Soliq siyosatining mamlakatdagi makroiqtisodiy barqarorlikka ta’siri Iqtisodiyotning samarali rivojlanishi ko'p darajada davlat tomonidan iqtisodiy jarayonlarni boshqarishni to'g'ri tashkil etishga bog'liq boʻlib qolmoqda. Shu tufayli ham O'zbekiston Respublikasining bozor munosabatlariga o'tish xususiyatlaridan biri davlatning iqtisodiy oʻzgarishlarning tashabbuskori va bosh islohotchisi qilib belgilanganidir. Bozor munosabatlariga oʻtishning qiyin davrida aholining manfaatlarini faqat kuchli qayta taqsimlash vositasiga ega boʻlgan davlatgina himoya qilishga qodirdir. Bozor iqtisodiyotiga o'tishning dastlabki yillaridanoq davlat iqtisodiyotni tartibga solishda soliqlardan ushbu kontseptsiyaga asoslangan holda foydalanib kelmoqda. Bozor iqtisodiyoti sharoitida mamlakat iqtisodiyotining rivojlanish darajasi, boshqa ko'pgina omillar bilan bir qatorda, unga nisbatan yurgizilayotgan soliq siyosatiga ham bevosita bog'liqdir. Davlat soliq siyosatini ishlab chiqib va uni hayotga tatbiq etib, iqtisodiy rivojlanishga ijobiy yoki salbiy ta'sir ko'rsatadi. Shu boisdan davlat soliq siyosati orqali makroiqtisodiy samaradorlikka erishishi mumkin, Soliq siyosatini amalga oshirishda xizmat qiladigan soliq dastaklari (imtiyozlar, stavkalar, soliqqa tortiladigan bazani shakllanishi va boshqalar) kuchli ta'sir etuvchi va qiyin boshqariladigan soliq qurollaridir. Masalan, soliq to'lovchilarga keng soliq imtiyozlarini berish byudjetning daromadlarini shakllantirish nuqtai nazaridan butunlay teskari oqibatlarga olib kelishi mumkin. Boshqa tomondan esa, soliq imtiyozlarining har tomonlama bekor qilinishi tadbirkorlik faolligiga salbiy ta'sir ko'rsatishi va korxonalarning ishlab chiqarish hamda noishlab chiqarish sohalariga kapital qo'yilmalarning sezilarli kamayishiga sabab bo'ladi . Buning oqibatida ba'zi tarmoqlardagi mavjud muvozanat buziladi . O'zbekiston Respublikasida mustaqillik yillarida yurgizilayotgan iqtisodiy siyosatning tarkibiy qismi bo'lgan soliq siyosati mustaqil ravishda yurgizilayotgan soliq siyosati hisoblanib , uning markaziy vazifalaridan biri sifatida respublikamizda bozor munosabatlarini qaror toptirish va uni rivojlantirishga xizmat ko'rsatish qaralmoqda . Bozor iqtisodiyoti sharoitida tadbirkorlik muhitini yaratish va uni rivojlantirish alohida ahamiyat kasb etganligi uchun soliq siyosati ham bizning respublikamizda tadbirkorlikni qo'llab - quvvatlashga qaratilganligi , shak - shubhasizdir . Bir vaqtning o'zida puxta ishlab chiqilgan soliq siyosatining hayotga qanday tadbiq etilishi shu siyosatni amalga oshirishda qo'llanilishi lozim bo'lgan soliq mexanizmiga uzviy bog'liqdir . Soliq siyosatining makroiqtisodiy holatga ta'siri juda katta bo'lib , mamlakatda yaratiladigan yalpi ichki mahsulot va milliy daromadning o'zgarishi soliq siyosatining samarasiga bevosita bog'liqdir . Soliq siyosatining makroiqtisodiy holatga ta'sirini soliqlaming yalpi talab va yalpi taklifga , investitsion muhitga , iste'molga , iqtisodiy barqarorlikka ta'siri kabilar bilan baholash mumkin .