III-masala bo’yicha so’z navbati maktabning O’IBDO’ A.Shaxanovga berildi.
Maktab ichki monitoring tahlilini daigrammalarda ko’rsatib o’tildi.
3-chorak davomida sinflar kesimida 3-8-9-10 sinflarda rus tili, ingliz tili, fizika , matematika,ona tilidan olingan diktant hamda monitoring testlari tahlil qilindi.Har bir fan o’qituvchilaridan ko’rsatkichlari bo’yicha hisobotlari eshtildi.
III-masala bo’yicha yig’ilish qaror qabul qiladi:
O’IBDO’ A.Shaxanovning ma’ruzasi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
2Maktab ichki monitoring tahlili hamda fan o’qituvchilarining hisobotlari ma’lumot uchun qabul qilinsin . 3.Past natija ko’rsatgan fan o’qituvchilariga metodik yordam ko’rsatish uchun malakali o’qituvchilarga biriktish O’IBDO’ A.Shaxanovga yuklatilsin.
IV-masala bo’yich so’z: O’IBDO’ Sh.Sotvoldiyevaga berildi U o’z so’zida metod birlashmalar faoliyati haqida ma’lumot berib o’tdi.Har chorakda metod birlashmalar yig’ilishi o’tkazilib kelinmoqda ..Jumladan: Maktabimizda metod birlashmalar faoliyati yo’lga qo’yilgan .Metod birlashma rahbarligiga malakali o’qotuvchilar rahbar etib tayinlangan.Har oyda metod birlashma rahbarlariga 5%ustama lar to’lab boriladi. O’z nutqi davomida fan metod birlashmalari o’z faoliyatlari haqida hisobotlarini berdilar.Faoliyati namunali deb “Tillar” metod birlashmasi deb topildi.Boshqa metodbirlashmalar faoliyatini qoniqarli deb topishni hamda metod birlashmalar faoliyatini qayta ko;rib chiqish kerakligini tavsiya qildi.
IV-masala bo’yicha yig’ilish qaror qabul qiladi:
1.Metod birlashmalar faoliyati qoniqarli deb topilsin. 2.Har bir metod birlashma rahbarlariga tegishli yordam va ko’rsatmalar berilsin 3.Metod birlashmalari nazorati O’IBDO’Sh Sotvoldiyevaga yuklatilsin. Ushbu qarorlarning bajariishi nazoratini o’z zimmamda qoldiraman.