С1 ТК С2 + С2 ТК С1 = 0 ya'ni sig`imlar o`z temperatura koeffitsiyentiga emas, balki boshqa temperatura koeffitsiyentiga ko`paytiriladi.
Ushbu shartga asosan sig`imning temperatura oralig`ida o`zgarishiga to`la muvozanat ТК С1va ТК С2 ning o`zgarmas bo`lgan holatlarida bajariladi.
b) sig`imning temperaturaga nisbatan muvozanati faqat bir kondensatorni, ya'ni murakkab dielektrikli kondensatorni qo`llash orqali amalga oshiriladi. Murakkab dielektrik esa ikki turli dielekrik aralashmasidan tayyorlanib, ular sig`imining temperatura koeffitsiyentlari turli ishorali bo`ladi.
Savollar :
1. Elektr maydoning dielektriklarga ta'sirini tushuntiring. 2. Dielektrik singdiruvchanlikni tushuntirib bering. Qutbli va qutbsiz dielektriklar deb nimaga aytiladi?
Dielektrik qutblanishning qanday turlari bor?
Sig`imning temperatura koeffitsiyentini tushintiring.