Quyosh va Oyning sutkalik ko'rinm a harakatlari ham sharqdan g'arbga tomon kuzatilib, yulduzlardan farqli o'laro q , ularning chiqish va botish nuqtalari hamda maksimal balandliklari (janub tomonda) kun sayin o'zgarib boradi. Xususan, Quyosh N avro'zda, ya’ni 21 m artda, aniq sharq nuqtasidan ko'tarilib, aniq g'arbda botgani holda bundan keyin uning chiqish va botish nuqtalari shimol tomonga siljib boradi va bu hoi 22 iyungacha davom etadi. So'ngra bu nuqtalar, aksincha, gorizontning janub tomoniga siljiy boshlaydi. Shuningdek, bu davrda, Quyoshning tush paytdagi balandligi ham pasaya borib, kunduzi qisqarishga, tun esa aksincha, uzayishga boshlaydi. Sayyoramizning yo'ldoshi - Oy ham sutkalik ko'rinma harakatda ishtirok qilib, sharqdan g'arbga yulduzlar bilan birga siljib boradi. Biroq k o'p vaqt talab etmaydigan kuzatishlardanoq, Oyni yulduzlarga nisbatan osmonning sutkalik harakatiga qarama-qarshi yo'nalishda ham siljib borishini sezish mumkin. Bu uning haqiqiy harakati bo'lib, Oy yulduzlarni oralab g'arbdan sharqqa tomon har sutkada taxminan 13 gradusdan siljib boradi va 27,32 sutkada Yer atrofini bir marta to'liq aylanib chiqadi. Quyoshning bir necha oy davomida sistemali kuzatilishi oqibatida, Oy kabi Quyosh ham, yulduzlarga nisbatan g'arbdan sharqqa siljib borishi m a’lum bo'ladi. Quyoshning bunday ko'rinma harakati tufayli sutkalik siljishi, Oynikiga nisbatan juda kichik bo'lib, atigi 1 gradusg yaqin yoyni tashkil qiladi va bir yilda bir marta to'la aylanib chiqadi. Quyosh va Oyning osmonni bir to'la aylanib chiqadigan yo'llari bir-biriga juda yaqin bo'lib, ular kesib o'tadigan yulduz turkumlari Zodiak yulduz turkum lari (yunoncha «zoo» - hayvonlar) deyiladi. Mazkur yulduz turkumlari 12 ta bo'lib, ular Hut, Hamal, Savr, Javzo, Saraton, Asad, Sunbula, Mezon, Aqrab, Qavs, Jaddi va Dalv degan nom lar bilan ataladi. B ulardan birinchi uchtasini Quyosh bahor oylarida, navbatdagi uchtasini yozgi oylarda, qolganlarini esa, mosravishda, kuzgi va qishki oylarda kesib o'tadi. Shubhasiz, Quyosh o‘tayotgan yulduz turkumining yulduzlari Quyoshga yaqin burchak oralig‘ida joylashganidan bu davrda ular ko'rinmaydi va faqat yarim yil o‘tgach yarim kechada aynan shu yulduzlar, gorizontdan janub tomonda eng katta balandlikda ko'rinadi. Juda qadim zamonlardayoq kishilar, Zodiak yulduz turkumlari sohasida, tashqi ko'rinishi jihatidan yulduzlarga o'xshash, biroq ulardan farq qilib, nisbatan vaziyatlarini o'zgartirib boruvchi beshta yoritgichni kuzatishgan. Yulduzlardan farqlanuvchi bunday xususiyatlari evaziga, ularga planetalar ya’ni «adashgan yulduzlar» - yoki sayyoralar deb nom berilgan. Qadim Rimda bu yulduzlar rim xudolarining nomlari bilan - Merkuriy, Venera, Mars, Yupiter va Saturn deb atala boshladi. Teleskop ixtiro qilingandan so‘ng 1781 -yilda yettinchi sayyora Uran va 1846-yilda sakkizinchi sayyora Neptun topildi. Sayyoralarning ko'rinma harakatlari ham Zodiak yulduz turkumlari chegaralarida kuzatilib, harakat yo'nalishlari Quyosh va Oyniki kabi g'arbdan sharqqa bo'ladi.