Boshlovchilar tadbir ishtirokchilariga murojaat qilib, ular orasidan shoirning she'rlarini yod olgan o`quvchilarga navbatni beradilar. 1-boshlovchi: Muhammad Yusuf baxtli, omadli shoirlardan edi. Muhammad Yusuf kamdan-kam tug`iladigan iste'dod egasi bo`lish bilan birga, kamdan-kam shoirda uchraydigan xislat egasi-shuhratdan qochadigan kamsuqum inson edi. U shuhratning emas, shuhrat uning ortidan quvib yurardi.
2-boshlovchi: Xulosa qilib, Muhammad Yusuf o`z ovozi,uslubiga ega san'atkorga aylanib, adabiyotda takrorlanmas iz qoldirdi, deb baralla ayta olamiz.
1-boshlovchi: Muhammad Yusuf tavalludining 55 yilligiga bag`ishlab o`tkazilgan kechamizning aziz mehmoni bo`lganingizdan va ishtirok etganingizdan minnatdormiz.
Ushbu tavsiya etilayotgan tadbir ssenariysi namunaviy bo`lib, har bir ta'lim muassasasi ma'sul xodimlari mavjud sharoit va imkoniyatdan kelib chiqqan holda, unga ijodiy yondoshadilar va tadbirlarni yuqori saviyada tashkil etadilar, degan umiddamiz.
Foydalanilgan adabiyotlar 1. S. Mirvaliev. "O`zbek adiblari". Toshkent, "Fan",1993yil.
2. O`zbek adabiyoti tarixi.-Darslik,11sinf uchun, 2003yil.
3. Shoirlarga bir juft savol.-"O`zekiston adabiyoti va san'ati" gazetasi, 1990 yil, 5yanvar.
4. Men qo`shiq yozmayman. .-"O`zbekiston adabiyoti va san'ati"gazetasi, 1992 yil, 23 son.
5. Shoirni xotirlab. -"Erudit" gazetasi,2003 yil,9 bet.
6. Onangizni ko`nglini oling.-"Saodat" jurnali,2000 yil,6-son.
7. Qo`shiq millat qalbi.-" O`zbekiston adabiyoti va san'ati"gazetasi,1999 yil, 18iyun.