Domna pechini tuzilishi va ishi
Maplumki cho'yanlarni domna pechlarida eritilib olinadi.
Domna pechini ichki devorlari o'tga chidamli shamot g'ishtidan qurilgan. Ustki qismi Po'lat listlardan qoplangan. Domna pechlari shaxta tipida bo'lib, quyidagicha tuzigan. (6-rasm)
Domna pechining asosiy qismlari: koloshnik, shaxta,raspar va Gorn.Pechga to'ldirilgan ruda,yonilg'i va flyusni shixta deb aytiladi.Shixta pechga portsiyalab tashlanadi, shixtaning har bir portsiyasini kolosh deb yuritiladi.
rasm. Domna pechining ko'ndalang kesim sxemasi.
Pechni raspar qismi yaqinida diametri dq150-225 mm truba xalqa o'rnatilgan bo'lib, undan pechga 1000-11000 S ga qizitilgan havo keladi havo
Kauper deb ataluvchi qurilmalarda qizdiriladi
1-cho'yan chiqariladigan Nov.
2-havo xaydaydigan teshik –furmalar(bronzadan)
3-shlak chiqaradigan teshik va Nov
4 - suyuq cho'yan
5 - suyuq shlak
6 - gazlar chiqib ketadigan kanal
Gorn q zaplechik q rasparq shaxtani hajmlarini yig'indisi pechni foydali hajmi deb aytiladi.
rasm. Domna pechi va uning yordamchi qurilmalari.
Domna pechini asosiy harakterlovchi ko'rsatgich bu uning foydali hajmidir. Domna pechlarini foydali balandligi deb, solingan shixtani yuqori qismidan, cho'yan chiqadigan teshikkacha bo'lgan oraliqqa ayriladi.Koksda ishlaydaigan pechlarning foydali balandligi 30-32 mni baozan 40 metrni tashkil etadi. Foydali hajm 1300 m3 bo'lgan pechlarda sutkasiga 1800-2000 t chuyan ishlab chiqariladi.
Katta domna pechlarni qurish iqtisodiy jihatdan foydali, chunki olinadigan chuyanni tannarxi kichik chuyanlarnikiga qaraganda 3-4 marta arzon.(7-rasm)
Metallurgiya zavodlarida bir vaqtda ishlovchi bir nechta domna pechlari bo'lib, ular birin ketin ishlaydilar. Pechni to'ldirish uchun juda katta hajmdagi yukni domni yuqori qismiga olib chiqib, uni pechga tashlash kerak. Bu juda og'ir ish bo'lib, bu ishlar mexanizasiyalashgan.
Pechga boradigan havoni Kauper deb ataladigan qizdirgichlar yordamida bajariladi. Kauper shamot g'ishtlaridan katak-katak qilib qurilgan va sirti Po'lat listlar bilan qoplangan minorasimon gumbazli qurilma bo'lib,diametri dQ6-8m, balandligi hQ20-40 m. Kauper domna pechidan biroz kichikroq bo'lib, terilgan g'ishtlar orasida juda ko'p kanallar hosil bo'ladi va tozalangan domna gazi bilan qizdiriladi.
Dostları ilə paylaş: |