Qo'shib yozish



Yüklə 25,96 Kb.
səhifə3/3
tarix18.05.2022
ölçüsü25,96 Kb.
#115992
1   2   3
qoshib va ajratib yozish

AJRATIB YOZISH




  1. Qo'shma fe'lning qismlari ajratib yoziladi: sarf qil, ta 'sir et, tamom bo 'I, sotib ol, olib kel, olib chiq, miq etma kabi.

  2. Ko'makchi fe'l va to'liqsiz fe'l mustaqil fe'ldan ajratib yoziladi: aytib ber, olib ko'r, so'rab qo 'у, ко 'ra qol, ber a boshla, yiqila yozdi; ketgan edi, ketgan ekan, ketgan emish kabi. Lekin mustaqil fe'l bilan yordamchi fe'l orasida tovush o'zgarishi bo'lsa, bunday qismlar qo'shib yoziladi: aytaver (ayta ber), boroladi (bora oladi), bilarkan (bilar ekan) kabi.

  3. Ko'makchilar ajratib yoziladi: shu bilan, soat sayin, borgan sari, bu qadar, кип bo yi kabi. Lekin bilan ko'makchisining -la shakli, uchun ko'makchisining -chun shakli chiziqcha bilan yoziladi: sen-la, sen-chun kabi.

  4. Hamma, bar, hech, bir, qay, u, bu, shu, o'sha so'zlari o'zidan keyingi yoki oldingi so'zdan ajratib yoziladi: hamma vaqt, har kirn, hech qaysi, qay kuni, и yerda, shu yoqdan, о 'sha yoqqa kabi. Lekin birpas, biroz, birato'la, birvarakayiga, birmuncha, buyon so'zlari qo'shib yoziladi. Shuningdek qay so'zi yoq, yer so'zlari bilan ishlatilganda bir у tovushi tushsa, bu so'zlar qo'shib yoziladi: qayoqqa,qayerda kabi.

  5. Sifat oldidan kelib, belgining ortiq yoki kamligini bildiradigan to 'q, jiqqa, tim, liq, lang, och kabi so'zlar ajratib yoziladi: to'q qizil, jiqqa ho'I, tim qora, liq to'la, lang ochiq, och sariq kabi.

  6. Murakkab son qismlari ajratib yoziladi: o'n bir, besh yuz, qirq ming olti yuz bir, bir ming yetti

yuz sakson beshinchi kabi.

  1. Yildan yilga, tomdan tomga kabi birinchi qismi chiqish kelishigida, ikkinchi qismi jo'nalish kelishigida bo'lgan birikmalar ajratib yoziladi.

  2. Belgining ortiq darajasini bildiruvchi ko'pdan ko'p, tekindan tekin, yangidan yangi, ochiqdan ochiq, qizigandan qizidi kabilar ajratib yoziladi.

  3. Izofali birikmalar ajratib yoziladi. Bunda izofa undosh bilan tugagan so'zlarga i shaklida, unli bilan tugagan so'zlarga yi shaklida qo'shiladi: dardi bedavo, nuqtayi nazar, tarjimayi hoi kabi. Lekin izofa yozilmaydigan so'zlar, shuningdek qismlaridan biri yoki har ikkisi o'zbek tilida mustaqil ishlatilmaydigan so'zlar qo'shib yoziladi: gulbeor (guli beor), dardisar kabi.

Yüklə 25,96 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin