Qõqon pedagogika inistitutii Chet tillar fakulteti Maktabgacha va boshlangʻich taʼlimda xorijiy til (ingliz tili) yo’nalishi 303-guruh talabasi Xojiakbarova E'zozaning 2022- o’quv yilidagi malakaviy amaliyot davri



Yüklə 10,61 Kb.
tarix13.12.2023
ölçüsü10,61 Kb.
#140430
2 5325827101364856284

Qõqon pedagogika inistitutii Chet tillar fakulteti Maktabgacha va boshlangʻich taʼlimda xorijiy til (ingliz tili) yo’nalishi 303-guruh talabasi Xojiakbarova E'zozaning 2022- o’quv yilidagi malakaviy amaliyot davri



HISOBOTI
Men Xojiakbarova E'zoza Nodirjon qizi pedagogika ta’lim sohasi talabalarining malakaviy pedagogik amaliyotini tashkil etish uchun muvaqqat nizom asosida O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 27-iyuldagi “Oliy ma’lumotli mutaxassislar sifatini oshirishda iqtisodiyot sohalari va tarmoqlarining ishtirokini yanada kengaytirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi PQ‒3151-son hamda 2018-yil 5-iyundagi “Oliy ta’lim mutaxassislarida ta’lim sifatini oshirish va ularning mamlakatda amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlarda faol ishtirokini ta’minlash bo’yicha qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida”gi PQ‒3775-son qaroriga muvofiq oliy ta’lim muassasalari bakalavriat ta’lim yo’nalishlari sinov-tajriba asosida malakaviy pedagogik amaliyot davrini Farg’ona viloyati Bogʻdod tumani 5-umumiy oʻrta taʼlim maktabida 2022-yil 5-sentyabrdan 2022-yil 20-dekabrgacha bo’lgan davrda amalga oshirdim.
O’z amaliyot davrim davomida pedagogik salohiyatimni oshirib bordim. Xususan, oktyabrning birinchi haftasida Metodist-o’qituvchining ish hujjatlari bilan tanishtirildim va O’quvchilarning qobiliyati va qiziqishlari darajasidan kelib chiqqan holda ularga turli og’zaki topshiriqlar berdim va ularning dars mashg’ulotlarini kuzatish orqali o’quvchilarni pedagogik-psixologik jihatdan tahlil qildim.
Oktyabrning ikkinchi haftasi davomida metodist-o’qituvchi bilan birgalikda kundalik bajariladigan ishlar va tashkil qilinishi nazarda tutilgan tadbirlar muhokamasini qildim va biriktirilgan sinf o’quvchilari bilan didaktik o’yin va musobaqalar tashkil qilish yuzasidan loyiha ishlab chiqdim. O’quvchilarning qobiliyati va qiziqishlari darajasidan kelib chiqqan holda tuzilgan savollarning javoblarini tahlil qildim va ularga turli topshiriqlar tayyorladim. Bundan tashqari, o’quvchilar bilan individual ish olib borish va intizom saqlashni o’rgandim.
Uchinchi hafta davomida esa chet tilidan tashqari darslarga qatnashib o’quvchilar bilan ishlash yuzasidan tajriba oshirdim va darsdan tashqari tadbirlarda qatnashdim. Tadbir ishtirokchilarida ingliz tilida ravon o’qish ko’nikmasini rivojlantirishga ko’maklashdim. Sinf rahbari boshchiligida tarbiyaviy tadbirlarni o’tkazishga doir ko’rgazma vositalari tayyorladim hamda metodist-o’qituvchi va sinf rahbari yordamida o’quvchilarning o’zlari qiziqqan sport musobaqalari va to’garaklariga jalb qilish yuzasidan ko’rsatmalar oldim.
Oktyabrning so’nggi haftasida sinf rahbarining ish rejasida ko’rsatilgan o’quvchilar bilan individual va guruh bo’lib ishlash rejalarini ishlab chiqdim va muhokama qildim va ayrim mavzularni o’tish uchun ko’rgazma vositalari tayyorlash yuzasidan metodist-o’qituvchi bilan suhbatlashdim va ko’rsatmalar oldim. Sinf o’quvchilari orasidagi a’lochi va past o’zlashtiruvchi o’quvchilar bilan individual suhbat o’tkazdim. Suhbat davomida ko’rgazmali qurollar va savolnomalardan foydalandim. Amaliyot bo’yicha yakuniy hisobot tayyorlash yuzasidan metodist-o’qituvchi va sinf rahbariga o’z fikrlarimni bildirdim hamda amaliyot davri davomida yuzaga kelgan muammolar, yutuqlar va kelgusi amaliyot davrlarini yanada samarali tashkillash yuzasidan fikr mulohazlar almashdim.
Xulosa qilib aytganda, oktyabrlik malakaviy amaliyotim davomida ingliz tili fani metodik qo’llanmalari, ish yurituv hujjatlari, o’quvchilar bilan ishlash, ularni pedagogik-psixologik tomondan tahlil qilish hamda qiziqish va qobiliyatlariga asoslangan holda turli sohalarga yo’naltirish yuzasidan malakaga ega bo’ldim.
O’z hisobotimga malakaviy amaliyot davri ish rejasi, amaliyot kundaligining to’liq to’ldirilgani, tadbir bayonnomasi va amaliyot obekti rahbarining tavsiyanomalarini ilova qilaman.

Amaliyot rahbari: M. Ergashev



Amaliyotchi talaba: E. Xojiakbarova
Yüklə 10,61 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin