Qora metallurgiya


O'tga chidamli materiallar



Yüklə 0,77 Mb.
səhifə4/7
tarix13.12.2023
ölçüsü0,77 Mb.
#139885
1   2   3   4   5   6   7
1405149072 55651

O'tga chidamli materiallar

Cho'yan va po'latni yuqori temperaturada eritib olinadi. Shuning uchun pechning ichki devorlari, ayniqsa, uning erigan metall va shlak tegadigan yuzalariga ishlatiladigan materiallar o'tga chidamli bo'lishi kerak. O'tga chidamli materiallar pechdagi yuqori temperaturada parchalanmasligi, yumshamasligi, metall va pechdagi gazlar tapsirida shaklini o'zgartirmasligi, qiziganda shaklini o'zgartirmaydagan bo'lishi kerak.


O'tga chidamli materiallar kukun, g'isht va har-xil buyumlar ko'rinishida bo'ladi.
Ximiyaviy tarkibiga ko'ra o'tga chidamli materiallar:
1.Kislotali.
2.Asosli.
3.Neytral
Pech devori materialini tanlash uchun pechdan chiqadigan shlakni harakterini bilish kerak. Agar pechda kislota harakterli shlak hosil bo'lsa pech devoriga ishlatiladigan materiallar ham kislota harakteriga ega bo'lishi kerak va aksincha. O'tga chidamli kislota harakterli materiallarga dinas g'ishti, kvars va boshqalar kiradi.
Dinas g'ishtni tarkibida 92-96% kvarsit bo'ladi,bog'lovchi material sifatida gil tuproq ishlatiladi va shakl berib 1400-16000 da maxsus pechlarda qizdiriladi.
O'tga chidamli asosli materiallarga magnezit (MgSo3) va xakozolar kiradi. Magnezitni erish temperaturasi 2000-24000 S
Dolomit kukun va g'isht shaklida po'lat eritadigan pechlarda ishlatiladi.
MgSo3 maydalanib, ozroq gil tuproq qo'shiladi va kerakli buyum olinadi va 1400 gacha pechda qizdiriladi.
Bu g'isht Marten va elektir pechlarini devorlarini koplashda ishlatiladi. Magnezit kukuni esa, pechlarni tapmirlashda ishlatiladi. O'tga chidamli neytral materiallar metallurgiya pechlarida eng ko'p ishlatiladigan materiallardir. Bu materiallarga gil tuproq bilan qum tuproq kiradi.
Flyus. Yuqorida aytilganidek rudani domna pechlarda eritishdan oldin boyitiladi. Lekin boyitilgan rudada baribir keraksiz jismlar mavjud. Ruda eritilayotgan vaqtda yonilg'idan hosil bo'lgan kul va bekorchi jinslar pechda metallni erishiga to'sqinliq qiladi va bunday bekorchi jinslardan qutilish uchun maxsus modda solinadi. Bu moddani flyus deb ataladi.
Flyus bekorchi jins tarkibiga va miqdoriga qarab belgilanadi. Keraksiz jins kislotali bo'lsa, flyus sifatida biror asosli oksid, keraksiz jins asosli bo'lsa, aksincha flyus sifatida kislotali harakterli flyus solinadi.



Yüklə 0,77 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin