Qurilish iqtisodiyoti va smeta ishi


UY-JOY KOMMUNAL XO‘JALIGI TIZIMI VA UNING AHOLI TURMUSH DARAJASINI YAXSHILASHDAGI ROLI



Yüklə 0,77 Mb.
səhifə2/8
tarix30.05.2022
ölçüsü0,77 Mb.
#116430
1   2   3   4   5   6   7   8
531-18M. Razzoqov Ulug\'bek. kurs ishi

1. UY-JOY KOMMUNAL XO‘JALIGI TIZIMI VA UNING AHOLI TURMUSH DARAJASINI YAXSHILASHDAGI ROLI
1.1 Uy-joy kommunal xo‘jaligi iqtisodiyotining vazifalari
Respublikamiz mustaqillikka erishganining dastlabki kunlaridan boshlab hozirgi kunga qadar iqtisodiyotning barcha sohalarida erkin bozor munosabatlarini joriy etish va erkin raqobat muhitiga asoslangan shartnomaviy munosabatlarni rivojlantirish ishlari jadal amalga oshirilmoqda. Respublikamizda o ‘tgan qisqa vaqt mobaynida mahalliy xususiyatlarini o‘zida mujassamlashtirgan va pirovard natijada aholining turmush darajasini yuksaltirishga hamda xalq farovonligini ta ’minlashga qaratilgan iqtisodiy mexanizm shakllantirildi hamda Prezidentimiz I.A.Karimov boshchiliklarida mamlakatimiz ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishning uzoq yillarga m o ‘ljallangan istiqbol dasturi ishlab chiqildi. Mazkur asarda, shuningdek, Prezidentimizning ko‘plab asarlarida milliy iqtisodiyotimizni va uning turli tarmoqlarini, yo‘nalishlari va tarkibiy qismlarini isloh qilishga qaratilgan g‘oyalar talqin qilinib, ularning mazmun-mohiyatida mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlardan kutilayotgan natija erkin bozor munosabatlari va sof raqobat muhitida ishlab chiqarish va xizmat ko'rsatish sohalarini rivojlantirish b o ‘lsa-da, uning pirovard natijasi, Prezidentimiz I.A.Karimov aytganlaridek, «Respublikamiz iqtisodiy salohiyatining yuksalishi, xalqimizning farovon hayot kechirishi, yoshlarimizni yetuk va barkamol insonlar bo‘lib yetishishlari uchun munosib shart-sharoitlarni yaratishdir»1
So‘nggi yillarda respublikada servis va xizmat ko‘rsatish sohalarini qo‘llab-quvatlash borasida hukumat tomonidan amalga oshirilayotgan izchil tadbirlar, bu sohadagi alohida olingan tarmoqlarini rivojlantirish bo"yicha qabul qilinayotgan qator dasturiy yo‘nalishlar provardida xizmat ko‘rsatish va servis sohasining rivojlanishiga, shuningdek uy-joy xo‘jaligiga xizmat ko'rsatish sohasining yuqori sur’atlar bilan o‘sishiga olib kelmoqda.
Jamiyatda ijtimoiy sohaning rivojlanish darajasi aholining uyjoy xo‘jaligi, turmush sharoiti va kommunal xizmat ko'rsatish sohasining rivojlanganlik darajasiga bevosta bogliq. Uy-joy kommunal xo‘jaligi tizimining rivojlanish darajasi aholi turmush sharoitining ichki tashkillashtirilishi va hayot tarzini belgilab beradi. Shuning uchun ham, respublikamizda aynan uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish tarmog‘ini isloh qilishga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasi iqtisodiyotning turli tarmoqlariga tegishli bo‘lgan uyushmalar, korxonalar va tashkilotlarning yig'indisidan tashkil topadi va ular umumiy qonuniyatlar hamda oldilariga qo‘yilgan maqsadga asoslangan holda yagona tizim sifatida faoliyat ko‘rsatadilar. Kommunal xo‘jaligi iqtisodiyoti fani uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasini yagona bir tizim sifatida o‘rganadi va ushbu tizim kommunal xo'jaligi iqtisodiyoti fanining predmeti bo'lib hisoblanadi. Respublikamizda iqtisodiyotning barcha sohalari kabi uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasiga eski tizimdan konstruktiv ijro jihatidan nomukammal bo‘lgan ko‘p xonadonli uylar va ularni saqlash hamda ta’mirlashning samarasiz tizimi, sohani boshqarishning ma’muriy buyruqbozlik uslubiga asoslangan, budjet mablag'lari hisobidan boqimanda kun ko‘rishga o‘rganib qolgan iqtisodiy samarasiz tizim meros bo'lib qoldi. Respublikamizda mustaqillikning dastlabki kunlaridan boshlab kommunal xizmat ko'rsatish tizimini isloh qilishga kirishildi. Davlat tasaraifida bo‘lgan uy-joy fondi xususiylashtirildi, tarmoqning asosiy Qonuni, O‘zbekiston Respublikasi Uy-joy kodeksi2 qabul qilindi, kommunal xo'jaligi tizimi faoliyatini bozor mexanizmi tamoyillari asosida tashkil etishni ta’minlovchi qonuniy - me’yoriy hujjatlar ishlab chiqildi va uni kompleks rivojlantirishga qaratilgan aholiga kommunal xizmat ko‘rsatish tizimida iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish Kontseptsiyasi hamda tegishli dasturlar ishlab chiqildi.
Mazkur hujjatlar asosida respublika uy-joy kommunal xo'jaligi sohasida tub islohotlar amalga oshirilmoqda. Kommunal xo'jaligi sohasida hozirgi kunda olib borilayotgan islohotlarni o'rganib, ilmiy tahlil qilib bormasdan turib bu sohada ulkan muvaffaqiyatlarga erishib bo‘lmaydi.



Yüklə 0,77 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin