1.8.Kristallarda rentgen nurlari difraktsiyasi
Kristall panjarasi tuzilishini bevosita kattalashtirib tasvirga tushirish kam holatlardagina mumkin.Shuning uchun kristall panjarasi tuzilishini o’rganishda rentgen nurlarining kristal panjaradagi difraktsiyasidan foydalaniladi. To’lqin uzunligi katta bo’lgan nurlardan ham foydalanib bo’lmaydi, chunki difraktsiyani kuzatish uchun to’lqin uzunligi difraktsion panjara davri chamasida bo’lishi lozim. Kristall panjarasidagi rentgen nurlari difraktsiyasini eng sodda qilib birinchi marta U. Bregg va G . А. Vulflar tushuntirib berishdi. Rentgen nurlari kristalga tushgach, ular turli atom tekisliklaridan qaytadilar va rentgen nurlarining yo’l farqi to’lqin uzunligiga qirrali bo’lganida difraktsion maksimumlar, yaʼni yorug’ nuqtalar paydo bo’ladi.
Dostları ilə paylaş: |