 9-may ‘’Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan faxriy ustozlardan xabar oldik va sinfda ‘’Xotira aziz-qadr muqaddas’’ mavzusida tadbir tashkilladik. Bu tadbirda QDPI talabalari va ustozlari ham ishtirok etdilar. 18- may muzeylar kuni munosabati bilan sinfimiz o’quvchilari bilan Qo’qon shahridagi O’rda muzeyiga tashrif buyurdik va tarixiy obidalarni ham ziyorat etdik.O’quvchilar o’quv yilini maktab tadbirlarida sinf ochiq darslarida faollik bilan o’tkazdilar.2-‘’B’’ sinfidagi barcha o’quvchilar 3-sinfga ko’chirildilar.4-chorakni sinfimizga bitta o’quvchi kelganligi sababli jami 32 nafar o’quvchilar yakunladilar ulardan 17 nafari qizlar, 15 nafari o’g’il bolalarni tashkil etdi.’’5’’ 11ta,’’4’’ 15ta,’’3’’ 6tani tashkil etdi. Bilim sifati 80 % ni samaradorlik 81,8% ni tashkil etdi.Yil davomida a’lo baholarga o’qigan namunali xulqqa ega bo’lgan o’quvchilar maktab mamuriyati tomonidan faxriy yorlig’lar bilan taqdirlandilar.
Yüklə 19,73 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin