mohiyati va roli borasida ko’proq bilim berishimiz
maqsadga muvofiqdir», - deya ta’kidlagan edi.
•
I.Karimov «Xalqimizning yo’li – mustaqillik, ozodlik va tub islohotlar yo’lidir» nomli
asarida quyidagilarni bayon etadi: «Bozor munosabatlariga o’tish davrida o’quvchilarga
iqtisodiy bilimlarni, marketing, menejment, biznes sohasida bizning iqtisodiy
rivojlanishimizda bu tushunchalarnig mohiyati va roli borasida ko’proq bilim berishimiz
maqsadga muvofiqdir», - deya ta’kidlagan edi.
•
Iqtisodiy sohada amalga oshirilayotgan islohotlarni samarali tashkil etish uning ilmiy
asoslarini ishlab chiqishni taqozo etadi. I.Karimov asarlarida respublika iqtisodiy
taraqqiyotining asosiy yo’nalishlari, omillari hamda tamoyillari batafsil ko’rsatib
o’tilgan. Muallif bozor munosabatlarini shakllantirishning quyidagi tamoyillariga alohida
urg’u beradi:
•
1. Iqtisodiyotning har qanday siyofiy mafkuralardan ozod qilish asosida ijtimoiy
barqarorlikni ta’minlash.
•
2. Iqtisodiyotni, moliyaviy ahvolni barqarorlashtirish –iqtisodiy islohotlarni amalga
oshirishning muhim sharti.
Bozor iqtisodiyotiga o’tishda xalqning tub manfaatlarini
ko’zlash, davlatning iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish
tashkilotchisi va yetakchisi bo’lishi.
•
Bozor iqtisodiyotiga o’tishda xalqning tub manfaatlarini ko’zlash, davlatning iqtisodiy
islohotlarni amalga oshirish tashkilotchisi va yetakchisi bo’lishi.
•
Pul siyosatini olib borishda mustaqil bo’lish, valyuta zahiralarini boyitish.
•
Iqtisodiy islohotlarni amalga oshirishda qonun ustuvorligiga erishish, iqtisodiy faoliyat,
tadbirkorlik va mehnat qilish erkinligi, barcha mulk shakllarining teng huquqliligi va
huquqiy jihatdan bab-baravar muhofaza etilishi.
•
Bozor munosabatlari sharoitida aholini ijtimoiy himoyalash.
•
Iqtisodiy islohotlarning bosqichma-bosqich, evolyutsion tarzda amalga oshirilishi.
•
Iqtisodiy tarbiyani uzluksiz amalga oshirishda ta’lim muassasalarida dars va darsdan
tashqari sharoitlar, shuningdek, oilada amalga oshirilayotgan harakatlar muhim
ahamiyatga ega. Iqtisodiy mazmundagi suhbatlar, uchrashuvlar, ekskursiyalar,
to’garaklar ko’rinishidagi amaliy tadbirkorlik faoliyati (u yoki bu hunar yo’nalishidagi
ijodiy ishlar)ni tashkil etish o’quvchilarda iqtisodiy tafakkurning shakllanishiga yordam
beradi.
•
Ekologik tarbiya o’quvchilar dunyoqarashini shakllantirishning tarkibiy qismi.
«Ekologiya» tushunchasi ilk bor nemis zoologi E.Gekkel tomonidan qo’llanilgan.
Ekologik tarbiya ijtimoiy tarbiyaning muhim tarkibiy qismi hisoblanadi. Ekologik tarbiya
(grekcha «oikos» -turar joy, makon, «logos» -fan) o’quvchilarga dastlabki ekologik
bilimlarni berish, mavjud ekologik bilimlarini boyitish, ularda tabiat va atrof-muhit
muhofazasini tashkil etish ko’nikma va malakalarini shakllantirishga qaratilgan
pedagogik jarayondir.
Dostları ilə paylaş: