3.2 Kommunal xo‘jaligi korxonalarida aylanma mablag‘lardan samarali foydalanish Bozor iqtisodiyoti sharoitida har qanday korxonada moliyaviy salohiyatini mustahkamlash va kerakli daromatga erishishning asosiy yo‘li aylanma mablag‘lardan samarali foydalanish hisoblanadi.
Korxona aylanma mablaglaridan samarali foydalanish uchta asosiy ko'rsatkichda tavsiflanadi:
1) aylanish koeffitsienti;
2) aylanma mablag'larning yuklanish koeffitsienti;
3) aylanma vositalarning bir marta aylanishi davomiyligi.
Aylanish koeffitsienti korxona aylanma mablag‘larining m a’lum bir vaqt (yil, chorak) davomida amalga oshiruvchi aylanishini tavsiflaydi yoki aylanma mablag‘larning har 1 so'm iga to'g'ri keluvchi ko'rsatilgan xizmatlar miqdorini ko'rsatadi. U quyidagi formula asosida hisoblab topiladi:
Aylanma mablag'larni yuklanish koeffitsienti aylanish koeffitsientiga teskari bo'lgan qiymatdir. U sotilgan har 1 so 'm mahsulotga sarflangan aylanma mablag'larni tavsiflaydi ham da quyidagi formula asosida hisoblab topiladi:
Yu = Кa : Xh Bir marta aylanish davomiyligi kunlarda o'lchanadi hamda shu davrdagi kunlar sonining aylanish koeffitsientiga nisbati shaklida quyidagi formula asosida hisoblanadi:
А = D : К
Bu yerda: D — shu davrdagi kunlar soni (360, 90).
Aylanma mablagMarning to‘liq aylanish muddati qanchalik kichik yoki bu aylanishlar soni qanchalik ko‘p bo‘lsa, aylanma mablag'lar shunchalik kam talab qilinadi va aksincha, aylanma mablag'lar qanchalik tez aylanishda bo'lsa, shunchalik samarali ishlatiladi. Aylanma mablag'larning aylanishini tezlashtirish uchun kurashda har bir korxona ularning ishlab chiqarish va muom alada bo'lish muddatini qisqartirishga erishishi zarur. Aylanma m ablag'larning muomala sohasida sekin harakatlanishi korxonaning bu vositalardan ishlab chiqarishda foydalanishda erishgan yutuqlarini yo'qqa chiqarishdan tashqari, ularning umumiy aylanishini ham sekinlashtirishi mumkin. Shu sababli ko'rsatilgan xizmatlar uchun to'lovlarning o'z vaqtida amalga oshirilishi aylanma m ablag'larning aylanishini tezlashtirishning muhim yo'li hisoblanadi. O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 18-apreldagi «Aholiga kommunal xizmat ko'rsatishni takomillashtirishga doir qo'shim cha chora-tadbirlar to'g'risida»gi 178- sonli Qaroriga muvofiq kommunal xizmat ko'rsatish korxonalariga davlat budjetidan dotatsiya ajratish tugatilib, 2006-yilga qadar o'zini o'zi moliyaviy t a ’m inlashga o'tkazilishi belgilangan. M oliyaviy mustaqillik sharoitida kommunal xizmat ko'rsatuvchi korxonalarda aylanma mablag'lardan samarali foydalanishni tashkil etish eng avvalo aholining ko'rsatilgan xizmatlar uchun to'lovlarni o'z vaqtida amalga oshirishlariga bog'liq. Bunga sabab energiyani sotib olib aholiga yetkazib beruvchi tashkilotlarda aylanma mablag'larining asosiy qismi (elektr energiyasi 95-97%, gazni 80- 85%i) bevosita energiya resurslari uchun to'lov sifatida yetkazib beruvchilarga to'lansa, issiqlik energiyasi va suv ta’minoti korxonalarida aylanma mablag'larning asosiy qismi, 60-80% yoqilg'i va xom ashyo resurslarini sotib olish va tayyorlash uchun sarflanadi. Shu sababli aholi tomonidan ko'rsatilgan xizmat haqining kichik qismini o'z vaqtida to'lanmasligi ham korxonalar faoliyatiga katta ta ’sir ko'rsatadi. M azkur masalaning oldini olish va kommunal to‘lovlarni o‘z vaqtida amalga oshirilishini ta’minlash masalasi hozirgi kunda tizimda yuzaga kelgan asosiy muammolardan biri hisoblanadi. 2001-yildan boshlab O'zbekiston Respublikasi Prezidentining «Kommunal xizmatlar ko'rsatish sohasidagi iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirishning yangi bosqichi to'g'-risida»gi PF-2832-sonli Farmoniga muvofiq kommunal xizmat ko'rsatish korxonalari aholi tomonidan kommunal xizmatlar haqini o'z vaqtida va to'liq to'lanishini ta ’minlagani uchun fuqarolarning o'zini o'zi boshqarish organlari va uy-joy mulkdorlari shirkatlari bilan hamkorlikda faoliyat olib bormoqda. Hozirgi kunda, to'lov intizomini mustahkamlash va aylanma mablag'lardan samarali foydalanishni tashkil etish maqsadida ko'plab qonuniy- me’yoriy hujjatlar ishlab chiqilgan va to'lov ko'rsatkichlarini yaxshilash bo'yicha izlanishlar olib borilmoqda.