Qurilish boshqarish fakulteti


I BOB. MAHSULOT (ISH, XIZMAT)LAR TANNARXINI KALKULYATSIYA QILISHUSULLARI VA ZAMONAVIY TIZIMLARI



Yüklə 472,5 Kb.
səhifə3/17
tarix11.05.2023
ölçüsü472,5 Kb.
#126698
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
Muslimbek. Irisboyev

I BOB. MAHSULOT (ISH, XIZMAT)LAR TANNARXINI KALKULYATSIYA QILISHUSULLARI VA ZAMONAVIY TIZIMLARI.

1.1. Mahsulot tannarxining ishlab chiqarishni boshqarishdagi ahamiyati.


Bozor islohotlarini chuqurlashtirish jarayonida korxonalar faoliyatida muhim vazifalardan biri ishlab chiqarilgan mahsulotlarning tannarxini to’g’ru aniqlashdir. Mahsulot tannarxi uni ishlab chiqarishga qilingan bevosita xarajatlarning yig’indisini ifodalaydi.


Mahsulot tannarxini kalkulyatsiya qilish va xarajatlarni hisobga olish boshqaruv hisobining asosiy elementlaridan biri hisoblanadi, chunki ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarning tannarxi quyidagilar bo’yicha boshqaruv qarorlarining qabul qilinishi uchun asos bo’ladi:
– qanday turdagi mahsulotlarni ishlab chiqarishni yo’lga qo’yish, qaysilarini esa to’xtatish bo’yicha;
– zarur yordamchi mahsulotlarni sotib olish yoki ishlab chiqarish maqsadga muvofiqligi to’g’risida;
– ishlab chiqarilishi rejalashtirilayotgan mahsulotga baho belgilash borasida;
– ishlab chiqarishni yangi texnika bilan jihozlash bo’yicha;
– ishlab chiqarish va texnologik jarayonlarni rivojlantirish bo’yicha berilgan tavsiyalarni asoslashda.
Boshqaruv hisobida tannarx quyidagi asosiy ob’ektlar bo’yicha aniqlanadi:
– alohida bo’linmalar bo’yicha;
– alohida mahsulot turlari bo’yicha.
Bunda xarajatlarni taqsimlash jarayoni ikki bosqichda amalga oshiriladi:
– xarajatlarni ular vujudga kelgan markazlar bo’yicha to’plash;
– xarajatlarni mahsulot turlari bo’yicha taqsimlash.
Xarajatlarni taqsimlash deganda, korxona faoliyatida vujudga kelgan xarajatlarni aniq ob’ektlar bo’yicha guruhlash jarayoni tushuniladi.
Xarajatlar ob’ekti sarflangan xarajatlar hisobga olinishi zarur bo’lgan tashkiliy bo’limdir.
Mahsulot (ish, xizmat)larni ishlab chiqarish tannarxi bevosita xarajatlar, resurslardan samarali foydalanishni talab qiladi. Korxonadagi moddiy, moliyaviy va mehnat resurslaridan oqilona foydalanish ishlab chiqarilayotgan mahsulotning tannarxini pasaytirish imkonini beradi.
Mahsulot tannarxini aniqlashda kalkulyatsion birlikni aniq belgilash muhim masala hisoblanadi.
Kalkulyatsiya birligi – bu kalkulyatsiya ob’ekti o’lchovidir. Uni tanlash mahsulotni tayyorlash xususiyatlari, nomenklatura kengligi, o’lchashda qo’llanadigan birliklar, amaldagi andozalar va ishlab chiqiladigan mahsulotning texnik shartlariga bog’liq bo’ladi.
Masalan, sut mahsulotlari bo’yicha kalkulyatsiya obektlarini belgilashda ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar turlariga muvofiq ularning nomi, yog’lilik darajasi va idishning turiga qaraladi. Aytaylik, bir metr sig’imdagi qog’oz idishdagi 3,2% yog’lilikka ega sut, 0,5 metr sig’imdagi polietilen idishdagi 20% yog’lilikdagi smetana, 250 g og’irlikdagi o’rama qog’ozli yog’sizlantirilgan tvorog va h.k.
Amaliy faoliyatda ishlab chiqarish korxonalari kalkulyatsiya birliklarning quyidagi guruhlaridan foydalanadilar:
– tabiiy birliklar – dona, kilogramm, tonna, metr, kub metr, kilovatt-soat va h.k.;
– shartli-tabiiy birliklar - konservalar (quyultirilgan sut) 100 shartli bankalari va h.k.;
– foydalaniladigan (ekspluatatsion) birliklar – quvvat, mahsuldorlik va h.k;
– ishlar birliklari – tashib keltirilgan yukning bir tonnasi, yo’l qoplamasining yuz metri va h.k.;
– vaqt birliklari – mashina-kun, mashina-soat, norma-soat va h.k.

Yüklə 472,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin