Maktabning 2023 yil ____apreldagi ____- sonli buyrug’iga 3-ilova
Yakuniy nazorat imtihoni o’tkazuvchi imtihon komissiya a’zolarining huquq-vazifalari
O’quv fani bo’yicha imtihon komissiyasi raisining
huquq-vazifalari
1. Imtihon boshlanishidan bir soat oldin imtihon materiallari (guruhlar ro’yxati, imtihon biletlari, qur’a o’tkazish uchun raqamlar, bayonnoma, qog’oz, imtihondan ozod etilishi haqidagi hujjatlar, sinf jurnali va h.k.)ning mavjudligini tekshiradi;
2. Imtihon o’tadigan xonaning tayyorligini tekshiradi;
3. Imtihon boshlanishidan 15 daqiqa oldin imtihon komissiyasi a’zolarini ro’yxatdan o’tkazadi, ularga imtihon o’tkazish tartibini, baho qo’yish mezonlarini va ularning huquq-vazifalarini eslatadi;
4. Imtihon komissiyasi a’zolarining vazifalarini taqsimlaydi, ular uchun tanaffus vaqtlarini belgilaydi, imtihon jarayonida savol berish uchun ularga so’z beradi;
5. Imtihon bayonnomasining to’g’ri olib borilishini, baholarning adolatli qo’yilishini, imtihon to’g’risidagi yo’riqnomaning bajarilishini nazorat qiladi;
6. Imtihon tugab, baholar muhokamasi o’tganidan keyin ularni o’quvchilarga e’lon qiladi va o’tkazilgan imtihonning barcha materiallarini maktab direktorining o’quv ishlari bo’yicha o’rinbosariga topshiradi:
- barcha imtihon komissiyasi a’zolari imzolagan imtihon bayonnomasi;
- fan bo’yicha barcha imtihon materiallari;
- o’quvchilarning imtihon ishlari bilan xomaki nusxalari.
Tanishdim: ___________ _________________________________________
Imtihon oluvchi o’qituvchining vazifalari
1. Maktabga imtihon boshlanishidan kamida 30 daqiqa oldin keladi, imtihon biletlarini va maktab shtampi qo’yilgan qog’ozlarni joylashtiradi. Yozma imtihonda topshiriqlarni doskaga yozadi;
2. O’quvchilarning davomatini tekshiradi, kelmaganlar bo’lsa navbatchi o’qituvchi orqali sababini aniqlaydi;
3. O’quvchilar javoblarini tinglashda va imtihon ballarini qo’yishda ishtirok etadi;
4. Sinf jurnaliga imtihon va yakuniy ballarni imtihon ballari e’lon qilingan kuni yozadi.
Dostları ilə paylaş: |