Quduqga tuz kislotali ishlov berish.
Ohaktoshga ta‘sir etishda
2HCℓ + CaCO3=Ca Cℓ2+H2O+CO2
Dolomitga ta‘sir etish
4HCℓ + СаMg(CO3)2 = CaCℓ2 + MgCℓ2 + 2H2O + 2CO2
Kaltsiy xlor va magniy xlor tuzlari suvda yaxshi eriydi, kislota eltuvchi hisoblanadi va reaktsiyaga kirishadi. Uglerod oksidi CО2 – quduqdan chiqib ketadi yoki 7,6 MPа bosimda shu suvni uzida eriydi.
Hamma vaqt kislota tarkibida chukuvchi zarrachalar bo’ladi. Qachonki ular bir-biriga ta‘sir qilib eritmada erimaydigan neytral kislotalarni qoldiqlarinii hosil qilish mumkin. Bu qoldiqlar qatlam g’ovakliklariga tushib QTZ-da o’tkazuvchanlikni pasaytirib yuboradi.
Bunday aralashmalar soniga quyidagilar kiradi:
1. Temir xlorid (FeCℓ2) gidroliz natijasida reaktsiyaga kirishib temir gidroksidini (Fe(OH)3) hosil qiladi, cho’kma ko’rinishida cho’kadi.
2. Sulfat kislotasi H4So2 – eritmada (CaCℓ2) kaltsiy xlor bilan o’zaro ta‘sir etib, (CaSo42H2O) gips hosil qiladi, u aralashmada uncha katta bo’lmagan miqdorda ushlanib turadi. Gipsning asosiy massasi cho’kmaga tushib, tolali massa ko’rinishida ignali kristallarni hosil qiladi.
3. Kislota aralashmasiga kiritilgan karroziyaga qarshi qo’shimchalar (Ingibitor PB-5).
4. Tuzli kislotalarni ishlab chiqarish texnologik jarayonida F - ftor vodorodi va fosfor kislotasi bo’lib, karbonatlar bilan qatlamda erimaydigan (CaF2) - кальций фторит ва [Cа3(PO4)2] kaltsiy fosfat kislotasi cho’kmasini hosil qiladi.
Quduqlarga ishlov berishda tarkibida 10-15%-li tuzli kislota tayyorlanadi. Agarda tarkibida neytralli aralashmalar ko’p bo’lsa juda qovushqoq bo’ladi. Qaysiki qatlam g’ovakliklaridan chiqishini qiyinlashtiradi. Xlor kislotasining (HCℓ) 15% – tayyorlanmasi –32.8 0C-da muzlaydi.
SHuning uchun bunday aralashmalar maxsus yoki laboratoriyada tayyorlanadi.
HCℓ- eritma tarkibiga quyidagi reagentlar qo’shiladi.
Dostları ilə paylaş: |