II BOB. KORXONA ISHLAB CHIQARISH XO`JALIK FAOLIYATINING MOLIYAVIY-IQTISODIY AHVOLINI TAHLIL ETISH «ANDIJON DORI-DARMON» AJKORXONASI 2020-2021y…
30
2.1. Korxonaning qisqacha tavsifnomasi va asosiy texnik-iqtisodiy ko‘rsatkichlari tahlili.........................................................................................
30
2.2. Korxonaning balans aktivi va passivi tahlili..............................................
33
2.3. Korxonaning aylanma va xususiy mablag‘lari hamda ulardan foydalanish samaradorligi tahlili.......................................................................
KIRISH “Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi va uning huzuridagi Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish agentligiga quyidagi qo‘shimcha vakolatlar berilsin:
a) asosiy oziq-ovqat mahsulotlari narxlarining keskin tebranishi davrida:
ustun mavqeni suiiste’mol qilish, kelishib qilingan harakatlar va til biriktirishlar, shuningdek, birja savdolariga majburiy qo‘yilishi kerak bo‘lgan monopol va yuqori likvidli mahsulotlarni to‘liq hajmda chiqarmaslik va taklifni qisqartirganlik, manipulatsiyalar, tovar yoki moliya bozorining barqaror faoliyat ko‘rsatishiga to‘sqinlik qilish alomatlari aniqlanganda oxirgi kalendar yilidagi tovarlar (xizmatlar)ni sotishdan tushgan tushumidan qat’i nazar xo‘jalik yurituvchi subyektlar, davlat boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari va yuridik shaxslar birlashmalariga ijro etilishi majburiy bo‘lgan taqdimnoma kiritish. Bunda, taqdimnomaning uzrsiz sabablarga ko‘ra bajarilmasligi monopoliyaga qarshi kurashish organining ko‘rsatmasini bajarmaslik uchun belgilangan javobgarlikni keltirib chiqaradi;
narxlarning asossiz o‘sishi, kelishib qilinadigan harakatlar va til biriktirishlar holatlarini aniqlash uchun Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakilni xabardor etgan holda tashkiliy-huquqiy shaklidan qat’i nazar xo‘jalik yurituvchi subyektlarning binolariga bevosita kirish hamda ombordagi mavjud zaxiralarini xatlovdan o‘tkazish;
mazkur bandning to‘rtinchi xatboshisida nazarda tutilgan tartibda o‘tkazilgan xatlovda aniqlangan oziq-ovqat mahsulotlarining ortiqcha hajmini savdoga chiqarish, asossiz oshirilgan narxlarni pasaytirish yuzasidan bajarilishi majburiy bo‘lgan taqdimnoma va ko‘rsatmalar kiritish.
Bunda, asosiy oziq-ovqat mahsulotlari narxlarining keskin tebranish davri, ushbu mahsulotlarning narxi oxirgi 30 kungacha bo‘lgan davrda Markaziy bankning asosiy stavkasiga teng yoki undan yuqori darajada oshganda, 6 oygacha bo‘lgan muddatga Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi;
b) inson salomatligi, yuridik va jismoniy shaxslar mol-mulki uchun xavfliligi va sifatsizligi aniqlangan tovarlarni ishlab chiqarish, respublika hududiga import qilish, realizatsiya qilishni to‘xtatish, muomaladan chiqarish va iste’molchilardan majburiy ravishda qaytarib olish to‘g‘risida ishlab chiqaruvchi va sotuvchilarga ko‘rsatmalar kiritish;
v) iste’mol tovarlari savdosiga ixtisoslashgan savdo komplekslari, tarmoqlari va bozorlarda:
asosiy oziq-ovqat mahsulotlari narxlarini manipulatsiya qilish, asossiz va sun’iy oshirish, ularga bo‘lgan tanqislik va ajiotaj talabni vujudga keltirishga qaratilgan g‘ayrihuquqiy harakatlarni;
asosiy oziq-ovqat mahsulotlariga narx-navoni shakllantirishning belgilangan mexanizmlariga rioya etilishini;
bozorlar va savdo tarmoqlariga kirish bo‘yicha sun’iy to‘siqlar va cheklovlarni aniqlash (o‘rganish) va ularni bartaraf etish bo‘yicha bajarilishi majburiy bo‘lgan ko‘rsatmalar kiritish.
Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi ikki oy muddatda mazkur bandda keltirilgan qo‘shimcha vakolatlarni amalga oshirish bo‘yicha tartibni ishlab chiqib, Vazirlar Mahkamasiga kiritsin1”- deb yurtboshimiz takidlab o’tdilar.
2017-2021 yillarda O’zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo’nalishi bo’yicha Harakatlar strategiyasi va Ma’muriy islohotlar kontseptsiyasini amalga oshirish borasida belgilab berilgan chora-tadbirlar orasida eng zarur iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy sohalarda (sanoat, transport, energetika va boshqalar) sog’lom raqobat muhitini rivojlantirish, davlat va tijorat manfaatlari to’qnashuvini bartaraf etishga qaratgan holda, boshqaruv tizimini takomillashtirish; xususiy sektor samarali faoliyat ko’rsatayotgan sohalarda davlat ishtirokidagi tijorat tashkilotlarini tuzishga cheklov choralarini belgilash va amaldagi korxonalarni qayta tashkil etish, shuningdek, sog’lom raqobat muhitining rivojlanishini cheklayotgan alohida xo’jalik yurituvchi sub’ektlarga eksklyuziv huquqlar, individual imtiyozlar hamda preferentsiyalar berish amaliyotidan voz kechish; iqtisodiy faoliyatda, eng avvalo, davlat unitar korxonalarini tashkil etish va faoliyatini boshqarish, ishonchli boshqaruvchilar va davlatning ishonchli vakillari vakolatlarini, ularning iqtisodiy va boshqaruv samaradorligini oshirish, birinchi navbatda, davlat aktivlarini boshqarish tizimining moliyaviy shaffofligi va samaradorligini oshirishga qaratilgan davlat ishtirokidagi xo’jalik yurituvchi sub’ektlarni boshqarishning korporativ mexanizmlarini rivojlantirish sohalarida davlat ishtirokining aniq bozor mexanizmlarini ishlab chiqish kabi masalalarga alohida urg’u berilgan. Shundan kelib chiqqan holda, iqtisodiy taraqqiyotning hozirgi bosqichida harqanday tashkilotning asosiy vazifalaridan biri mavjud mehnat, moddiy va moliyaviy resurslardan to’la va samarali foydalanish maqsadida tashkilotni boshqarishni takomillashtirishdir.