Qurilish tashkilotlarida moliyaviy natijalar, soliqlar va majburiy to’lovlarning hisobi. Qurilish tashkilotlarida hisobot.
Bajardi: Mamasoliyev Humoyun
Reja:
1 Qurilish tashkilotlarida moliyaviy natijalar.
2 Soliqlar va majburiy to’lovlarning hisobi
3 Qurilish tashkilotlarida hisobot.
Qurilish tashkilotlarining yakuniy moliyaviy natijalarini ifodalovchi ko‘rsatkichlar bo‘lib ular olgan foyda (yoki zarar) hisoblanadi.
Qurilish tashkilotlarining yakuniy moliyaviy natijalarini ifodalovchi ko‘rsatkichlar bo‘lib ular olgan foyda (yoki zarar) hisoblanadi.
Bu ko‘rsatkichlarning shakllanishi va hisobga olinishi respublikamizda «Mahsulot (ish, xizmat)larni ishlab chiqarish va sotish harajatlari hamda moliyaviy natijalarni shakllantirish to‘g‘risida nizom», shuningdek 1, 2, 3 va 21- sonli BHMSlar bilan tartibga solingan.
Ushbu me’eriy hujjatlarga muvofiq qurilish tashkilotlari faoliyatining yakuniy moliyaviy natijalarini ifodalovchi foyda (zarar)lar quyidagi ko‘rsatkichlar bilan tavsiflanadi.
1. SOTISHDAN FOYDA (Fs) YOKI ZARAR (Zs). Bu ko‘rsatkich quyidagicha topiladi: Fs (Zs) = St –Ts Bu yerda: St – sof tushum, Ts – sotish tannarxi.
Qurilish tashkilotlarining sof tushumi ular tomonidan bajarilgan qurilish ishlaridan olingan daromadlardan, shuningdek o‘zlari ishlab chiqargan tayyor mahsulotlarni sotishdan olingan daromadlardan iborat bo‘ladi. Bajarilgan qurilish ishlaridan olingan daromadlar hisobiga oldingi mavzuda batafsil to‘xtalgan edik.
Qurilish tashkilotlarida, boshqa xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar singari, hisob jarayonining yakuniy bosqichi bo‘lib moliyaviy va statistik hisobotlarni tuzish hisoblanadi. Ushbu hisobotlar respublikamizda milliy valyutada ming so‘m birligida tuziladi. Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida qonun (16-modda)ga muvofiq qurilish tashkilotlarining moliyaviy hisoboti o‘z ichiga quyidagilarni oladi: buxgalteriya balansi; moliyaviy natijalar to‘g‘risida hisobot; asosiy vositalar harakati to‘g‘risida hisobot; pul oqimlari to‘g‘risida hisobot; xususiy kapital to‘g‘risida hisobot;

izohlar, hisob-kitoblar va tushuntirishlar. Kichik biznes sub’ektlari hisoblangan qurilish tashkilotlariga moliyaviy hisobotni ixchamlashtirilgan tarzda tuzish va taqdim etishga ruxsat etiladi. Ushbu ixchamlashtirilgan moliyaviy hisobot o‘z ichiga buxgalteriya balansi, moliyaviy natijalar to‘g‘risida hisobot hamda izohlar, hisob-kitoblar va tushuntirishlarni oladi.