Qotishma va x k. termodinamik muvozanat buzilishi zarur. Kristallanish jarayonida ajrab chiqgan issiqlik mikdori kristallanishning yashirin issiqligi deb nomlanadi



Yüklə 65,93 Kb.
səhifə1/4
tarix19.04.2022
ölçüsü65,93 Kb.
#115391
  1   2   3   4
23.24.25


qotishma va x. k .) termodinamik muvozanat buzilishi zarur. Kristallanish jarayonida ajrab chiqgan issiqlik mikdori kristallanishning yashirin issiqligi deb nomlanadi. Modda kristallanishi uchun suyulish temperaturasidan past temperaturagacha sovutilishi kerak. Harorat maʼlum bir kritik qiymatiga yetganda moddada kristal bo’lakchalar paydo bo’la boshlaydi. Bu kritik temperatura moddaning tarkibiga, undagi begona zarralarning zichligiga, modda solingan idishning devori holatiga va boshqa bir qator omillarga bogliq. Аyrim toza metallarni suyulish temperatarasidan ikki marta past temperaturagacha sovutilsa ham kristallanmay qolaveradi.

Katta monokristallarni to’yingan eritmalardan o’stiriladi. Ularga odatda kichkina «qarmoq» kristalchasi tushiriladi va asta sekinlik bilan yuqoriga ko’tariladi. Bu usul kristalni taglikka qo’yib o’stirishdan ko’ra yaxshi natijalar beradi. Xozirgi paytda kristallarni o’stirishning tigelsiz, Choxralskiy, epitaksial usullari qo’llaniladi.



1.7. PLIMORFIZM

Qattiq jismlar turli temperatura va bosimlarda turlicha kristall tuzilishga ega bo’lishi mumkin. Bu hodisani polimorfizm deb ataladi. Masalan, uglerod (karbon) atomlari olmos ko’rinishida xam, grafit ko’rinishida ham bo’lishi mumkin. Bu ikki kristal tuzilishi bir - biridan fizik xossalari jixatdan keskin farq qiladi. Kubik tuzilishga ega bo’lgan olmos juda qattiq, shaffof kristal, geksagonal tuzilishli, grafit esa mo’rt va yorug’lik o’kazmaydi. Ushbu moddalar bir kristall tuzilishdan ikkinchisiga o’tishi uchun maʼlum bir sharoit (temperatura va bosim) bo’lishi zarur. Undan tashqari, utish jarayonida atomlar energetik to’siqni yengib o’tishlari zarur. Аgar energetik to’siq yetarlicha katta bo’lsa, bunday o’tish tashki taʼsirsiz sodir bo’lmasligi ham mumkin.Masalan, olmos va bo’lgan sharoitda barqaror fazada bo’ladi, lekin, agar biz olmosni atmosfera bosimi va xona temperaturasiga o’tkazib qo’ysak ham, u grafitga aylanib qolmaydi. Olmos normal sharoitda ham uzoq vaqt saqlanishi mumkin. Polimorf o’zgarishlar natijasida kristalda kimyoviy boglanish turi o’zgarishi mumkin. Oddiy sharoitda kovalent bog’langan va Si va Ge yarimo’tkazgichlari yuqori bosimlarda metall bog’lanishli kristal tuzilishga o’tishi mumkin.




Yüklə 65,93 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin