Qora metallurgiya



Yüklə 0,77 Mb.
səhifə2/7
tarix13.12.2023
ölçüsü0,77 Mb.
#139885
1   2   3   4   5   6   7
1405149072 55651

Magnit temirtoshi. Fe3O4
Temir bu mineralda temir oksidi holida bo'ladi. Bunda toza temir miqdori 55-65% va qolgani kisloroddir. Rudada bekorchi jinsni qum tuproq tashkil etadi. Rangi qoramtir bo'lib solishtirma og'irligi 5 ga teng. Bunday temir magnit xossasiga ega bo'lgani uchun magnit temir toshi deb yuritiladi.
Qizil temirtosh

Temir bu rudalarda temir oksidi Fe2O3 holida bo'ladi.


Temirni o'rtacha miqdori 55-60% ga teng. Rudaning rangi uning ximiyaviy tarkibiga ko'ra och qizildan to'q qizilgacha o'zgaradi. Bekorchi jinslarni qum, tuproq tashkil etib, R juda kam miqdorda bo'ladi.
Qizil temirtosh Rossiyaning Ural, uzoq Sharq va boshqa joylarida uchraydi.


Qo'ng'ir temir tosh

Qo'ng'ir temir tosh temirning suvli oksididir. Getit Fe2O3*N2O bundagi temirni miqdori 57, 6%. Limonit 2Fe2O3*3N2O unda 59.8 % temir bor. Bu rudalar tarkibida bekorchi jinslar ko'p bo'lganligi uchun temirni miqdori 30-50% o'rtasida bo'ladi. Bekorchi jinslarni tashkil etuvchilar gil,qum va boshqalar. Bu rudada temirdan tashqari xrom,nikel va vannadiy ham mavjud.




Temir shpati

Bu mineralda temir Feso3 holida bo'lib, temirning miqdori 35-45% o'rtasida bo'ladi. Mineralni tarkibida gil,qum va oxaktosh bor. Rangi tiniq kul rang , solishtirma og'irligi 3,8 ga teng. Rossiyaning Ural, Kirov va Sverdlov oblastlarida uchraydi.


Har qanday rudaning sanoat ahamiyatiga ega ekanligini quyidagilar bilan ifodalanadi va aniqlanadi:
1.Rudadagi temirning miqdori.
2.Rudadagi qo'shimchalarni turi va ximiyaviy tarkibi, ularni miqdori.
3.Rudani qazib olishni orzon yoki qimmatligi.
4.Rudani kondagi boyligi va uni qayta ishlash va joyiga tashish imkoniyati.
Rudani domna pechlariga olib kirishdan oldin, keraksiz jismlardan qisman tozalab, undagi metallni miqdorini Suoniy oshirish jarayoniga rudani boyitish deb ataladi.
Rudalarni boyitish yoki eritishga tayyorlash quyidagi operasiyalardan iborat:


Maydalash

Katta hajmdagi rudalarni domna pechlariga to'ldirishdan oldin maxsus maydalagich mashinalarida maydalanib, ularni marlum o'lchamga keltiriladi.(1-rasm)






1-rasm.Rudani maydalash mashinasini sxemasi.
1.harakatsiz jag'
2-harakatlanuvchi jag'


2-rasm. Rudani g'alvirlash.

3-krivoshin


Alvirlash.


Maydalangan rudalarni g'alvirlash uslubi bilan saralanadi. Saralash natijasida, ruda bekorchi jismdan bir muncha tozalanadi. Bunda g'alvirlar 45-500 burchak ostida o'rnatiladi.(2-rasm)


Rudani yuvish

Rudada bekorchi jins va zararli aralashmalar ko'p bo'lsa rudani yuviladi. Rudani yuvilganda keraksiz jinslar suv bilan oqib, temir miqdori 5-20% gacha ko'payishi mumkin.(3-rasm)




3-rasm. Rudani yuvish sxemasi

Rudani elektro magnit usuli bilan boyitish.




4-rasm.Elektro magnit usulda boyitish sxemasi.

Bunda elektro magnit seperatorlaridan o'tkaziladi. Bu usul bilan ishlansa, ruda 5-15 % ga boyishi mumkin.(4-rasm)





Yüklə 0,77 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin